1.
Alla aytsam ovungin,
Oppoq qo`zim, alla.
Beshigingda quvonchli,
Jonim bolam, alla.
Allalar seni oxoring,
allayo, alla.
Bug`doy ekin bahori,
allayo, alla.
Chumchuqlar yesin donini,
allayo, alla.
Duolar qilsin, joningni,
allayo, alla.
2.
Jonim bolam, oni,
Oq bug`doyning noni,
Hamma yomon ko’rsayam,
Onasining joni.
Alla, bolam, allayo.
Qo`li arslon bilakmish
Botir, qoplon yurakmish,
Yaxshi yomon kunimda,
Menga juda kerakmish.
Alla, bolam, allayo.
3.
Qo’zi boqqan qo`y etsin,
To’yguningcha to’y etsin.
To’y, to’ylarga ulansin,
Davlat boshingga o’rnashsin,
Alla, bolam, alla.
58
-alla janriga oid asarlarni tahlil etishda sinf fonetikasida mavjud alla
qo`shig`ini tinglash, bunday imkoniyat bo’lmasa o’qituvchi o’zi kuylab berishi
lozim. Allani xalq musiqasiga oid hamda bastakor va kompozitor ijodiga mansub
namunalardan foydalanish va ularni o’xshash, farqli (she’r mazmuni, ijro uslubi)
xususiyatlari haqida gapirib berish yaxshi samara beradi.
-asarni tahlil qilishda uning ijro uslubi, she’riy vazni, musiqa jo’rligi, kuy
rivojlanishi (xalq namunalarini an’anaviy ijrosida alla musiqalari aksariyat bir xil,
ya’ni daromad va avjsiz kuylanadi) haqida to’xtaladi.
-alla haqida savol-javob o’tkazish (asosan mazmuni haqida).
-asar bastakor yoki kompozitor ijodiga mansub bo’lsa, asar muallifi haqida
suxbat o’tkaziladi. Shu o’rinda, asarning tonalligi, harakteri, tempi, necha qismdan
iboratligi (ko’pletli yoki rivojlangan ikki, uch qismli) haqida tushunchalar beriladi.
-bunday allalarni o’rgatishda asar kuyini yoki qo’shiqni «plakatda» yozuvini
barchaga ko’rinarli joyda ilib kuyish lozim bo’ladi. Asarni o’rgatishda kuyni
harakatini yo’nalishini ko’rsatib borish, qo’shiqni qismlarga bo’lib o’rgatish,
so’lfidjiali yangi uslubdan foydalanish yaxshi samara beradi. Asarni tahlil qilish
asosan «alla» boshka janrlardan eng muxim farqli jixatlariga e’tibor qaratish lozim
bo’ladi.
Tayanch tushunchalar:
Alla-onalar qo`shig`i;
Alla-da onaning bolaga mehri, orzu-umidlari mujassamlashadi;
-an’anaviy alla ijrochiligida so’zlar ona tomonidan erkin bayon qilishga
asoslanadi;
-an’anaviy alla ijrochiligida kuy to’zilishi va ijro uslubi bir xil bo’ladi
(daromad, avji bo’lmaydi);
-bastakor va kompozitorlar tomonidan yaratilgan asarlar esa ma’lum qoida
va talablarga muvofiq bo’ladi va hokazo.
2.
Lapar.
Lapar o’zbek xalq qo’shiqchiligida juda keng tarqalgan
bo’lib, u sho’x, raqsona kuy usulida bo’lib, odatda yalla, ikki qismli, uch
qismli, ba’zida ko’pchilik tomonidan aytishuv tarzida aytilgan. Lapar
59
ijrochilar ko’pincha qo’shiqni kuylashda o’zi raqsga tushib kuylashadi.
Bunday qo’shiqlarni kuylash jarayonida tinglovchilar ham zavq bilan chapak
chalib, unga jo’r bo’lishadi. Xalqimiz orasida mashhur bo’lgan «Omonyor»,
«Ililla yor», «Bilag o’zuk», «Qorasoch», «Jaxu-jaxu», «Olmacha anor»,
«Andijonga boray dedim, borolmadim», «Oyijon», «Qilpillama», «Og’a
Darom» shular jumlasidandir. Xalqimiz musiqa me’rosida laparlarni xalq
yo’lidagi va ularni xor yoki ansambl ijrosiga zamonaviy estrada, ko’p
ovozlilikka moslashtirilgan variantlari ko’p uchraydi. Yuqoridagi laparlarni
deyarli barchasiga bu narsa tegishli desak yanglishmaymiz. Laparlar ijro
uslubi bilan o’lan-aytimlarga biroz yaqinroq turadi. Quyida xalq lapar
aytishlaridan namunalar keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |