66
3.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida milliy- ma’naviy
qadriyatlardan foydalanish imkoniyatlari
Mustaqillik yillarida yosh avlod, jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini
ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularning komil inson bo‘lib еtishishlariga
erishish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deya e’tirof etildi. Bu o‘rinda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «Fidokor» gazetasining muxbiri
savollariga javob berar ekan, bugungi kun yoshlari ega bo‘lishlari zarur bo‘lgan
fazilatlar quyidagilar ekanligiga alohida urg‘u beradi: «... yoshlarimizning iymon-
e’tiqodlarini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega
bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning tafakkurida o‘zligini unutmaslik,
ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini
qaror toptirish, ularning, men o‘zbek farzandiman, deb g‘urur va iftixor bilan
yashashiga erishishdir»
20
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy aksiologiyani shakllantirish uzoq
muddatli, murakkab jarayon hisoblanadi. Bu jarayonning samarali tashkil etilishi
bir qator omillarning ta’siri asosida kechadi. Tadqiqotni olib borish chog‘ida
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy aksiologiyani shakllantirishning muhim
omillari quyidagilar ekanligiga ishonch hosil qilindi .
Bugungi kunda rivojlangan xorijiy mamlakatlar, jumladan, Yaponiya, Janubiy
Koreya kabi mamlakatlar yoshlarda milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘usini
shakllantirish borasida katta pedagogik tajribaga ega. Ana shunday tajribalardan
biri – yoshlar bolalikdan– milliy-madaniy meros, mamlakat tarixi bilan tanishtirilib
boriladi. Ta’lim muassasalaridan ta’lim oluvchilarda kunning ikkinchi yarmida
milliy urf-odatlar, marosim va an’analarni tashkil etish, ularni o‘tkazishga oid
ko‘nikma va malakalar amaliy mashqlar, mashg‘ulotlar asosida shakllantirib
boriladi. Bu kabi tajribalarni respublika uzluksiz ta’lim tizimiga tatbiq etish
maqsadga muvofiqdir.
20
I.A.Karimov «Fidokor» gazetasining muxbiri savollariga javoblari.
67
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim- tarbiyasida milliy aksiologiyani
shakllantirishning psixologik-pedagogik va falsafiy jihatlarini yaxlit holda
o‘rganish zaruriyati yuzaga kelgan bo‘lsada, bugungi kunga qadar bu masalaning
o‘z еchimini topmayotganligi, uning samarali yo‘llari aniqlanmaganligi, omillari
va vositalarining еtarli darajada o‘rganilmaganligi.
Masalaning bu jihatini o‘rganish yo‘lida dastlabki harakatlar boshlangan, endigi
vazifa bu harakatning samarali chora-tadbirlarini belgilashdan iborat.
Demak, tadqiqotni olib borish mavjud muammolarni bartaraf etishning samarali
yo‘llari quyidagilar ekanligini tasdiqladi:
1. Ta’lim- tarbiya jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga milliy qadriyatlar,
ularning ijtimoiy ahamiyati, o‘zbek xalqining jahon ilm-fani va sivilizatsiyasiga
qo‘shgan hissasi haqidagi ma’lumotlarni berishga jiddiy e’tibor qaratish.
2. Tarbiyaviy jarayonda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarga
nisbatan milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiluvchi tadbirlarning
еtakchi o‘rin tutishi hamda tashkil etilayotgan tadbirlarning g‘oyaviy jihatdan
yuksak saviyada bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish.
3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarga nisbatan milliy iftixor
tuyg‘usini shakllantirish jarayonida ommaviy axborot vositalari xizmatidan
samarali foydalanish va ularning bu boradagi rolini oshirish, ana shu maqsadda
ommaviy axborot vositalari bilan keng jamoatchilik o‘rtasida ijodiy hamkorlikka
erishish, ya’ni, ularning faoliyatiga jamoatchilik bahosini berish tizimini ishlab
chiqish va mazkur tizimning to‘laqonli ishlashini ta’minlashga erishish.
4. Ishlab chiqarish va ijod sohalarida samarali faoliyat yuritayotgan zamona
qahramonlarini yoshlarga tanishtirishga alohida e’tibor qaratish va bu yo‘lda
faollik ko‘rsatish.
5. Oilalarda yoshlarning milliy qadriyatlar, eng muqaddas oilaviy an’analar,
shuningdek, milliy ma’naviy-axloqiy qarashlar asosida tarbiyalashga jiddiy e’tibor
berilishiga erishish.
68
6. Yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik va harbiy vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib
etuvchi tadbirlarning keng ko‘lam va yuksak saviyada tashkil etish an’anasini
qayta tiklash.
7. Yoshlar o‘rtasida etnik ziddiyatlar, diniy qarama-qarshiliklar hamda g‘oyaviy
buzg‘unchilikni keltirib chiqaruvchi har qanday harakatga qarshi keskin kurashish,
ularda g‘oyaviy immunitetni qaror toptirishga erishish.
Yuqorida ifodalangan masalalarning ijobiy hal etilishi boshlang‘ich ta’lim
tizimida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy aksiologiyani shakllantirishda
sezilarli yutuqlarga erishishni kafolatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |