Zokirjon saidboboyev


P.P. Semenov-Tyanshanskiy



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/159
Sana22.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#505525
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   159
Bog'liq
fayl 192 20210327

P.P. Semenov-Tyanshanskiy 
berdi. Uning asosiy 
maqsadi Yevropa faniga hali noma’lum bo‘lgan Tyanshan (Xon- 
Tangri) tog'lari tizimiga kiruvchi o‘lkaning tabiati, o‘simlik va 
hayvonot dunyosini tekshirib, ilmiy yangilik olib kirish edi. U 
Tyanshanga 1856-1857 yillar orasida ikki marta safar qildi va 
haqiqatdan geografiya fani uchun qimmatli ma’lumotlar to‘pladi. 
1888 yilda 0 ‘rta Osiyoga yana sayohat qilgan P.P.Semenov- 
Tyanshanskiy bu gal Kaspiyorti, Samarqand va Sirdaryo viloyati 
bo‘ylab qator ekspedisiyalarni amalga oshiradi.
1864-1868 yillarda Tyanshanning janubiy tumanlaridan 
Issiqko‘lgacha sayohat qilgan 
N.A. Seversov, P.P. 
Semenov- 
Tyanshanskiyning m a’lumotlarini to‘ldirdi. Ushbu hududlaming 
aniq ishlangan kartasi ham aynan N.A.Seversov tomonidan 
yaratilgan.
1858 yil aprelida N.A.Seversov Qo‘qon xonligi hududlariga 
qilgan ekspedisiyasi davrida asirlikka tushib qoladi. Bu haqda u 
alohida kitob chop qilgan bo‘lib, unda Sirdaryoning quyi oqimlari 
aks ettirilgan karta ham berilgan.
1869 yilda janubiy Tyanshan hududlarida tadqiqot olib borgan 
V.A. Kaulbars 
esa Norin va Talas vodiylarida 33 punktdan ortiq 
manzilni taxminiy suratga oldi hamda mazkur hududlarning 
kartasini yaratdi.
1868 yilda markazi Samarqand shahri bo‘lgan Zarafshon okrugi 
tashkil etilgach, 0 ‘rta Osiyoning janubi-sharqida ham suratga 
olish ishlari jonlandi. Bu ishlarda 
A.P. Fedchenko 
ham ishtirok 
etdi. U ishtirok etgan ekspedisiya 1869 yilda Samarqandga, so‘ngra 
Kattaqo‘rg‘on, Jom, Shahrisabz, Mag‘yon va Kishtut daralaridan 
o ‘tib, Iskandarko‘lgacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishdi. 
A.P.Fedchenko o ‘z ishlarining yakuniy natijalari o ‘laroq, 
instrumental suratga olishlar asosida Zarafshon vodiysi, aniqrog‘i, 
uning janubiy qismining aniq kartasini tuzishni maqsad qilgan.
63


1871 yilda esa Qo'qon xonligiga sayohat qilgan AP.Fedchenko 
Janubiy Tyanshan, Farg‘ona, Oloy, Pomir geografiyasi bo‘yicha 
fanga boy va qiziqarli materiallar berdi. Qo‘qon xonligiga qilgan 
sayohati davrida to‘plangan ma’lumotlar asosida A.P.Fedchenko 
ushbu hududning kartasini yaratdi. U ,,Qo‘qon xonligi va 
Amudaryoning yuqori oqimi“ deb nomlanib, unda bu davrgacha 
noma’lumligicha qolgan ushbu hududlar tasviri berilgan edi.
Rossiyaning o‘lkani harbiy yo‘l bilan zabt etish harakatlari 
aks ettirilgan harbiy kartalar XIX asrning ikkinchi yarmida eng 
ko‘p yaratilgan bo‘lib, chor m a’muriyati shu yo‘l bilan 0 ‘rta 
Osiyo hududlari haqida yaxshiroq tasavvur hosil qilib borgan. 
Masalan, Rossiya imperiyasi harbiylarining o‘lkadagi istilochilik 
harakatlariga rahbarlik qilgan M.A.Terentev, N.I.Grodekov, 
V.N.Zaysevlaming asarlarida harbiy kartalar ilova qilingan.
M.A. 
Terentevning 
„Karti i plani к istorii zavoyevaniya Sred- 
ney Azii“ kitobidagi jami 23 ta kartaning barchasi 0 ‘rta Osiyoning 
istilo etilishi bilan bog‘liq harbiy-tarixiy kartalardir.
Xivaning egallanishiga doir asar muallifi, rus harbiysi 
N.I. Grodekov 
o‘z kitobiga ushbu hududlarning kartasini ilova 
qilgan bo‘lib, unda Kaspiy dengizidan sharqda joylashgan Xiva 
mulklari batafsil aks ettirilgan.
1897 yilda Toshkentda Rus Geografiya jamiyatining Turkiston 
bo‘limi tashkil etildi. Bo‘lim o‘lkaning geografik tadqiqotlari bilan 
birga kartalar tuzish ishlari bilan ham shug‘ullangan.
Yuqoridagi ekspedisiyalar faqat ilmiy muammolarni hal 
qilibgina qolmay, balki o‘z kartografik ma’lumotlari bilan Rossiya 
imperiyasining 0 ‘rta Osiyodagi mustamlakachilik siyosatiga yordam 
ham berganlar.

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish