Tibbiyot instituti talabalari uchun


-rasm. Elektr toki yordamida ko’z olmasi qo’zg’alishida ko’z



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

103-rasm. Elektr toki yordamida ko’z olmasi qo’zg’alishida ko’z 
qorachig’i reaktsiyasi (Bilkun V.V. bo’yicha):
a – qo’zg’alishgacha qorachiqning holati;
b – qo’zg’alish paytidagi ko’z qorachig’i. 
Voqea sodir bo’lgan joyni kuzatishga borishda ekspert uchun V.V.Bilkun 2 
variantdagi chemodan loyihalagan (104-rasm). Buning tarkibiga barcha kerakli 
predmetlar va shuningdek supravital reaktsiya uchun original konstruktsiyadagi 
444
a
b


priborlar (ERM-1, ERM-2, gidravlik fotodinamometrlar o’zining kompleks 
oziqlanish bloki va pastdan yoritqichi bilan) kiradi.
104-rasm. V.V. Bilkunning voqea sodir bo’lgan joyga borishda sud 
tibbiyoti ekspertiga mo’ljallangan chemodan konstruktsiyasi.
Mushaklarni kimyoviy qo’zg’atish.
Hozirgi davrda mushaklarni 
reaktsiyasini aniqlashda ko’z qorachig’ini toraytiruvchi va kengaytiruvchi 
kimyoviy moddalar taklif qilingan. Murdaning ko’ziga 1-foizli atropin yoki 
pilokarpin eritmasi tomizilganda ko’z qorachig’ining kengayishi yoki torayishiga 
olib keladi. Bu asosan o’lgandan keyingi birinchi 5-6 soatga to’g’ri keladi. Agar bu 
moddalar ko’zning oldingi kamerasiga to’g’ridan-to’g’ri tomizilganda esa ko’z 
qorachig’i bunga 20-24 soat ichida javob reaktsiyasini beradi. Biroq ayrim hollarda 
qorachiq reaktsiyasi o’lgandan keyin 8-12 soat ichida tugallanadi. O’lgandan 
keyingi 9-10 soat ichida ko’z qorachig’i 2 xil reaktsiya beradi. Agar atropin 
ta’sirida ko’z qorachig’i kengaysa, keyinchalik pilokarpin yuborilganda uning 
torayishi kuzatiladi.
Boshqa supravital reaktsiyalardan foydalanish.
O’limni vaqtini 
aniqlashda boshqa supravital reaktsiyalar orasida ter bezlari faoliyati, to’qimalarni 
445


har xil xususiyatlari, shuningdek erkaklar murdasi jinsiy yo’llarida tirik 
spermatozoidlarni aniqlash va boshqalar muhim ahamiyatga egadir.
M.Wada (1957) ter bezlarining o’lgandan keyingi reaktsiyasini aniqlashni 
taklif qildi. Uning usuli bo’yicha terining ma’lum qismini 2-foizli spirtli eritmasi 
bilan artilgach, shu joyga (50 g. amidonni 100 ml kanakunjut moyida 
tayyorlangan) pasta tomiziladi va shunday usul bilan ishlov berilgan joyning 
markaziy qismiga 1-foizli adrenalin eritmasidan 1 ml teri tagiga yuboriladi. Buning 
o’rniga shuningdek pilokarpin yoki atsetilxolin yuborilishi ham mumkin.
Agar o’lim sodir bo’lgan vaqtdan 30 soatdan kam vaqt o’tgan taqdirda 
bunda 1-1,5 soat vaqt o’tgach teri bezlari sekretsiyasi boshlanadi. Bu in’ektsiya 
qilingan joy atrofida dog’ paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Tirik, o’layotgan va o’lgan to’qimalarni ayrim bo’yoqli moddalarni har xil 
darajada qabul qilish qobiliyati avvalgi vaqtlardan beri ma’lum. Bu fenomendan 
foydalanishda ko’pgina tadqiqotchilar taklif qilgan usullarning ahamiyati katta.
Murda qoni leykotsitlaridagi nekrotik o’zgarishlarga qarab o’limni vaqtini 
aniqlashda Shikata (1958) sinamasi katta qiziqish o’yg’atadi. Buning uchun 
murdani yuragidan shprits orqali olingan qon tripan zangori yoki kongo qizil 
eritmasi bilan aralashtriladi. Bunda faqat o’lgan leykotsitlargina bo’yaladi. Keyin 
oddiy sonoq kamerasida bo’yalgan leykotsitlar soni sanaladi. Agar o’limni 
davomliligi 10 soatdan oshiq bo’lmasa 20-foizgacha leykotsitlar bo’yaladi. 
O’lganiga 10 soatdan to 20 soatgacha vaqt o’tgan bo’lsa – 40 foizgacha; 20 
soatdan 30 soatgacha vaqt o’tgan bo’lsa 60-foizgacha bo’yalgan leykotsitlar 
topiladi. Agar o’lgandan keyingi davr 30 soatdan oshgan taqdirda sinama 
ishonchsiz sanaladi.
Murdada bir necha soat ichida spermatozoidlar o’zining tiriklik xususiyatini 
saqlaydi. Odam o’lganidan keyin birinchi 10 soat davomida to’la harakatchan 
spermatozoidlar kuzatilsa, ularning kuchsiz harakati 24 soatgacha va ba’zan ancha 
kechroq muddatda ham kuzatilishi mumkin.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish