Tibbiyot instituti talabalari uchun


-rasm. Bitta strangulyatsion egatchaning joylashuvi



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

67-rasm. Bitta strangulyatsion egatchaning joylashuvi
Agar sirtmoq pastroqda joylashgan bo’lsa osilish jarayonida taranglashib 
yuqoriga qarab siljib ketishi tufayli ikkita egatcha hosil bo’lishi mumkin. Ular 
211


orasida teri hoshiyalangan bo’lib, teri epidermisining so’rg’ichsimon qavati mayda 
bo’lakchalari yuqoriga qarab siljishi kuzatiladi. Bunda pastki egatcha, odatda, 
yuqorisiga qaraganda kuchsizroq bo’ladi.
To’liq osilishda tipik holatda bo’lsa sirtmoq egatchasi bo’yinning yonbosh 
yuzasida oldindan orqaga qarab qiyshiq ko’tariluvchan bo’lib, sirtmoqning turiga 
qarab yoki orqaga burchak ostida birlashadi, yoki terida oxirlarining orasida 
o’zgarmagan joy qoladi.
Sirtmoqning o’ralishiga qarab strangulyatsion egatcha bir, ikki, uch va 
ko’plab bir biriga parallel holda yoki ularning alohida yo’llari yo’nalishi bir biri 
bilan kesilishi mumkin. Sirtmoq tolalari orasida terining siqilishidan oraliq valik 
hosil bo’ladi. Bu o’z navbatida egatchaning tiriklik belgilarini isbotlovchi 
ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Egatchaning kengligi asosan sirtmoqning qalinligiga bog’liq bo’ladi. Agar 
sirtmoq qattiq ingichka materialdan tayyorlangan bo’lsa, unda torgina egatcha 
paydo bo’ladi. Yumshoq sirtmoq esa kengroq, ba’zan kuchsiz yoki umuman 
ko’zga ko’rinmas egatcha hosil qiladi. Bu ayniqsa o’lim sodir bo’lgandan keyin 
birdaniga kesib ko’rilganda ko’zga ko’rinmasligi mumkin.
Egatchaning chuqurligi asosan sirtmoqni bo’yinni siqish kuchi va qalinligiga 
bog’liq. Agar sirtmoq qanchalik ingichka va qattiq bo’lsa, egatcha shuncha chuqur 
joylashadi. Osilishda egatchaning o’ziga xos xususiyatlari bo’yinning har xil 
qismida chuqurlikning har xil bo’lishidir. Odatda sirtmoq kuchliroq bosilgan joyda 
chuqur va aniq ko’zga tashlanuvchan bo’ladi. Yumshoq kengroq sirtmoq terida 
kuchsiz ko’zga tashlanuvchi rangsiz-ko’kimtir iz qoldiradi. Bu o’z navbatida 
bunday egatchalarni aniqlashda qiyinchilik to’g’diradi.
Terida paydo bo’lgan tabiiy kuchsiz burmalar murda dog’lari fonida yoki 
kiyimining bo’yin qismini bosilishidan strangulyatsion egatchaga o’xshash yo’l 
paydo bo’ladi. Ularni bo’yinni sirtmoq bilan siqilishning haqiqiy izi bilan 
almashtirish mumkin emas. Ayrim hollarda torgina strangulyatsion egatcha 
terining tabiiy burmachasi chuqurligida yashirinib qolishi ham mumkin.
Egatchaning tubi yumshoq yoki qattiq bo’lishi kuzatiladi. Kuchli siqilganda, 
212


odatda egatcha bir sutkaning oxirida ushlab ko’rilganda qattiq bo’lib, sarg’ish-
kulrang, qo’ng’ir yoki xira-qo’ng’ir tusga kiradi. Qattiq xalqa ancha qattiq egatcha 
hosil qiladi. Egatchaning aniq ko’rinishi sirtmoqda kancha vaqt bo’lishiga ham 
bog’liq.
Ba’zan egatcha tubining relefi xarakteriga qarab xalqaning materiali 
xarakterini aniqlash ham mumkin. Agar halqa arqondan qilingan va o’ramlari aniq 
ko’rinadigan bo’lsa, egatcha qator parallel qiyshiq joylaigan kam o’zgargan joylari 
bilan ajralgan siqilish joylaridan iboratligi ko’zga tashlanadi.
Sirtmoqdan olingan murdani tekshirishda asosiy masalalardan biri 
strangulyatsion egatchaning tiriklik yoki o’lgandan keyingi paytda paydo 
bo’lganligini bilishlikdir. Egatchaning borligi har doim ham o’lim osilish tufayli 
sodir bo’lganligini ko’rsatavermaydi. Ba’zan o’ldirib osilganda ham bo’ynida tipik 
strangulyatsion egatcha hosil bo’lishi mumkin.
Strangulyatsion egatchaning tiriklik belgilariga quyidagilar kiradi:
1. Oraliq valikni teri qavati yuzasida qon quyilish kuzatiladi. Buni aniqlash 
uchun bo’yin terisining shu joyidan teri bo’lakchasini kesib olib ikkala 
predmet shishasi orasiga qo’yib tabiiy yorug’likda qaraladi. Agar shu 
joyda qon quyilish ko’zga tashlansa bu tiriklik belgisi hisoblanadi. Bunga 
Bokarius sinamasi deyiladi.
2. Teri tagi yog’ kletchatkasi va bo’yin muskullariga qon quyilish ko’zga 
tashlanadi. Ko’pincha to’sh-umrov-so’rg’ichsimon muskulining 
birikuvchi joyi yirtilishi va qon quyilishi kuzatiladi.
3. Hiqildoq tog’ayi yoki til osti suyagi shoxchalarining sinishi va uning 
atrofiga qon quyilishi. Bunday sinishlar ko’pincha keksaygan va qari 
odamlarda bu tog’aylarning elastikligi kamayganligi tufayli sodir bo’ladi.
4. Strangulyatsion egatchaning yuqorisidagi yog’ kletchatkasi va limfa 
tuguni kapsulasiga qon quyilishi, ammo egatchaning pastki qismida qon 
quyilish ko’zga tashlanmaydi.
5. Uyqu arteriyasining tarmoqlanuvchi (bifurkatsiya) joyidagi intimasining 
yirtilishi va uning atrofiga qon quyilishi.
213


6. Sirtmoq bilan buyinni bir qismini ko’pincha kuchli siqilishidan 
anizokoriya kuzatilishi.
7. Talvasalish paytida 
tilini
uchini tishlab olishi va unga qon quyilishi.
8. Ko’krak muskuli va elka kamari muskullarining yirtilishi hamda ularga 
qon quyilishi. Bu asosan osilish jarayonida muskullarning 
talvasalanishdan qisqarishi tufayli sodir bo’ladi.
9. To’liq osilishda talvasalanish paytida bo’yin umurtqalararo diskning 
oldingi yonbosh qismiga qon quyilish.
Tiriklikka xos strangulyatsion egatchani gistologik tekshirilganda 
egatchaning chetlarida teri tagi yog’ kletchatkalari chegarasida to’laqonli 
kapillyarlar va mayda qon quyilishlar, staz, leykotsitlarning egatcha chetlarida 
joylashuvi va infiltratsiyasi, chetki va oraliq valik zonasida terining shishishi, 
arterial tromblar, egatcha joyida terining tinktorial xossalarini o’zgarishi 
(bazofiliya, metaxromaziya), muskullar targ’illigining o’zgarishi, donali emirilish, 
tolalarning egri bugriligining yo’qolishi kuzga tashlanadi. Strangulyatsion 
egatchaning aniq ishonchli ko’rsatkichi teridagi nerv elementlari va nerv stvolining 
reaktiv o’zgarishlari hisoblanadi (Maskalenko L.M., 1965).
Keyingi paytda strangulyatsion egatchani tekshirishda tiriklikka xos 
o’zgarishlarni aniqlash uchun har xil fermenlarning aktivligi, gistaminning 
umumiy va erkin miqdoridagi o’zgarishlarni aniqlash singari qator gistokimyoviy 
usullar ham taklif etilgan.
Sirtmoqdan olingan murdada, shuningdek uning kiyimlarida qandaydir 
jarohatlanishlar izining topilishi jabrlanuvchini o’zini himoya qiluvchi yoki 
kurashuvi natijasi ekanligini ham hisobga olinishi zarur. Shilinishlar, qontalashlar, 
ba’zan lat egan yaralar talvasalanish paytida tana qismlarini atrofdagi qattiq 
predmetlarga urilishi tufayli sodir bo’lishi mumkinligini ham unutmaslik kerak.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish