210
Shunday qilib, muammoli o‘qitish degandA, o‘quvchilarning faol
mustaqil faoliyatlarini ko‘zda tutadigan, bilim ko‘nikma, malakalarini
ijodiy o‘zlashtirishga qaratilgan pedagog tomonidan muammoli
vaziyat yaratilib muammoni o‘qituvchi
rahbarligida yechishga
yo‘naltirilgan ta’lim tushuniladi.
Rus
pedagoglari
M.A.Danilov,
V.P.Eshnov,
I.Ya.Lerner,
G.V.Pudrasev, M.I.Mahmudov va boshqalar muammoli o‘qitish
rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi tiliga kirib muntazam ravishda
ta’lim oluvchilarini izlanishga, mustaqil o‘rganishga yo‘llovchi,
pedagog va talabaning o‘zaro hamkorligi muloqot vositasida ta’lim
oluvchilarining bilim faoliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan
ta’lim deb takidlaydilar.
Muammoli o‘qitishning asosini muammoli vaziyat yaratish tashkil
etadi. O‘qituvchi rahnamoligida muammoni yaratish, muammoli
bayon qilish evristik suhbatlar tashkil etish muammoli topshiriqlarni
bajarish natijasida talabalarda mustaqil izlanish ko‘nikmalari
shakllanadi,
ijodiy tafakur rivojlanadi, faol, erkin faoliyat tashkil
topadi.
Yuqorida
qayd
qilganimizdek,
muammoli
o‘qitish
texnologiyasining asosini muammoli vaziyat yaratish tashkil etadi .
Muammoli vaziyatda o‘quv muammosi, farazlar, ispotlar, izohlar,
taxlil, sintez, mustaqil anglash, o‘rganishlar
asosiy component
hisoblanib, ular o‘quvchilarni yangi bilim, ko‘nikma, malakalr bilan
qurollantirish aqliy faoliyatlarni egallashga qaratilganligi sababli
o‘quv- bilim faoliyatini o‘stiradi va ijodiylashtiradi. Bu jarayonda
o‘qituvchi yo‘naltiruvchi, yo‘lga soluvchi, muammoni bayon qiluvchi
rolini bajaradi. Shunga ko‘ra, o‘qituvchi bayon etgan ma’lumotlar
emas talabalar o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka haqiqiy
hisoblanadi shuning uchun bu jarayonda
talaba eshituvchi emas,
muammoni hal qiluvchi faol bajaruvchi hisoblanadi.
Pedagogika
fanlarini
o‘qitishda
muammoli
ta’lim
texnologiyasidan foydalanish bo‘lajak tarbiyachi- o‘qituvchilarda
ijodiy tafakkur, mustaqil faolikni o‘stiradi muammoli vaziyatlarni
yaratish va ularni yechish yo‘larini o‘rgatadi; vaziyatni turlicha
yechish yo‘llari haqida tushuncha beradi, aynan bir hildagi pedagogik
voqeallarga turlicha yondoshish haqida ma’lumot beradi.
211
Olib borilgan tajriba ishlarning natijalariga asoslanib, aytish
mumkinki,pedagogika fanlarini muammoli o‘qitishda
quyidagilarga
rioya qilish lozim:
-
Eng zarur muammoli ta’lim yordamida yechiladigan muhim
mavzular tizimini ishlab chiqish;
-
Turli o‘quv mashg‘ulotlari (maruza, seminar, amaliy
mashg‘ulotlar)da muammoli vaziyatlarni yaratishda, muammoli
ta’limning o‘ziga xos pedagogik
jihatlarida kelib chiqish ;
-
Muammoli talimda talabalarning bilm darajasi, aqliy zakovati
o‘zlashtirish meyorlarini inobatga olish;
-
O‘z shaxsiy tajribasi, mahorati o‘quvchi –talabalrga tasir etish
qiymatidan kelib chiqish v.h.k
Shundagina pedagogik fanlarni o‘qitishda muammoli o‘qitish
texnologiyasidan maqsadli foydalanish amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: