27
kuzatuv varaqasi, sekundomer, soat va boshqa zarur narsalar tayyorlab
qo„yiladi;
fotografiya o„tkazishda oldin normalovchi fotografiya ob‟yekti
hisoblangan ishchiga fotografiya o„tkazishdan ko„zda tutilgan maqsadni tushuntiradi.
Kuzatuv varaqasida korxona nomi, sex, brigada nomeri
va kuzatiladigan ishchi
to„g„risidagi ma‟lumotlar, uning bajaradigan ishi, foydalaniladigan jihozi, ish o‟rniga
xizmat ko„rsatilishi, ish o‟rnining tashkil qilinishi singari ma‟lumotlar ko„rsatiladi.
Shuningdek, varaqaning birinchi betida kuzatuvchi kuzatiladigan sana, kuzatishning
boshlanishi, tugashi va davom etishi to„g„risidagi ma‟lumotlar ham keltiriladi.
Fotografiya qilish texnikasi quyidagilardan iborat: fotografiya o„tkaziladigan
kun normalovchi sexga ish boshlanishidan 15-20 minut oldin kelib, o„z soatini ish
boshlanishi haqidagi signal beradigan soatga to‟g‟irlaydi. So‟ng
ish kuni
fotografiyasining kuzatish varaqasining birinchi betiga ma‟lumotlarni yozib chiqadi.
Normalovchi kuzatuvchi ishchi ish boshlagan paytdan boshlaydi. Agar ishchi smena
boshlanmasdan erta ish boshlasa, normalovchi ham shu paytdan boshlab fotografiyani
o„tkaza boshlaydi. Agar ishchi ish boshlanishidan kech qolsa, normalovchi uning
kech qolgan vaqtini qayd qiladi. So„ngra esa qolgan kuzatuvlarning faqat tugallangan
vaqtini qayd qilib boradi, chunki bu kuzatuvning oxiri
ikkinchisining boshlanishi
bilan ulanib ketadi. Har bir kuzatuv shartli belgi bilan ko„rsatiladi. Barcha
ma‟lumotlar joriy vaqt grafasiga yozib boriladi.
Smena tugashi bilan kuzatuv tugallanadi. Sarflangan vaqt uzluksiz kuzatiladi va
butun smena davomida qayd qilib boriladi.
Ayni bir vaqtining o‟zida ishchining vaqtidan foydalanish ko„rsatkichlari bilan
mahsulot birligi uchun sarflangan operativ vaqtni, ya‟ni asosiy va yordamchi vaqtlarni
aniqlash usuli fotoxronometraj deb ataladi.
Fotoxronometraj fotografiya va xronometrajning elementlarini o„z ichiga oladi.
Uning fotografiya va xronometrajdan afzalligi shundaki uning yordamida to„la bir ish
28
kuni yoki uning bir qismi davomida ham fotografiya ham xronometraj ma‟lumotlarni
olish mumkin. Jumladan bir vaqtning o‟zida ya‟ni kuzatuv o„tkaziladigan vaqt ichida
ish vaqti sarfining hakikiy normativ ma‟lumotlarini, ishchining ish vaqti va jihozdan
oqilona foydalanishida zoe ketayotgan vaqtlarning sababini aniqlash,
operatsiyaning
tarkibi va uning elementlari bo‟yicha vaqt normativini va mahsulot ishlab chiqarish
normasini belgilash, nihoyat, mehnat unumdorligini oshirish rezerflarini aniqlash
hamda ularni ishlab chiqarishga joriy etish bo‟yicha tadbirlar belgilash mumkin.
Fotoxronometraj o„tkazishda normalovchi dastlab fotografiya kuzatuv
varaqasiga ishchining tayyorgarlik ishlari va ish joyiga xizmat ko„rsatishga
ketgan
vaqtni qayd qiladi, ishchi bu ishlarni tugatib, operativ ish bilan shug„ullana boshlashi
bilan fotografiya o„tkazish kuzatuv varaqasini bir chetga qo„yib, kuzatuvchi
xronometrajda o„tkazish kuzatuv varaqasini to‟ldirib beradi. Agar smena davomida
biror-bir sababiga ko„ra (ishchining ishdan chalgishi, mexanikni chiqarishi, mashinani
remont qilish va xokazolarga kura) tanaffus qilinsa, u xolda normalovchi xronometraj
kuzatuv varaqasini tuldirishni davom ettiradi.
Fotoxrometraj tugagach ma‟lumotlar, ikkala kuzatuv varaqasi bo‟yicha alohida-
alohida ishlab chiqilib, tahlil qilinadi va tadbirlar belgilanadi.
Ishchining va jihozlarning xakikatda ish bilan band bo„lishi haqida o„rtacha
ma‟lumotlarni aniqlash maqsadida momentli kuzatuv uslubidan foydalaniladi. Bu
uslubda ish vaqti sarfining absolyut miqdori qayd qilinmaydi. Ish vaqti sarfi toifa va
turlarga bo„linib ularga shartli belgilar belgilanadi. Bunda ish harakatidagi har bir
moment, ya‟ni masalan ishchining operativ ish bilan shug„ullanishi,
ish kutishi,
gaplashib o„tirishi va hokazolarni shartli belgi bilan qayd qiladi.
Momentli kuzatuv uslubini o„tkazishga tayyorgarlik ko‟rish bosqichi yuqorida
keltirilgan kuzatuv uslublari, ya‟ni fotografiya xronometraj, fotoxronometrajlardan
tubdan farq qiladi. Bu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiraladi:
29
1) tanlab olingan ob‟yekt o„rganiladi, jumladan undagi ish urinlarining
joylashuvi, ishchilar soni, mehnatni tashkil etish shakllari bilan tanishiladi.
2) matematik-statistik qonunlar asosida chiqarilgan formula yordamida kuzatuv
vaqti yozib olish uchun talab
qilinadigan momentlar miqdori, ya‟ni kuzatiladigan
momentlar soni aniqlanadi.
M=
R
K
n
*
100
)
1
(
2
2
(1.3.1)
M - momentlar soni:
K - ish vaqtida ish bilan band bo„lish koeffitsienti.
Uning miqdori ilgari o„tkazilgan kuzatuv ma‟lumotlariga asosan belgilanadi. R
- kuzatuvlar natijasida yo„l ko‟ylishi mumkin bo„lgan nisbiy xatolar miqdori
(ko„pincha 3 foizdan 10 foizgacha bo„lgan miqdorda belgilanadi).
3) hisoblab chiqilgan kuzatiladigan momentlar sonini hisoblash asosida zarur
bo„lgan ish urinlarini aylanib chiqish soni aniqlanadi:
A
s
=
M
Nc
(1.3.2)
Bu erda:
A - aylanib chiqishlar soni
M - momentlar soni
Nc - kuzatiladigan ob‟yektlardagi ishchilar soni
4) bir aylanib chiqishga ketadigan vaqt aniqlanadi.
t
a
=
s
k
A
T
(1.3.3)
30
T
k
=kuzatuvning davom etish vaqti
Yuqoridagi ma‟lumotlar aniqlangandan so‟ng kuzatuvni boshlash
mumkin. Kuzatuv o„tkazish bosqichida kuzatuv natijalari
kuzatuv varaqasiga yozib
boriladi. Varaqaning birinchi betiga umumiy ma‟lumotlar keltiriladi. Ikkinchi betiga
mahsus belgilar yordamida kuzatuv natijalari yoziladi. Bunda kuzatuvning har bir
momenti nuqtalar yoki chiziqlar soni asosida belgilanadi. Bu momentlar sonini tezlik
bilan sanab chiqish imkonini beradi