O‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari
. O‘quv rejada o‘quv
fani bo‘yicha o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti ko‘zda tutilgan
holda fan dasturining ushbu qismi yoritiladi. O‘quv va ishlab chiqarish
amaliyotlarining maqsadi va mohiyati, shakli va mazmuni, amaliyot
jarayonida talabalar tomonidan tayyorlanishi zarur bo‘lgan yakuniy
ishlar shakli yuzasidan qisqa uslubiy ko‘rsatmalar beriladi. Bunda
o‘quv fanining mohiyati, kasbiy ta’lim dasturidagi o‘rni, tegishli
yo‘nalish va mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlashning o‘ziga hos
taraflari, tegishli yo‘nalishga oid jahondagi ilg‘or tajribalar,
zamonaviy texnika va texnologiyalar hisobga olinishi zarur.
O‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tkazish bo‘yicha
kengaytirilgan uslubiy ko‘rsatmalar tegishli kafedralar tomonidan
alohida uslubiy ko‘llanma ko‘rinishida ishlab chiqilishi maqsadga
muvofiq. Mazkur qism hajmi o‘quv fanining mohiyati va unga
kiritiladigan zaruriy ma’lumotlar hajmiga bog‘liq bo‘lib, 80 ta so‘zdan
ortmasligi tavsiya etiladi.
Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot
manbaalari
. Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar
hamda qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxatini keltirishda zamonaviy
xorijiy
va
mahalliy
adabiyotlardan,
Internet,
turli
axborot
50
kommunikatsiya resurslaridan, himoya qilingan dissertatsiyalar,
monografiya hamda boshqa o‘quv, ilmiy va uslubiy ma’lumotlar
manbalaridan keng foydalanish tavsiya etiladi.
Fan dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi
Fan dasturlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura
mutaxassisliklarining o‘quv rejalariga kiritilgan har bir fan bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(keyingi o‘rinlarda “Vazirlik” deb yuritiladi) belgilagan tayanch oliy
ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi.
Fan dasturlarini ishlab chiqish uchun tayanch oliy ta’lim
muassasasining etakchi professor-o‘qituvchilari tarkibidan mualliflar
(mualliflar guruhi) belgilanadi. Mualliflar guruhiga turdosh oliy ta’lim
muassasalarining etakchi professor-o‘qituvchilari ham kiritilishi
mumkin. Mualliflar guruhlari tarmoq ilmiy tadqiqot muassasalari,
tegishli
sohaning
ishlab
chiqarish
korxona,
tashkilot
va
muassasalarining etuk mutaxassislari bilan yaqin hamkorlik asosida
fan dasturi loyihasini ishlab chiqadi.
Fan dasturlarining davlat ta’lim standartlari, malaka talablari va
mazkur Tartibga mos holda ishlab chiqilishiga tegishli tayanch oliy
ta’lim muassasasi mas’uldir.
Fan dasturi ishlab chiqilishida mamlakat iqtisodiyoti real sektori
rivojlanishi
tendensiyalarini,
jahondagi
ilm-fan,
texnika
va
texnologiyalarning eng so‘ngi yutuqlarini hisobga olish, ta’lim
jarayonini optimallashtirish, zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalar, fanni talabalar tomonidan samarali o‘zlashtirishiga
xizmat qiladigan boshqa vositalarni keng qo‘llash, “oddiydan
murakabga”, “hususiydan umumiyga” kabi tamoyillarga amal qilish
zarurdir.
Fan dasturlariga o‘quv jarayoni uchun zarur texnik vositalar,
axborot-resurs markazidagi tegishli o‘quv adabiyotlar, didaktik
materiallar, o‘quv va ilmiy jihozlar, ashyolar va boshqa moddiy-texnik
vositalar to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilishi maqsadga muvofiq.
Fan dasturining matni A-4 formatli standart varaqlarda, Times
New Roman shriftining 14–o‘lchamida, 1,15 intervalda, chap va o‘ng
tomonidan – 20, pastidan – 25, yuqoridan – 20 mm o‘lchamida
hoshiyalangan holatda bostirib chiqariladi. Betlarni raqamlash pastki
qismining markazida joylashtiriladi.
51
Fan dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash quyidagi tartibda
amalga oshiriladi:
- Vazirlik topshirig‘iga muvofiq tayanch oliy ta’lim muassasasi
tomonidan fan dasturining loyihasi tayyorlanadi;
- tayyorlangan fan dasturining loyihasiga fanning etuk
mutaxassislari, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha turdosh oliy ta’lim
muassasalari, tegishli soha korxona, tashkilot va muassasalarining
taqrizlari olinadi;
- tayanch oliy ta’lim muassasasining Kengashida fan dasturining
loyihasi atroflicha muhokama qilinadi va tasdiqlashga tavsiya etilishi
to‘g‘risida Kengash bayoni rasmiylashtiriladi;
- fan dasturining loyihasi ekspertizadan o‘tkazish uchun tayanch
oliy ta’lim muassasasi rektorining xati bilan Oliy va o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markaziga kiritiladi. Kiritilayotgan
xujjatlarga taqrizlar, tayanch oliy ta’lim muassasasi Kengashining
bayoni ilova qilinadi;
- Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi
tayanch
oliy
ta’lim muassasalari tomonidan kiritilgan fan
dasturlarining loyihalarini ta’lim sohalari va yo‘nalishlariga muvofiq
jamlab O‘quv-uslubiy birlashma va komissiyalarga taqdim etadi;
- O‘quv-uslubiy birlashma va komissiyalar fan dasturlarining
loyihalarini davlat ta’lim standartlariga, malaka talablariga, o‘quv
rejalarga, mazkur Tartib talablariga mosligi hamda talabalarga
mukammal zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarni berishga
xizmat qilishi yuzasidan belgilangan tartibda batafsil ekspertizadan
o‘tkazadi va har biri bo‘yicha asoslangan hulosa beradi;
- O‘quv-uslubiy birlashma va komissiyalarning fan dasturlari
loyihalari yuzasidan bergan hulosalari Vazirlik huzuridagi Oliy va
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy
birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengash majlisida
muhokama qilinadi. Muhokama natijasida ijobiy deb topilgan fan
dasturlari Vazirlik tomonidan tasdiqlanishiga tavsiya beriladi, salbiy
baholangan fan dasturlari esa qayta ishlashga tayanch oliy ta’lim
muassasalariga yuboriladi;
- Vazirlik huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini
Muvofiqlashtiruvchi
kengash
majlisi
qaroriga
muvofiq
fan
dasturlarining loyihalari Vazirlik buyrug‘i bilan tasdiqlanadi;
52
-
tasdiqlangan
fan
dasturlari
belgilangan
tartibda
rasmiylashtiriladi, ularning bir nusxasi Vazirlikda (etalon sifatida), bir
nusxasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish
markazida, bir nusxasi tegishli tayanch oliy ta’lim muassasasida
saqlanadi.
Tasdiqlangan va ro‘yxatga olingan fan dasturlarining elektron
versiyalari yoki ko‘chirma nusxalari taalluqligi bo‘yicha tayanch
oliy ta’lim muassasalari tomonidan barcha oliy ta’lim muassasalariga
etkaziladi.
O‘quv-uslubiy birlashma va komissiyalar tomonidan fan
dasturlari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va muhokama etish
tartibi Vazirlik huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini
Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |