Tibbiyot instituti talabalari uchun


Noma’lum odamning suyak qoldiqlariga qarab murda shaxsini aniqlash



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet366/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

17.3. Noma’lum odamning suyak qoldiqlariga qarab murda shaxsini aniqlash
Suyak qoldiqlarini sud tibbiyotida tekshirish no’malum odam shaxsini 
xarakterlovchi belgilarni topish orqali aniqlaniladi. Bunda suyaklar va suyak 
qoldiqlarini turlarga aloqaddorligi; ekspertizaga taqdim qilinadigan suyaklarni bir 
yoki bir necha skeletga bog’liqligini bilish; qaysi irqqa bog’liqligi, jinsi, yoshi va 
suyak qoldiqlarini tekshiriluvchi odamning bo’yi, suyaklarida qandaydir individual 
belgilar (tug’ma etishmovchiliklar, kasalliklar, jarohatlanish belgilari va boshqalar) 
borligi to’g’risidagi qator savollar birin ketin echilishi zarur. Agar qidiruv 
jarayonida suyak qoldiqlari aniq bir odamning murdasiga aloqadorligi taxmin 
qilinsa, suyak qoldiqlarini tekshirishda topilgan belgilar bilan noma’lum yo’qolgan 
odamning suyak qoldiqlarini solishtirish orqali (tibbiyot hujjatlari, fotosurat
rentgenogramma va boshqa tergov yo’li bilan topilgan ma’lumotlar) ekspert 
620


shaxsni o’xshashligi to’g’risidagi savolni echadi, ya’ni suyak qoldiqlarini aniq 
shaxsga aloqadorligini belgilaydi.
Shaxsni jinsi, yoshi va bo’yini aniqlash ekspertizasida barcha hollarda suyak 
qoldiqlari ko’zdan kechiriladi.
Suyagiga qarab jinsini aniqlash
faqat suyakning shakllanishi 
tugallanganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin. Bunda har xil suyaklardan 
foydalaniladi. Agar ekspertning ixtiyoriga katta odamning to’liq skeleti taqdim 
qilingan bo’lsa jinsini qo’laygina aniqlash mumkin. Alohida suyaklardan kalla va 
chanoq suyaklari muhim ahamiyatga egadir.
Erkaklar kalla suyagini xotinlarnikidan farqi kalla tuzilishining shakli va 
xarakteri, shuningdek kallasining absolyut va nisbiy kattaligi, ayrim qismlarining 
xususiyatlariga qarab aniqlaniladi. Ayollar kallasiga qaraganda erkaklarning kallasi 
katta, gumbazi va asosi ham ancha yirik bo’ladi. Mushaklarni birikuvchi joylari 
ham egri-bugri, notekis, burchaksimon shaklda keng rivojlanganligi ko’rinadi. 
Erkaklarda qosh usti suyaklari yoyi ancha rivojlangan bo’lsa, ayollarda esa 
peshona va tepa o’siqlari yaqqol ko’zga tashlanadi. Erkaklarda kallaning 
so’rg’ichsimon qismi kuchli rivojlangan, pastki jag’i katta o’lchamli, burun-
peshona burchagi aniq ko’zga tashlanuvchan, ko’z olmasi ancha pastda ko’pincha 
to’g’ri burchakli shaklda bo’lib, yuqori qismi o’tmas va qalinlashgan bo’ladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish