Xorning tessiturasi o`
rta, qulay.
Ijroda nafas kuy bo`laklari va jumlalar bo`yicha birgalikda olinadi.
Asar muqaddimasida (erkaklar xori) ulash (zanjir) nafas olish qo`llaniladi.
Asarda badiiy ifoda vositalaridan keng foydalanilgan. Xor partiturasida
fermatolar, tsezuralar, temp o`zgarishlari, xor «tutti»sidan foydalanilgan.
Agar bosi va oxiridagi «hey!» so`zida
glissando
ishlatiladi.
Tovush yo`llash, asosan bog`langan (legato) holda olib boriladi. Ayrim
joylarda stakato qo`llaniladi.
Bundan tashqari asarlarni tahlil qilishda badiiy tahlil qilish ham muxim
o’rin to’tadi. Bizga ma’lumki xozirgi kunda amaliyotga joriy etilgan
darsliklarga ko’plab xalq musiqasiga oid (ommaviy janrlardagi) asarlar
kiritilgan. Xalq ijodiyoti namunalari bo’lmish, alla, yalla, lapar, mavsum va
marosim qo’shiqlar haqidagi
tahliliy
suxbatlar o’qituvchilardan o’ziga xos
pedagogik yondashuvlarni talab qiladi. Bu o’rinda biz o’zimizning shu
yo’nalishdagi izlanishlarimiz va amaliy tajribalar jarayonida qo`llagan ayrim
ish usullarimizga to’xtalib o’tishni joiz deb bildik.
56
Musiqa darslarini turli faoliyatlar orqali tashkil etilishini nazarda
tutadigan bo’lsak, ayniqsa qo’shiqlarni o’rganishda, masalan alla, yalla, lapar
janriga mansub asarlarni tahlil qilishdan oldin uning janr xususiyatiga, qaysi
ijrochilik uslubiga tegishliligini tavsif berish maqsadga muvofiqdir. Kuylarni
tahlil qilishda asosan asar kuy tuzilmasi, necha qismdan iboratligi, tonalligi,
fakturasi, qaysi cholg`ular uchun mo`ljallanganligi, dinamik belgilari,
o’lchovi, tonalligi, o’lchov o’zgarishlari va hokazolarga e’tibor qaratiladi.
Qo’shiqlarni tahlil qilishda asosan nazariy-tahlil va badiiy tahlil, ya’ni asarni
janr, ijrochilik uslubi, an’analari, harakteri, notalarga e’tibor qaratiladi.
Masalan: birinchi sinf birinchi choragida musiqa tinglash uchun
I.Akbarovning «Alla» asari tavsiya etilgan.
O’qituvchi alla janri haqida dastlabki tushunchalarni o’quvchilarga
berar ekan xalq musiqasining zamonaviy musiqadagi ahamiyati, ularni yangi
ko’rinishlarda bastakorlik va kompozitorlik ijodiyotida namoyon bo’lishi
haqida so’zlab berishi kerak bo’ladi. Ma’lumki, alla eshitmagan, yoki u
haqida ma’lum tasavvurga ega bo’lmagan bolalar bo’lmaydi, desak
yanglishmaymiz. Musiqashunoslikda esa «alla» qo`shig`iga shunday ta’rif
beriladi:
Alla-onaning yosh bolasiga bo’lgan mehr muhabbati va orzu-istaklarini
ifodalaydigan qo’shiq. U mayin, orombaxsh, yoqimli, lirik ohangga ega
bo’lib bola ruhiyatini tinchlantirishi osoyishta uyquga ketishi uchun aytiladi.
Ayniqsa u bolalikdan milliy musiqa ohanglarini idrok etish ko`nikmalarini
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda har bir ona bolasiga
bo’lgan mehrini allada ifodalab kuylaydi va o’zi yangi so’zlar va unga yangi
ohang, kuy kashf etganligini bilmay ham qoladi. Alla ma’lum bir shoir
so’ziga ham aytilishi mumkin. Lekin xalq qo’shiqchiligida ma’lum sheriy
tizim va vaznda, shoir she’rlariga asoslanmagan.
57
Do'stlaringiz bilan baham: |