41
2.2. Musiqa asarlarini tinglash va tahlil qilishning usul va
shakllari.
Musiqa darslarida asarlarni tahlil qilish bir necha bosqichlarda amalga
oshiriladi. Buni shartli ravishda uch bosqichda ko`rib chiqishimiz mumkin:
1-Bosqich.
1.Asar haqida qisqacha kirish so’z.
- asar nomi (mavzusi) haqida ma`lumot berish. Bunda musiqa asarini
tarixiy, siyosiy, ijtimoiy mavzuga daxldorligi nazarda tutiladi;
- asarning g’oyaviy-badiiy mazmuni-asar vokal janrda bo’lsa matn
mazmuni jihatiga ta’rif beriladi;
- asar harakteri-sho’x, lirik, o`yin-raqs, tantanali (madh etuvchi,
sharaflovchi), hajviy, hazil, marsh;
- asar mualliflari haqida ma`lumotlar, bunda she’r va musiqa (kuy)
mualliflari hayoti, ijodiy faoliyati, asar yaratilgan davri haqidagi
ma`lumotlarga urg`u beriladi;
- asarning moslashtirilgan, qayta ishlanganligi, asar asosida yangi
original kuy yaratilganlgii, tamoman yangi asar ekanligi xususida ham
gapirib o’tish mumkin.
2-Bosqich
. (Asosiy bosqich).
1.Musiqiy nazariy tahlil. Bunda quyidagi kompanentlarga to’xtalib
o’tiladi.
- asar janri;
- tuzilishi (shakli);
- ifoda vositalari;
- asar fantaziyasi;
- asar garmoniyasi;
- lad tonalligi;
- o`lchovi, ritmik xususiyatlari;
42
- asarni (xor asari) qanday jamoa yoki qanday ovozlar uchun
yozilganligi;
- xor asari sozi, ansambllik, ovoz partiyalarning diapazonlari, tembri
kabilarga ta’rif beriladi.
3-Bosqich.
- asar qaytadan yaxlit tinglanadi va ta’surotlar yuzasidan savol-javob,
suhbat o’tkaziladi.
- savol-javob orqali o’quvchilarning musiqiy-nazariy ma`lumotlarni
qay darajada o’zlashtirilganliklari aniqlanadi.
- mustaqil topshiriqlar beriladi.
Shuni a’lohida ta’kidlash kerakki, musiqa o’qituvchisi dars jarayonida
tinglash uchun asar tanlashda asar janri, harakteri, murakkablilik darajasini
o’quvchilarning umummusiqiy-nazariy savodxonlik darajasi, asarni idrok
etish imkoniyatlarini (sinf imkoniyatini) hisobga olishi muhimdir.
Asar tahlili asar haqidagi umumiy ma`lumotlar berishdan boshlanadi
dedik. Asar haqida o’quvchilarda muayyan tasavvur, tushuncha hosil qilish
uchun asar yaratilgan davr (har bir asar ma’lum davr siyosiy-ijtimoiy
voqeiliklari, davr ruhi bilan bog’liq bo’ladi, o`sha davr ijtimoiy, madaniy,
ma’rifiy, siyosiy manzara- holatlarini aks ettiradi) kuy-qo’shiq ijodkorlarning
hayoti, faoliyati va eng asosiysi asar g’oyaviy-badiiy mazmuni haqidagi
ma`lumotlarga o’rin bo’ladi. Qo’shiq kuylash faoliyati asosan xor bo’lib
kuylashga asoslanganligi uchun tinglanadigan asar jamoaviy ijrochilik uchun
mo`ljallangan bo’lsa uning xor uchun moslashtirilganligi, qayta ishlangan
yoki cholg’u asboblari uchun moslashtirilgan (asar asosida original kuy
yaratilgan) bo’lsa, uning asli bilan imkon qadar solishtirish, taqqoslash ham
muhim ahamiyat kasb etadi.
Musiqiy asar vokal xor asari bo’lsa, asarni adabiy matni tahlil qilinadi.
Bunda uning mazmuni, g’oyasi, poetik matnning qanday adabiy janrga
43
mansubligi (she’r, g`azal, qasida, mumtoz she’riyat, hajviy, satirik va
hokazo) qisqartirilgan yoki to`liq, so’z va kuyning sinxronligi (uyg’unligi)
kabi xususiyatlar haqidagi ma`lumotlarga urg`u beriladi.
Musiqa asarini tahlil qilishning ikkinchi asosiy bosqichidagi vazifalar
asosan o’quvchilarni musiqani nazariy jihatdan o’zlashtirishlariga qaratiladi.
Bu jarayonda o’quvchilar musiqa tinglab, uni tahlil qilishlari natijasida
musiqiy- nazariy bilimlarini yanada mustaxkamlab, musiqani ongli idrok
etish ko`nikma va malakalarini ham rivojlanib boradi. Musiqa asarini janri,
tuzilishi, harakteri, ifodaviy vositalari, original yoki qayta ishlangan,
moslashtirilganligi haqidagi ma`lumotlar tahliliy jarayonning eng asosiy
elementlaridir.
- musiqiy asarni janriga oid tushunchalar qo’shiq, xalq ijodi,
zamonaviy, vokal, mumtoz yoki maqom, shuningdek xalq musiqasining
ommaviy janrlari lapar, yalla, alla, mavsum-marosim, mehnat qo’shiqlari,
musiqada murakkab janrlar deb ataluvchi vokal-simfonik janrlar (syuita,
qasida, oratoriya, kantata, ko’p ovozli xor asarlari) opera, balet kuylariga
ta’rif berishni o’z ichiga oladi;
- musiqiy asarning (kuy, qo’shiq) tuzilish shakliga ko’ra bir qismli, ikki
qismli, uch qismli, oddiy band va naqorat shakli kabilar haqida
tushunchalardan iborat bo’lishi mumkin;
- asar fakturasi (yozuvi) haqida gapirganda uning garmonik, garmonik-
polifonik yoki aralash harakterdaligiga e’tibor qaratiladi;
- asarning garmoniyasi va melodiyasi garmonik yoki melodik (tili),
asosiy kuy yo’nalishiga t’arif berishi mumkin;
- asar lad-tonalligi (majorladi, minorladi, harakteri, tonal og`ish yoki
modulyatsiyalarga (agar bo’lsa) ta’rif beriladi;
- musiqiy asarning o`lchovi va uning ritmik xususiyatlari (o`lchov va
metrning oddiy, murakkab, aralash, o’zgaruvchi ekanligi) tahlil qilinadi;
44
- xor yoki asarlar partiturasida uchraydigan ayrim ritmik to’zilmalarga
ta’rif beriladi;
- musiqiy asar mazmuni, harakterini ochishga xizmat qiluvchi dinamik
belgilar asar badiiy ijrosini ta’minlashda muhim ekanligi misollar
(kontrastlilik, taqqoslash) orqali ko’rsatilsa eslab qolinadi. Bunda
Do'stlaringiz bilan baham: |