18
yozilganligi, asarning tempi, ulchovi va ritmi, shakli, dinamik belgilari
kabilarini aniqlashlariga to’g’ri keladi. Mana shu jarayonda musiqa savodiga
doir bilimlarga tayanib ish tutiladi.
Musiqiy-nazariy bilimlar sayoz va tizimli
olib borilmagan holatda
o’quvchilarni musiqani to’laqonli idrok etishlariga erishib bo’lmaydi.
Nazariy ma`lumotlarni berishda ularni kuylayotgan, o’rganilayotgan (kuylash
uchun tanlangan) asarlar misolida tushuntirish, ko`rgazmali va texnik
vositalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Musiqa savodi faoliyatida turli
musiqiy terminlar,
atamalar, intervallar, alteratsiya belgilari, dinamik
belgilar, oddiy
musiqa shakllari va janrlari, major, minor ladlari haqidagi
tushunchalar berib boriladi. Bu tushunchalar oddiydan murakkabga qarab
o’zviylik va o’zluksizlik tamoyili asosida olib boriladi.
Musiqa darslarining boshlang`ich sinflarda qo’llaniladigan musiqali
ritmik harakatlar bajarish va bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lish
faoliyatlari asosan o’quvchilarni psihologik xususiyatlariga ko’ra dars
davomida ularni diqqat
va faolliklarini ushlab turish, darsga qiziqishlarini
ustirish, uyinga moyillik xususiyatlariga ko’ra darsni o`yin elementlarini
qo’llab qiziqarli o`tishini ta’minlash, shu jarayonda ularda ritmni his etish,
musiqaga jo’r bo’lish, sozlanish, musiqa asarlarini
harakterini anglash va
shunga mos harakatlar bajarish ko`nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Umuman olganda musiqa darsida belgilangan pedagogik maqsad va
vazifalar, musiqiy faoliyatlar o’zviy yaxlitlikda olib borilganda o’quvchilarda
musiqiy-nazariy bilim, tushuncha va zarur ko`nikma, malakalarni
shakllantirish jarayoni samarali kechadi.
Bu jarayonda quyidagi omillar rivojlanadi:
1.Musiqiy qobiliyatlar rivojlanadi;
2.Musiqani idrok etish malakalari o’sishiga erishiladi;
3. Vokal-xor kuylash malakalari riovjlanadi;
19
4. Musiqani elementar nazariy qoidalari o’rganiladi;
5. Turli janr,
uslubdagi, xalq musiqa ijodi (folklor, mumtoz, maqom),
zamonaviy (estrada, vokal, xor, ansambl, orkestr, simfonik musiqa, opera,
balet) bilan tanishish, ular haqida muayyan tushuncha va tasavvurga ega
bo’lishlariga erishiladi.
6. Musiqaga ritmik jo’r bo’lish, unga muvofiq
harakatlar qilish bilan
ijrochilik qobiliyatlar rivojlanishiga zamin yaratiladi.
7. Musiqiy-nazariy bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’quvchi shax-
sida ijodiy tafakkur, umumiy olganda musiqa madaniyati shakllanadi.
8. Musiqiy asarlarning g’oyaviy-badiiy mazmuni vositasida o’quvchi-
yoshlarda milliy g’oya va mafko’raga mos musiqiy dunyoqarashni
shakllantirish, estetik va axloqiy tarbiyani amalga oshirishga erishiladi. Bu
esa zamonaviy ta’lim-tarbiya oldiga quyilayotgan talab va vazifalar mazmuni
va mohiyatiga xosligi bilan muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: