2.1.2- jadval.
“Ro‟zimatjon ota” MCHJning ish vaqti balansi tahlili
Ko„rsatkichlar
Bir ishchiga
Rejaga nisbatan mutloq
farq
Reja
Haqiiqy
Bir ishchiga
Jami
ishchilarga
1
2
3
4
5
1. Kalendar kunlar soni
365
365
-
+36135
2. Bayram va dam olish kunlari.
101
101
-
+9999
3. Ish vaqtining nominal fondi.
254
254
-
+25146
4. Ish vaqtidan imtiyozli
yo„qotishlar.
22
25
+3
10416
Jumladan:
navbatdagi mehnat taotillari;
14
15
+1
+4132
o„qish bilan bog„liq taotil;
1
1
-
99
tug„ruq bilan taotil
2
1
-1
-2548
5. Adminstratsiya ruxsati bilan
berilgan qo„shimcha taotil kunlari.
3
3
-5274
+5247
6. Kasallik kunlari.
2
3
+1
2944
7. Progullar.
-
1,5
+1,5
+4119
8. Tanaffuslar.
-
0,5
+0,5
+1373
9. Haqiiqy ish vaqti fondi.
232
229
-3
+14430
10. Smena davomiyigi (soat)
8
7.45
-0.55
-718.3
11.Ish vaqti byudjeti, s
1856
1706,05
-149,95
-228019
36
12. Bayram oldi qisqariladigan
soatlar
20
20
-
+1980
13. O„smirlar uchun imtiyozli
soatlar, s
1
1.5
+0.5
+1472
14. Bolali ayollarga ish davomida
beriladigan tanaffuslar.
3
5
+2
+5789
15. Smena ichidagi tanaffuslar, s
26.5
42.15
+15.65
+45598.4
16. Ish vaqtining samarali fondi.
1809.5
1637.4
-1721
-293446.1
17. Ishdan keyingi ishlangan ish
soatlari, s
-
8
+8
+21968
18. Unumsiz ish vaqti, s
-
10
+10
+27460
Jadval
ma‟lumotlari
bir
ishchiga
to„g„ri
keladigan
haqiqiy
ish vaqti fondi 3 kunga, barcha ishchilarga esa 14430 kishi kunga kamayganini
ko„rsatmoqda. Bunga asosan kasalik kunlarining barcha ishchilarga hisoblaganda
2944 kishi kunga, tanaffuslarning 1373 kishi kunga hamda progullarning 4119 kishi
kunga oshib ketishi sabab bo„lgan. SHuningdek, ish vaqti davomiyligini 0,55 soatga
qisqarishi ish vaqti byudjetini kamayishiga sabab bo„lib va jami 228,019 ming kishi-
soatni yo„qotilishiga yo„l qo„yilgan. Ishkunlarning 3 kunga qisqarishiga xom-ashyo
materiallar, elektr energiya va yoqilg„ini etishmasligi ta‟sir qilgan bo„lishi mumkin.
YUqorida keltirilgan vaqtdan yo„qotishga sabab bo„lgan ko„rsatkichlarni
chuqur tahlil qilib ularga tahsir qilgan omillarni aniqlab, bartaraf qilish maqsadida
chora-tadbirlar ishlab chiqilsa va ishlab chiqarishga tadbiq etilsa, texnik iqtisodiy
ko„rsatkichlarni o„sishiga erishish mumkin.Bu yo„qotishlar sababini aniqlash uchun
tahlil davomida jixozlarni vaqt bo„yicha foydalanishni va modiytexnika ta‟minotni
ko„rsatqichlari bo„yicha bajarilishini tahlil qilish lozim.
37
SHunga ko„ra, ish vaqtidan unumli foydalanishning rezervlari aniqlanadi. Unga
ish vaqtidan unumli foydalanmaslik bo„yicha sabablar kiradi. Ularga smena ichidagi
yo„qotishlar, ish o„rinlariga mehnat predmetlarining etib kelmasligi, ishni kutib
qolish, ishchilar tomonida intizomning buzilishi, jihozlarni ta‟mirlash yoki sozlash
vaqtlari kiradi.
Ish vaqtidan foydalanish samaradorligini oshirish yo„nalishlaridan biri bitta
ishchiga to„g„ri keladigan ishlangan ish kunlari sonini oshirishdir. Engil sanoat
korxonalarida kunlik ish vaqtini yo„qotish sezilarli darajada ko„zga tashlanadi va
hisobga olinadi, bu turdagi ish vaqtini yo„qotish, xaftalik, oylik, yillik mehnatning
tig„izlik darajasiga ta‟sir qiladi.
Korxonalarda ish vaqti yo„qotilishiga qarshi katta ishlar olib borilmoqda.
Lekin bu ishlarni hali etarli darajada deb bo„lmaydi.
Bu esa, ish vaqtini yo„qotilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni o„rganish va
ish vaqtidan oqilona foydalanishni talab etadi. Ish vaqtidan samarali foydalanish bu
faqatgina yangi texnika va ilg„or texnologiyaning joriy qilinishi, mehnatni va ishlab
chiqarishni tashkil etish doimo takomillashtirish emas, balki ijtimoiy ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish hamdir.
Davlat statistik ma‟lumotlariga qaraganda faqat mehnat intizomining buzilishi
tufayli xalq xo„jaligi ko„radigan zararning ko„pchilik qismi ish vaqtining yo„qotilishi
tufaylidir.
Xo„sh, nima uchun ish vaqti yo„qotiladi. Ish vaqtining yo„qotilishiga sabab,
mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishda yo„l qo„yilgan kamchiliklar va mehnat,
ishlab chiqarish intizomining buzulishidir.
Ish vaqtining yo„qotilishi – bu ish vaqtining yashiringan rezervlardir, ularning
sabablarini har doim tahlil qilish va kamaytirish yo„llarini izlash kerak. Ish vaqtining
yo„qotilishi boshqacharoq aytganda, bu mehnat unumdorligi va intensivligini
kamayishi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini oshishidir.
38
Korxonalarda mehnatni tashkil etish va rejalashtirishda, tarbiyaviy ishlarni olib
borishidagi, korxonaning maishiy va madaniy xizmatidagi, shahar transportidagi
kamchiliklar ham ish vaqti yo„qotilishini keltirib chiqaruvchi sabab bo„lib xizmat
qiladi.
Bu esa ish vaqtidan foydalanishni yaxshilash, undagi rezervlarni topish va bu
rezervlarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirish manbaiga aylantirish borasida
ijtimoiy ishlab chiqarish va xo„jalik ishlarini yanada chuqurroq tashkil etish
zarurligidan dalolat beradi.
Ishchilarning ish vaqtidan foydalanish balansini tahlil qilar ekanmiz, ish vaqtini
yo„qotishini yuqorida aytganimizdek 2 ta guruhga ajratamiz.
1.
Rezerv hosil qiladigan kunlik ish vaqtini yo„qotilishlari.
2.
Rezerv hosil qiladigan hosil qilmaydigan kunlik ish vaqtini yo„qotilishi.
Mehnat unumdorligini o„stirish uchun rezerv bo„lib kunlik ish vaqtini
yo„qotilishini quyidagilari kiradi:
Qonun ruxsati bilan ishga chiqmaslik, davlat va jamoat ishlarini bajarilish
munosabati bilan ishga chiqmaslik, tug„ish munosabati bilan beriladigan, emizikli
bolaga qarash uchun beriladigan, o„qishga yuborish munosabati bilan beriladigan
ta‟tillar va boshqalar.
Bu turdagi sabablar bo„yicha ish vaqtini yo„qotish miqdori avvalgi yilning
hisobotlariga nisbatan belgilanadi, ularni kamaytirish korxona xodimlarini vazifasiga
kirmaydi.
Korxona uchun bajarilishi mumkin bo„lgan vazifa – rezerv hosil qiladigan ish
vaqtini tizimini tahlil qilish, ularni kelib chiqish va kamaytirish yo„llarini izlashdan
iboratdir.
SHu sababli ushbu bitiruv malaka ishni bajarish davomida korxonada mavjud
bo„lgan rezerv hosil qiladigan ish vaqtini yo„qotilishlari o„rganiladi.
39
Rezerv hosil qiladigan ish vaqtini yo„qotilishlariga vaqtinchalik salomatligini
yo„qotilishi, ma‟muriyat ruxsati bilan ishga chiqmaslik, kun davomida bekor turib
qolishlar, ishchilarning o„zlaricha ishga chiqmasliklari va boshqalar kiradi.
Har qanday korxonada mehnat unumdorligini oshirish hozirgi kunning dolzarb
masalalaridan bo„lib turgan vaqtda, mana shunday rezerv hosil qiladigan
kunlik ish vaqtini yo„qotilishlarini o„rganish maqsadga muvofiqdir.
Korxonalarda rezerv hosil qiladigan ish kunlarini yo„qotilishlari 100 % ga
qisqartirish mumkin emas, lekin uni kamaytirish yo„llarini izlash kerak. SHu sababli
bitiruv malaka ishining keyingi boblarida ushbu yo„qotilishlarni kelib chiqish
sabablari va ularni qisqartirish uchun olib borilayotgan masalalar bilan tanishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |