39
va malakalarni tarkib toptirish har jihatdan musiqa ta’limi mazmunini
boyitgan bo’lar edi.
Pedagogikaning dedaktik prinsiplariga muvofiq har bir darsga ta’lim va
tarbiya sistemasining qismi sifatida qarash lozim. Bunda tarbiyaviy vazifalar
ta’lim jarayonini to`ldiradigan qandaydir ikkinchi darajali omil
hisoblanmasligi kerak. Binobarin, bu ish ta’lim bilan dealektik birlikni tashkil
qiladi. G.Neygauz pedagok musiqachining o’quvchiga tarbiyaviy ta’sir
ko’rsatishdagi vazifalarini ifodalab shunday yozgan edi: «O’quvchini
aqlliroq, sezgirroq, halolroq, adolatliroq qilish amalga oshirsa bo’ladigan,
to’la amalga oshirib bo’lmasa ham,
davrimiz qonunlaridan, san’taning
o’zidan kelib chiqqan holda har doim dealektik jihatdan o’zini oqlagan
vazifadir».
1/
O’quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar bolalar uchun
zerikarli bo’lmasligi lozim. O’qituvchi o’quvchilarning qanday musiqalarni
tinglash, kuylashga qiziqishlarini ham e’tiborga olishi, ularga to’g’ri
yo’nalish berib borishi lozim. Shu maqsatda o’tkaziladigan suhbatlar qiziqarli
va ishonarli bo’lishi lozim. O’quvchilar bilan o’tkaziladigan savol-javoblar
va qisqa suhbatlar paytida har xil mavzular qamrab olinishi kerak.
Har hil materiallarni o’rganish paytida,
deylik jaxon klassik
kompozitorlari ijodi haqida gap ketganda o’qituvchi albatta Motsartning
yorqin musiqasi, uning «mo`jiza» deb e’tirof etilgan hayoti, juda erta va
yorqin ochilgan iste’dodi,
ajoyib hayot-faoliyati haqida, Betxoven,
Chaykovskiylar ijodi, asarlarini dunyo miqyosida tan olinishini tub sabablari
haqida ,o’zbek xalq musiqa ijodiyotining milliylik xususiyatlari, mumtoz va
maqom musiqalarning o`lmas ijod mahsuli ekanligi nimaga bog’liqligi
haqida so’zlab beradi. Respublika bastakorlarining asarlarini o’rganishda
ularni ijodi, asarlari, hayoti haqida gapirib berish mumkin.
(G.G.Neygauz. «Ob iskusstve fortepiannoy igri» Moskva 1958 yil-37 bet).
40
O’quvchilarga qandaydir tugal doirada bilim berish, ko`nikma va
malakalarni rivojlantirish ustida gap borar ekan, dars repertuari g’oyat xilma-
xil, yetarli darajada bo’lishi va o’quvchilar uchun faqat ta’limiy jihatdan
emas, balki, badiiy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etishi kerak. Mana
shu kabi pedagogik talablarni bajarilishi musiqiy-estetik tarbiya masalalarini
hal qilishda, o’quvchilarni
musiqiy asarni ham nazariy, ham g’oyaviy, ham
amaliy jihatdan o’zlashtirishiga, ular haqidagi tahliliy suhbatlar orqali
umumiy musiqiy zahiralarni boyitib borishiga erishiladi.
Musiqa
darslariga
qo`yiladigan
didaktik
talablar
tizimida
qo’llaniladigan metodika aniq bo’lishi, vazifalar oldindan belgilanganligi,
qulay pedagogik shart-sharoit va psihologik muhit o’zining ijobiy samarasini
berishi shubhasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: