Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi


O‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/158
Sana24.03.2022
Hajmi2,07 Mb.
#507428
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   158
Bog'liq
Mutaxasislik fanlarini o\'qitish metodikasi

O‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari
. O‘quv rejada o‘quv 
fani bo‘yicha o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti ko‘zda tutilgan 
holda fan dasturining ushbu qismi yoritiladi. O‘quv va ishlab chiqarish 
amaliyotlarining maqsadi va mohiyati, shakli va mazmuni, amaliyot 
jarayonida talabalar tomonidan tayyorlanishi zarur bo‘lgan yakuniy 
ishlar shakli yuzasidan qisqa uslubiy ko‘rsatmalar beriladi. Bunda 
o‘quv fanining mohiyati, kasbiy ta’lim dasturidagi o‘rni, tegishli 
yo‘nalish va mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlashning o‘ziga hos 
taraflari, tegishli yo‘nalishga oid jahondagi ilg‘or tajribalar, 
zamonaviy texnika va texnologiyalar hisobga olinishi zarur.
O‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tkazish bo‘yicha 
kengaytirilgan uslubiy ko‘rsatmalar tegishli kafedralar tomonidan 
alohida uslubiy ko‘llanma ko‘rinishida ishlab chiqilishi maqsadga 
muvofiq. Mazkur qism hajmi o‘quv fanining mohiyati va unga 
kiritiladigan zaruriy ma’lumotlar hajmiga bog‘liq bo‘lib, 80 ta so‘zdan 
ortmasligi tavsiya etiladi. 
Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot 
manbaalari
. Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar 
hamda qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxatini keltirishda zamonaviy 
xorijiy 
va 
mahalliy 
adabiyotlardan, 
Internet, 
turli 
axborot 


50 
kommunikatsiya resurslaridan, himoya qilingan dissertatsiyalar
monografiya hamda boshqa o‘quv, ilmiy va uslubiy ma’lumotlar 
manbalaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. 
Fan dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi 
Fan dasturlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura 
mutaxassisliklarining o‘quv rejalariga kiritilgan har bir fan bo‘yicha 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
(keyingi o‘rinlarda “Vazirlik” deb yuritiladi) belgilagan tayanch oliy 
ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi. 
Fan dasturlarini ishlab chiqish uchun tayanch oliy ta’lim 
muassasasining etakchi professor-o‘qituvchilari tarkibidan mualliflar 
(mualliflar guruhi) belgilanadi. Mualliflar guruhiga turdosh oliy ta’lim 
muassasalarining etakchi professor-o‘qituvchilari ham kiritilishi 
mumkin. Mualliflar guruhlari tarmoq ilmiy tadqiqot muassasalari, 
tegishli 
sohaning 
ishlab 
chiqarish 
korxona, 
tashkilot 
va 
muassasalarining etuk mutaxassislari bilan yaqin hamkorlik asosida 
fan dasturi loyihasini ishlab chiqadi. 
Fan dasturlarining davlat ta’lim standartlari, malaka talablari va 
mazkur Tartibga mos holda ishlab chiqilishiga tegishli tayanch oliy 
ta’lim muassasasi mas’uldir. 
Fan dasturi ishlab chiqilishida mamlakat iqtisodiyoti real sektori 
rivojlanishi 
tendensiyalarini, 
jahondagi 
ilm-fan, 
texnika 
va 
texnologiyalarning eng so‘ngi yutuqlarini hisobga olish, ta’lim 
jarayonini optimallashtirish, zamonaviy pedagogik va axborot 
texnologiyalar, fanni talabalar tomonidan samarali o‘zlashtirishiga 
xizmat qiladigan boshqa vositalarni keng qo‘llash, “oddiydan 
murakabga”, “hususiydan umumiyga” kabi tamoyillarga amal qilish 
zarurdir. 
Fan dasturlariga o‘quv jarayoni uchun zarur texnik vositalar, 
axborot-resurs markazidagi tegishli o‘quv adabiyotlar, didaktik 
materiallar, o‘quv va ilmiy jihozlar, ashyolar va boshqa moddiy-texnik 
vositalar to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilishi maqsadga muvofiq. 
Fan dasturining matni A-4 formatli standart varaqlarda, Times 
New Roman shriftining 14–o‘lchamida, 1,15 intervalda, chap va o‘ng 
tomonidan – 20, pastidan – 25, yuqoridan – 20 mm o‘lchamida 
hoshiyalangan holatda bostirib chiqariladi. Betlarni raqamlash pastki 
qismining markazida joylashtiriladi. 


51 
Fan dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash quyidagi tartibda 
amalga oshiriladi: 
- Vazirlik topshirig‘iga muvofiq tayanch oliy ta’lim muassasasi 
tomonidan fan dasturining loyihasi tayyorlanadi; 
- tayyorlangan fan dasturining loyihasiga fanning etuk 
mutaxassislari, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha turdosh oliy ta’lim 
muassasalari, tegishli soha korxona, tashkilot va muassasalarining 
taqrizlari olinadi; 
- tayanch oliy ta’lim muassasasining Kengashida fan dasturining 
loyihasi atroflicha muhokama qilinadi va tasdiqlashga tavsiya etilishi 
to‘g‘risida Kengash bayoni rasmiylashtiriladi; 
- fan dasturining loyihasi ekspertizadan o‘tkazish uchun tayanch 
oliy ta’lim muassasasi rektorining xati bilan Oliy va o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markaziga kiritiladi. Kiritilayotgan 
xujjatlarga taqrizlar, tayanch oliy ta’lim muassasasi Kengashining 
bayoni ilova qilinadi; 
- Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi 
tayanch 
oliy 
ta’lim muassasalari tomonidan kiritilgan fan 
dasturlarining loyihalarini ta’lim sohalari va yo‘nalishlariga muvofiq 
jamlab O‘quv-uslubiy birlashma va komissiyalarga taqdim etadi; 
- O‘quv-uslubiy birlashma va komissiyalar fan dasturlarining 
loyihalarini davlat ta’lim standartlariga, malaka talablariga, o‘quv 
rejalarga, mazkur Tartib talablariga mosligi hamda talabalarga 
mukammal zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarni berishga 
xizmat qilishi yuzasidan belgilangan tartibda batafsil ekspertizadan 
o‘tkazadi va har biri bo‘yicha asoslangan hulosa beradi; 
- O‘quv-uslubiy birlashma va komissiyalarning fan dasturlari 
loyihalari yuzasidan bergan hulosalari Vazirlik huzuridagi Oliy va 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy 
birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengash majlisida 
muhokama qilinadi. Muhokama natijasida ijobiy deb topilgan fan 
dasturlari Vazirlik tomonidan tasdiqlanishiga tavsiya beriladi, salbiy 
baholangan fan dasturlari esa qayta ishlashga tayanch oliy ta’lim 
muassasalariga yuboriladi; 
- Vazirlik huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini 
Muvofiqlashtiruvchi 
kengash 
majlisi 
qaroriga 
muvofiq 
fan 
dasturlarining loyihalari Vazirlik buyrug‘i bilan tasdiqlanadi; 


52 

tasdiqlangan 
fan 
dasturlari 
belgilangan 
tartibda 
rasmiylashtiriladi, ularning bir nusxasi Vazirlikda (etalon sifatida), bir 
nusxasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish 
markazida, bir nusxasi tegishli tayanch oliy ta’lim muassasasida 
saqlanadi. 
Tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan fan dasturlarining elektron 
versiyalari yoki ko‘chirma nusxalari taalluqligi bo‘yicha tayanch 
oliy ta’lim muassasalari tomonidan barcha oliy ta’lim muassasalariga 
etkaziladi. 
O‘quv-uslubiy birlashma va komissiyalar tomonidan fan 
dasturlari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va muhokama etish 
tartibi Vazirlik huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini 
Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilanadi. 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish