Zbekiston respublikasi a. Navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/27
Sana23.03.2022
Hajmi2,41 Mb.
#506270
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Bog'liq
musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilish jarayonida oquvchilarning musiqiy nazariy savodxonligini takomillashtirish

 
 


50 
Olmacha anor 
(jo’rsiz xor asarning tahlili). 
Xalq so’zi. B.Umidjonov xor uchun moslashtirgan 
O’zbek xalq qo’shigi «Olmacha anor» xalq orasida keng tarqalgan 
folklor asarlaridandir. Ushbu qo’shiq iste`dodli xormeystor B.Umidjonov 
tomonidan 1994 yili xor (jo’rsiz) ijrosi uchun qayta ishlangan va ilk bor 
«Marhabo talantlar» telefestivalida Qashqadaryo viloyati havaskorlari 
tomonidan katta mahorat bilan ijro etilgan. 
Asar matniga shoir J.Jabborovning baxtiyor hayotni kuylovchi 
to`rtliklari kiritilgan. J.Jabborov qo’shiq naqoratini qisman o’zgartirgan holda 
uni yangi variantini yaratgan. 
Olmacha anoringga balli; 
Toza rayhoningga balli. 
Olmachayu-olmacha; 
Anor qurboning bo’lay. 
Olmacha anoringga balli; 
Toza rayhoningga balli. 
Daryolarni boylading, 
Cho`lni bo`ston aylading; 
Bog’bonim, paxtakorim, 
Sen mening iftixorim. 
Olmachayu-olmacha; 
Anor qurboning bo’lay. 
Olmacha anoringga balli; 
Toza rayhoningga balli. 


51 
Nurli bustonimga kel, 
Paxta maydonimga kel, 
Chullar chaman gul bo’lsin, 
El xirmoni mo`l bo’lsin. 
Olmachayu-olmacha; 
Anor qurboning bo’lay. 
Olmacha anoringga balli; 
Toza rayhoningga balli. 
Asarda mehnat mavzusi kuylanadi, chullarga suv keltirib, bog’lar, 
paxtazorlar barpo qilgan mo`l-hosil ko’targan dehqonlar mehnati 
sharaflanadi. 
Jumaniyoz Jabborov taniqli o’zbek shoiri. U sheriyat, dramaturgiya 
janrlarida samarali ijod qiladi. Uning «Bahor nafasi», «Maqsad yo’lida» 
sheriy to’plamlari, «O`jarlar», «To`ydan oldin tomosha» kabi dramalari 
mashhur. 
Xormeystr Botir Umidjonov juda ko’plab o’zbek va o`rta Osiyo 
xalqlari qo’shiqlarini jo’rli va jo’rsiz xor ijrosi uchun moslashtirgan va 
mustaqil syuita, kantatalar yozgan kompozitor-xormestrdir. Uning «Jangchi 
qabrida», «Go’zal», «Ey sanam» qayta ishlagan o’zbek xalq qo’shiqlari 
«Qora soch», «Ililla yor», «Lapar», «Yallama yorim», «Chamanda gul», 
qozoq xalq qo’shigi «Yapuray», uyg`ur xalq qo’shig`i «O’ynamdu yaxshi», 
tojik xalq qo’shig`i «Diliman», «Gar namedoni bidoi», qirg`iz xalq qo’shig`i 
«Qomuzchi», qoraqalpoq xalq qo’shig`i «Chimboy» mashhur asarlaridir. U 
o’zbek klassik musiqa me’rosidan «Segoh», «Chorgoh», «O’zgacha», 
«Ruboiy» kabi jo’rsiz xorlar va «Dilbarume» xor syuitasini yozgan. U 
O’zbekiston Radio va televideniyesi qoshidagi xor jamoasini tashkilotchisi


52 
badiiy rahbari (xormeystri) sifatida uzoq yillar faoliyat ko’rsatgan san’atkor, 
O’zbekiston xalq artistidir. 
Tahlil qilinayotgan «Olmacha anor» qo’shig`i shaklan uch qismdan 
iboratdir. 
Xalq qo’shig`i asosan kuy (yakkaxon) va naqorat (jamoaviy)dan iborat.
Tuzilishi 
Naqorat ohang naqorat 
A B A 
Bu shakldagi qo’shiqlar ko’proq yalla janriga yaqin bo’ladi. Ma’lumki, 
an’anaviy yalla qo’shiqlari ijro qilinganda asosiy kuy yakkaxon yoki bir 
necha xonanda tomonidan, naqorat esa, ko’pchilik (jamoa) tomonidan ijro 
qilinadi. Shu bois ushbu qo’shiqni dutorchi qizlar ansambli «yalla» sifatida 
ijro qilgan. 
B.Umidjonov qo’shiqqa yangi uslubda yondashgan, lekin ijro shaklini 
saqlab qolgan. 
Muqaddima + A + B + A + xotima 
4 t-t 16 t-t 8 t-t 8 t-t 1 t-t 
Asar 4 taktik muqaddima bilan boshlanadi. Bu yerda erkaklar xorining 
(tenor va bas) 2 ovozli imitasion chaqiriq ohangi beriladi. 
Asarning birinchi A qismi ham 4 taktik kichik muqaddima bilan 
boshlanadi, 16 taktni tashkil etadi. O`z navbatida u kichik 3 qismga (A-B-A) 
bo`linadi. Birinchi A qism boshida erkaklar ovozi bilan 4 takt doira usuli 
beriladi. 
Asarning ikkinchi asosiy B qismi 21-taktdan boshlanadi. U 8 taktdan 
iborat bo`lib, asar kulminatsiyasi xam shu qismda. Bu qism umumiy xor 
ijrosida bo`ladi. Xor partiyalari ayrim joylarda bir-birini (tenor sopranoni, alt 
sopranoni) takrorlaydi. Ikkinchi qismning oxirida to`rttala ovoz partiyasi 
unisonga birlashadi va fermato yordamida tovushni cho`zib turadi.


53 
Asarning uchinchi qismi 29 ta taktdan iborat bo`lib, naqorat va asosiy 
kuy beriladi. U ikki musiqiy (8 taktli) jumladan iborat. Bu reprizali qism 
birinchi qismni aynan takrorlaydi. Asarning umumiy hajmi 37 taktni tashkil 
qiladi. Partiturada qo`yilgan «segna» orqali ikkinchi va uchinchi qismlar 
qaytariladi. Asar umumiy xorning jo`shqin sadosi «hey !» so`zi bilan tugaydi. 
Asarning faktura yozuvi, asosan, akkord-garmonik bo`lsa ham, qo`shiq 
muqaddimasidagi kanonik imitatsiyada polifonik usuldan foydalanilgan. 
Asar garmoniyasi ham rang-baranglik xususiyatiga ega. Uning 
melodiyasi (kuyi) xalq qo`shig`i bulganligi uchun avtor yangi to`qimasi unga 
moslashtirilgan. (Asosan o`rta qismda). 
Asosiy kuy kabi (soprano) har bir ovoz partiyasining melodik 
yo`nalishi ham xalq qo`shig`i ohangini saqlab qolgan. Soprano partiyasida 
uchraydigan (2-qism 26-27 takt) septimaga «sakrash» ham unchalik 
intanasion qiyinchilik tug`dirmaydi. 
Asar Mi-minor (E-dur) ladida yozilgan. Modulyatsiya va tonal og`ish 
hollari uchramaydi.
Asar Dominanto va tonika tovushlari ostinatash bilan boshlanadi. 
Birinchi va ikkinchi qismlar tonikadan boshlanadi, ikkinchi qism dominanta 
tovushida tugaydi, uchinchi repriza qismi esa yana tonikadan boshlanadi. 
Asar asosiy tonlikda tugaydi. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish