Tibbiyot instituti talabalari uchun


Medikamentoz zaharlanishning sud tibbiyoti ekspertizasi



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

13.8. Medikamentoz zaharlanishning sud tibbiyoti ekspertizasi
Medikamentoz vositalar hatto davolash maqsadida ruxsat berilganlari ham 
ma’lum sharoitda zaharlanishning sababchisi bo’lishi, organizmning sog’lig’ini 
buzilishi va ba’zan o’limga olib kelishi mumkin. Bunday sharoitlarga bir biriga 
to’g’ri kelmaydigan dorilarning bir vaqtda qo’llanilganda organizm reaktsiyasi; bir 
martalik yoki jami dozasining oshirilishi; shuningdek u yoki bu dorini yuborish 
qoidalarini buzilishi; medikamentoz vositalarining ikkilamchi ta’sirining ko’rinishi 
sifatida dori allergiyasining xususiyatlari; turmushda dorilarni ehtiyotsizlik, 
e’tiborsizlik yoki ko’ra bila turib ishlatish natijasida kelib chiqadigan 
zaharlanishlar kiradi.
Davolash amaliyotida dorivor moddalarni farmatsevtik, farmakologik va 
farmakoterapevtik bir-biriga to’g’ri kelmasliklari tufayli ham zaharlanish sodir 
bo’lish hollari kuzatilgan. Vrach tomonidan berilgan dorilarning tarkibida ba’zan 
bir-biriga to’g’ri kelmaydigan moddalar bo’lishi va bular fizik yoki kimyoviy 
reaktsiyalarga kirishishi natijasida dorivor moddalar ishlatish uchun yaroqsiz 
bo’lib qolishi va odamni sog’lig’iga ziyon etkazilishi mumkin. Shunday hollar 
bo’ladiki, dorilarni yozilishi to’g’ri, ammo bir vaqtning o’zida bir necha dorini 
birgalikda qo’shib iste’mol qilinganida farmakologik bir biriga to’g’ri kelmasligi 
tufayli organizmning zaharlanishiga sababchi bo’lish ehtimoli yuzaga keladi.
Dorivor moddalar retseptini yozilishida instruktsiyada ko’rsatilgan 
dozalariga rioya qilish muhim ahamiyatga egaligini doimo esdan chiqarmaslik 
zarur. Biroq ayrim hollarda ishlatishga zid dorivor moddalar va ularning 
kumulyativ xossalarini yaxshi baholay olmaslik, kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli 
moddalarni klinik asossiz tayinlanishi, dorini bir martalik yoki sutkalik dozasini 
oshirilishi va ba’zan ularni qo’llanishda o’ziga haddan tashqari ishonish hollari 
331


kuzatiladi. Dorilarni ta’siridan kerakli terapevtik effekt olishda maxsus ko’rsatma 
tartibini buzilishi (yuborish yo’li va tempi, dozasini bo’lib yuborish) kasallik 
o’tishini og’irlashtirish sababchisi bo’lishi va ayrim hollarda o’limga olib kelishi 
mumkin. Dorivor moddalarni uzoq qabul qilinishi tufayli sodir bo’ladigan 
asoratlari (masalan, kortikosteroidlar qabul qilishi tufayli yaradan qon ketishi, 
antikoagulyantlar bilan davolaganda gematomaning rivojlanishi) yoki dori 
allergiyasining sodir bo’lishi ko’pincha sud tibbiyoti ekspertizasining ob’ektlari 
hisoblanadi.
Bir yoki bir necha dorivor moddalarning ta’sirida bu dorilarga nisbatan 
organizmning o’tkir allergik reaktsiyasi kuzatiladi. Shuni aytish lozimki, dori 
moddasi qabul qilingandan so’ng organizmning sezuvchanligi ko’zga 
tashlanmagan holda qator kutilmagan funktsional o’zgarishlar va hatto o’lim sodir 
bo’lishi ham mumkin. Ba’zan zaharsiz moddalar (masalan, penitsillin, 
streptomitsin, salitsilatlar va boshqalar) ham organizmning sezuvchanligini 
oshirishga sababchi bo’ladi.
Doriga nisbatan allergik holatni oshishida davolovchi vrach shu aniq 
bemorga aloqador anamnestik ma’lumotlarni sinchiklab taxlil qilishi va dorivor 
modda avval qabul qilinganda o’tkir o’zgarishlarning sababchi bo’lganligiga 
alohida e’tibor berishi zarur.
Sud tibbiyoti eksperti allergik holatni sodir bo’lishini isbotlashda tergov 
materiallari va tibbiyot hujjatlarini yaxshilab o’rganishi, jabrlanuvchini 
ambulatoriya va kasalxona sharoitida kuzatishi, u o’lgan taqdirda murdani sud-
kimyoviy, mikroskopik, bakteriologik va boshqa laboratoriya tekshiruvidan 
o’tkazilishi tavsiya etiladi. Dorivor moddalarga nisbatan organizmda o’tkir allergik 
reaktsiyaning sodir bo’lishi yoki boshqa sabablari to’g’risidagi xulosa faqat barcha 
yig’ilgan ma’lumotlar yig’indisiga nisbatan tuzilishi kerak.
Dori allergiyasi tufayli o’lim sodir bo’lganda voqea sodir bo’lgan joyni 
kuzatishda yuborilgan suyuqliklar va dorilarning qoldiqlari, ular o’ralgan 
materiallar dori berilganda texnik xatoliklarga yo’l qo’yilganligini farqlash 
maqsadida, albatta, tekshirish uchun olinadi. Allergik reaktsiyalarning sababini 
332


aniqlashda tergov jarayonida yig’ilgan ma’lumotlar, jabrlanuvchining kasbi, 
atrofidagi kishilarning ish sharoiti, ishning holati, qaysi vaqtda o’tkir patologik 
holat sodir bo’lganligi, tibbiy yordam ko’rsatish usullari, uning xarakteri va 
dorilarning yuborish yo’llari haqidagi ma’lumotlar ekspertizada muhim 
ahamiyatga egadir. Tibbiyot hujjatlarida (asl nusxasi) dori allergiyasini aniqlashda 
ambulatoriya kartasi, kasallik tarixida ko’rsatilgan anamnestik ma’lumotlar, 
shuningdek, dori bilan davolashda organizm o’tkir reaktsiyasini xarakterlovchi 
belgilarni o’rganish muhim diagnostik o’rin egallaydi.
Dorivor moddalarning o’tkir allergik reaktsiyalari anafilaktik shok, 
angionevrotik shish, bronxial astma va o’tkir gemolitik anemiya shaklida ko’zga 
tashlanadi. Bunday holatlar alohida holda yoki bir-biri bilan qo’shilgan holda 
namoyon bo’lishi mumkin. Dori allergiyasining yuqorida ko’rsatilgan o’tkir turlari 
klinik belgilari,morfologik ko’rinishi va laboratoriya tekshiruv usullarini birgalikda 
taxlili ularni aniqlashga asoslanadi.
Dori allergiyasidan o’lim sodir bo’lmagan hollarda allergiyaning oqibatida 
sog’lig’ini buzilishi ekspertizasida sud tibbiyoti ekspertiga tan jarohatlarining 
og’irlik darajasini aniqlashga to’g’ri keladi. Agar allergik holatdan o’lim sodir 
bo’lgan bo’lsa, bunda ekspert tomonidan sababiy bog’lanish klinik va murdani 
sud-kimyoviy, mikroskopik, bakteriologik va boshqa asoslarga qarab aniqlaniladi.
Dorivor moddalar bilan turmushda zaharlanish alohida ahamiyatga egadir. 
Ko’pincha bunday zaharlanishlarning sababi tashqariga qo’llaniladigan dorilarni 
ichish, dorilarning dozasini oshirilishi, odamda bo’lgan kasalliklar uchun zid 
dorilarni ishlatish, yaroqsiz holga kelgan dorilarni iste’mol qilish, extiyotsizlik 
yoki yanglishib dorilarni qabul qilish, bir vaqtning o’zida dori va spirtli ichimlikni 
qabul qilishlar hisoblanadi. Yuqorida ko’rsatilgan bunday holatlar tergov ob’ektlari 
bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, turmushda dorivor moddalardan zaharlanish 
holatlari bilan birgalikda sud tibbiyoti eksperti ular to’g’risidagi ma’lumotlarni 
to’satdan o’lgan odamlarni murdasini tekshirishda esdan chiqarmasligi kerak.
Turmushda uchraydigan medikamentoz zaharlanishlarda ekspert buni 
qasddan sodir bo’lishi mumkinligini ham hisobga olishi zarur. Bu tergov va sud 
333


organlari tomonida yig’ilgan barcha materiallar to’plamiga qarab, jumladan voqea 
sodir bo’lgan joyni kuzatish, murdani sud tibbiyoti va sud-kimyoviy tekshiruvi 
natijalari, voqea sodir bo’lgan joydan va murdani kesib ko’rish tufayli olingan 
ob’ektlarni o’rganish orqali amalga oshiriladi. Bunda laboratoriya tekshiruvida 
topilgan miqdoriy ko’rsatkichlarning diagnostik ahamiyatini alohida ta’kidlash 
zarur.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish