Tibbiyot instituti talabalari uchun


Murdani ko’zdan kechirishning ketma-ketligi



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

15.5.2. Murdani ko’zdan kechirishning ketma-ketligi
Voqea sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish statik va dinamik davrlarga 
449


bo’linadi.
Statik davrida kuzatuv katnashchilari voqea sodir bo’lgan joyni va unda 
bo’lgan predmetlarni ko’zdan kechirib, hech narsaga teginmasdan hamda o’z 
joyidan qimirlatmasdan qanday bo’lsa shundayligicha suratga olinadi. Agar murda 
bo’lsa, ko’zdan kechirish undan boshlanadi. Biroq tergovchi har bir aniq holda 
voqea sodir bo’lish xususiyatiga qarab odatda ko’zdan kechirishni birin ketinligi 
haqidagi masalani belgilaydi. Suratga oladi (105, 106, 107-rasmlar) va voqea sodir 
bo’lgan joyni sxematik rejasini tuzadi. Agar voqea sodir bo’lgan joyda murda 
emas, balki tirik odam borligiga biroz shubha tug’ilganda ham vrach davrni buzib, 
uni tiriltirish choralarini ko’rishi zarur.
105-rasm. Ayiq bilan kurashishda ovchining o’limi. Yirtilgan 
son arteriyasidan qon ketish tufayli o’lim. Voqea 
sodir bo’lgan joydagi murdaning holati
106-rasm. Voqea sodir bo’lgan joydagi murdaning umumiy ko’rinishi. 
Yuragida sanchib-kesilgan yaradan o’lim. 
450


107-rasm. Zo’rlash (nafsiga tegish) va o’ldirish. Voqea sodir 
bo’lgan joydagi murdaning xarakterli pozasi.
O’limni tasdiqlash
voqea sodir bo’lgan joydagi vrachning muhim 
burchidir. Ko’pchilik hollarda o’lim sodir bo’lgan vaqtdan 1 soat va ko’proq vaqt 
o’tgan bo’lsa, bu o’limning haqiqiy belgilari, jumladan murda dog’lari, murdaning 
qotishi va boshqa belgilariga qarab o’limning sodir bo’lganligi tasdiqlanadi.
Agar o’limga taxmin qilinsa, bunda zudlik bilan reanimatsiya muolajalari, 
jumladan, yuragini tashqaridan uqalash, sun’iy nafas oldirish («og’ziga og’zini» 
yoki «burniga og’zini» qo’yib puflash), dori-darmonlarni yuborish va ular yordam 
bermaganda jabrlanuvchini kasalxonaga jo’natish tavsiya etiladi. Agar murda 
dog’lari paydo bo’lsa, reanimatsiya muolajalari to’xtatiladi.
Ikkinchi, dinamik davrida voqea sodir bo’lgan joydagi predmetlar ushlab 
ko’riladi, harakatlantirilishi va hamma tomondan to’lig’icha ko’zdan kechirilishi 
mumkin. Murda aylantirilib, cho’ntaklari ko’zdan kechiriladi, kiyimlari tugmalari 
echiladi. Murda o’zgarishlariga va tanasidagi jarohatlanishlarga ahamiyat beriladi. 
Tanasini kesishlar, yaralarni zond bilan tekshirish, jarohatlangan joydagi qonni 
yuvish, joydan predmetlarni olish taqiqlanadi. Bunda murda faqat ko’zdan 
kechiriladi.
Voqea sodir bo’lgan joyda odatda murda to’liq echintirilmaydi, chunki 
ko’zdan kechirishda qandaydir ashyoviy dalillar o’z xususiyatini o’zgartirishi 
mumkin. Masalan, murdani kiyimlaridagi o’q, sochma va pijlar tushib ketish 
hollari uchraydi. Kiyimida uncha mustahkam turmagan protektorning changli izi, 
jinoyatchida kiyim tolalari va boshqa qoplamalar bo’lishi va bularni keyingi 
tekshirish uchun buzilmagan holda saqlash muhim ahamiyatga egadir.
Bunday hollarda, ayniqsa, zo’rlab keyin o’ldirilgan o’ldiruvchi bilan 
451


jabrlanuvchini yaqin aloqada bo’lganida uning kiyimini tolalari murdaning 
kiyimlarida bo’lishligiga shubha tug’ilganda voqea sodir bo’lgan joyda bu 
kiyimlarni olishni tergovchiga maslahat beriladi va olingan kiyimlarni ekspertiza 
o’tkazish uchun laboratoriyaga jo’natiladi.
Murdada topilgan o’zgarishlar va jarohatlanishlar suratga olinadi. Bunda 
suratni 3 variantdan kam bo’lmagan holda olish tavsiya etiladi: murdaning 
atrofdagi predmetlarga nisbatan taxminiy holati; suratda murdani o’zi, katta rejada 
holati va pozasini ko’rsatuvchi obzorli ko’rinish; murdada jarohatlanishlar va 
izlarni aniq tasvirlash.
Voqea sodir bo’lgan joyda murdani ko’zdan kechirish va yozishni qo’yidagi 
tartibda amalga oshirishni taklif qilinadi: murdaning holati va pozasi; murdaga 
to’g’ridan to’g’ri tegib turuvchi qiyim va predmetlar; murda haqida umumiy 
ma’lumotlar; murda 
o’zgarishlarining ko’rinishi; tanasidagi alohida 
jarohatlanishlar va ularning xususiyatlari o’rganiladi.
1. Atrofdagi predmetlarga nisbatan murdaning holati ko’rsatiladi. Masalan, 
murda xonada erda boshi bilan divanga, oyog’i bilan eshikka qarab yotgandligi 
qayt qilinadi.
2. Murdaning pozasi deganda uning boshi, gavdasi va oyoq-qo’llarining bir 
biriga nisbatan joylashuvi tushuniladi. Masalan, murdani orqasida yotganligi, 
boshini chap elkasiga qaraganligi, qo’llarini tanasining uzunligiga qarab 
cho’zilganligi, barmoqlari mushtiga siqilganligi, oyoqlari biroz yozilib tizza 
bo’g’imida bo’kilganligi ko’rsatiladi.
3. Keyin kiyimlari va ularning holati yoziladi. Ularni murdaning holatiga 
to’g’ri kelishi, to’g’ri kiyilganligi, tugmalari echilganligi yoki o’tkazilganligi 
sanaladi. Bundan tashqari, jarohatlanish va uning aniq joylashgan joyi, 
cho’ntaklaridagi narsalar, qon, qusiq va boshqa ajralmalarning izlari ko’rsatiladi. 
Noma’lum shaxslarning kiyimlari ancha to’liq yoziladi.
4. Murda haqidagi umumiy ma’lumotlardan jinsi, ko’rinishdan yoshi, bo’yi, 
tana tuzilishi, to’laligi va boshqa belgilari. Bu ma’lumotlar noma’lum shaxslar 
uchun to’liqroq keltiriladi.
452


5. Dastlabki murda o’zgarishlari borligi va darajasi: murdani sovishi 
(termometriyada graduslar asosida), murda dog’larining rangi va joylanish 
xususiyatlari, ularning rivojlanish darajasi, har xil guruh mushaklarda murdani 
qotishining rivojlanish darajasi ko’rsatiladi. Bunday o’zgarishlarni sodir bo’lish 
vaqtini belgilash zarur, chunki bu o’limni yuzaga kelishini aniqlashda 
yordamlashadi.
Agar murdani uzoq muddatda topish imkoniyati bo’lmasa, bunda kechki 
murda o’zgarishlari (chirish, mumlanish va boshqalar) ning rivojlanish darajasi 
ko’rsatiladi. Agar murdada hashoratlar, ularning lichinkalari va qo’g’irchoqchalari 
bo’lsa, probirkalarga yig’ishtirib olinadi va tergovchi tomonidan entomologik 
tekshirish uchun jo’natiladi.
6. Murdada topilgan jarohatlanishlar, ularning xarakteri, joylashuvi, shakli 
va o’lchamlari yoziladi. Jarohatlarni yozish odatda murdani yuqoridan pastga 
qarab ko’zdan kechirish asosida amalga oshiriladi. Bir vaqtining o’zida murda 
tanasining alohida qismlari ko’rsatiladi. Soch bilan qoplangan boshi sinchiklab 
tekshiriladi, chunki sochlar orasida jarohatlar yashirilgan bo’lishi mumkin. 
Jarohatlanishni kuzatishda kiyimi odatda tugmalari echilib yuqoriga ko’tariladi va 
pastga tushiriladi. Zo’rlashga shubha tug’ilganda jinsiy organlar ko’zdan 
kechirilgandan keyin qin, orqa chiqaruv teshigi va og’zidan tampon orqali u erdagi 
narsalardan sperma borligini aniqlash uchun predmet shishasiga surtki olinadi.
Murdani yotgan joyi ko’zdan kechiriladi va yoziladi.
Keyinchalik vrach tergovchiga biologiyaga oid ashyoviy dalillarni (qonga 
shubhalanuvchi dog’, sperma, soch, qusuq massalari) izlash, topish, yozish, 
qotirish, va olishda ko’maklashadi, shuningdek tergovchiga har xil dorivor 
moddalarni tayinlanganligini aniqlashda, agar kerak bo’lsa ulardan ayrimlarini 
ashyoviy dalil sifatida olishda yordam beradi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish