4. Xonliklarning aholisi va savdo aloqalari haqida tarixiy
manbalardan та ’lumot to ‘plang.
5. Xonliklarda hukmronlik qilgan sulolalar tarixiga doir та ’ruza
tayyorlang.
Mavzuga doir manba
Xiva va xivaliklar haqida
Xiva mulklarini Kaspiy dengizi tomonidan turkmanlar bilan
Eron hududlari, keyin Buxoro va qisman jung‘or mulklari
qoraqalpoqlar, orolliklar va qiig‘iz-qaysoqlar bilan chegaradosh yerlar
o‘rab turadi. Buxoro, Balx va Badaxshondan Orenburgga yo‘l
olgan savdo karvonlari Xiva mulklarini chetlab o‘tolmaydilar.
Shuning uchun ham Orenburg tijoratida Xiva shahri asosiy markaz
hisoblanadi. Xiva xoni va o‘zbeklariga hurmatsizlik qilish yaxshi
emas. Chunki ular ushbu savdo munosabatlariga ijobiy va salbiy
ta’sir ko‘rsatishlari mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, bu
savdoning
rivoji ular bilan munosabatlarga bog‘liq. Rossiya fuqaroligi ostida
bo'lgan qirg‘iz-qaysoq dasht xalqi (ular orqali Orenburgga va
Orenburgdan kelayotgan savdo karvonlari Xiva mulklari orqali ham
o‘tishi lozim) tinchgina yashayotganligi va xivaliklar tomonidan
ularga hech qanday zarar yetkazilmayotganligi, Orenburg gubemiyasi
bilan chegaradosh bo‘lganligi bois
ham u yerlar haqida muhim
bo‘lgan keng tafsilotlami berish lozim.
...Mahalliy xalqlar hamma xivaliklami Urgenech deb ataydilar
va ularni qadimiyliklari uchun izzat qiladilar. Shuning uchun
ham Xiva karvonlari Buxoro yoki boshqa davlatda bojxona to'lovini
to ‘lamaydilar. Ammo o‘zlari har qanday karvondan to ‘lov
undiradilar. Haqiqiy xivaliklar ko'pchilikni tashkil etmasalar-da,
o‘zbeklar, turkmanlar va orolliklar evaziga Xiva xonligi katta kuchni
tashkil etadi. Hozirgacha ham turkmanlar va orolliklar ko‘p
hollarda xonga o‘z xohishi bilan xizmat qiladilar. Aytishlaricha,
u xalqlar bilan birgalikda Xiva harbiy kuchlari 20 mingdan 30
143
mingacha to'plangan, ammo hozir uncha kuch to‘plash mushkul.
Ba’zi hollarda xivaliklar qiig‘iz-qaysoqlarning birlashgan kuchidan
cho‘chiydilar va agar qirg‘iz (qozoq)lar birlashib, ularga qarshi
chiqsa, xivaliklar qiyin ahvolda qolishini kuzatish mumkin. Xullas,
Xiva Orenburgdan janubda 12-15 kunlik karvon yo'li masofasida
joylashgan.
Qirg'iz-qaysoq cho'li (dasht) orqali qulay yo‘l, chunki yo‘l
bo‘ylab o£t-o ‘lan va suv bor. Sirdaryodan tashqari bironta katta
kechuv yo‘q. Biroq qirg'iz-qaysoqlar ehtiyot bo‘lishlari kerak.
Ular o ‘zlarining odatlariga ko‘ra o ‘g‘irlik
qilishdan toymaydilar
va otlami olib qochadilar. Xiva shahri Orol dengiziga quyiladigan
Uludaryodan chiqarilgan kanallar bo‘yida joylashgan. Shuning
uchun Orol dengizidan bu shahar yaqiniga borish mumkin. Xiva
to‘rtburchak shaklidagi loydan qad ko‘targan mudofaa devorlariga
ega. Burchaklarida va xavfli joylarida qorovullar uchun maxsus
joy qilingan. Unda 3 ming yoki undan ortiqroq uylar bo‘lib, bir
qator qilib loydan qurilgan. Uylaming hovlisi yo‘q. Ko'chalari
bir tekis.
Chorva uchun aholi
xutor
(ruscha) — shahar
tashqarisidagi dala hovliga egadirlar. Ular ham loydan qurilgan.
Shaharda barcha ko‘chalar tor. Abulxayrxonga Orenburg
komissiyasidan xizmatga yuborilgan injener ofiserlardan biri bu
shahar uchun loyiha ishlab chiqqan edi. U loyiha hozirda
Orenburg gubemiyasi devonxonasining tashqi ishlar bo'limida
saqlanmoqda.
Xiva mulklarida Xivadan tashqari 11 ta yirik shahar mavjud.
Orenburg tomonda ulardan Gumok, Vazirkent, Shavak, Kazabat
shaharlari va Xivaning qarama-qarshi tomonida Urganch, Adarus,
Betnak va Oqsaroy joylashgan. Ulardan tashqari yana turli aholi
maskanlari va ko'pgina qishloqlar mavjud. Yuqoridagi shaharlarda
hukm dor Xiva
beklari yoki shahzodalari emas, shaharlar
vakillaridir. Biroq ular hammasi Xiva xoniga bo'ysunadilar. Xon
Xiva shahrida shohona hayot kechiradi. U xalqni o ‘ziga
bo‘ysundirgani bilan xivaliklarda qadimdan bir odat borki, agar
ular xondan jabr ko‘rsalar unga fitna uyushtirib, o ‘ldirib
144
yuboradilar va bir necha yillardan so‘ng boshqa sulola vakillaridan
o'zlariga xon tayinlaydilar.
Hozirda ularda qirg‘iz-qaysoq Botir Sultonning o‘g‘li Xaipxon,
awal esa Abulxayrxonning o‘g‘li Nuralixon edi. Abulxayr ham
Xivada xon bo‘lgan, keyin qirg‘iz-qaysoqlarga xon bo‘lgandan
so‘ng u yerga o‘g‘li Nurali tayinlanadi. 1740
yilda Eron shohi
Nodir qo‘shin bilan Xivaga bostirib keladi va qarshiliksiz shahami
egallaydi, ammo Nodirshoh o'limi bilan xivaliklar u qoldirgan
askarlami mamlakatdan haydab chiqarib, ozod boladilar.
Xivaliklar don mahsulotlarini ko‘p ekadilar. Ularda g‘alla,
tariq, sorochino bug'doyi, paxta va tamaki o ‘sadi. Ipak ko‘p
bo‘lmasa-da, biroq har qalay o'zlarida yetishtiriladi. Eron va
Buxoro bilan savdo qiladi.
Meva va sabzavot, uzum yetarlicha
yetishtiriladi. Ot va chorva kam boqishadi, chunki ularda
yaylovlar kam, shuning uchun otlarni qirg‘iz
va qora-
qalpoqlardan sotib oladilar. Amudaryo yoki Uludaryo bo'ylab
quyi tomon yurilsa orolliklar, yuqoriga Buxoro va boshqa
yerlarga boriladi. Xiva mulklarining Orol dengizi yonida
joylashgan tog‘larida oltinga boy kon mavjud deyishadi. Ammo
undan foydalanish uchun hech kimga ruxsat berilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: