252-a guruh Rajabov Xujaboy



Download 0,51 Mb.
Sana18.09.2022
Hajmi0,51 Mb.
#849283
Bog'liq
252-A guruh-WPS Offie

252-A guruh

Rajabov Xujaboy


Teri — odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirdan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va boshqalarda qatnashadi. Katta yoshdagi odamda T. satqi 1,5 — 2 m2, qalinligi gavdaning turli joyida turlicha boʻlib, 0,5 mm dan 2 mm gacha. Kaft va tovonda 4;mm ga yetadi. T. butun badanni qoplab, ogʻiz, burun, siydik chiqarish kanali, anus sohasida shilliq qavatga aylanadi. T. oʻziga xos rang va tusga ega, u donador va muguz kavatlarning qalinligiga, tomirlarning yuza joylashishiga, shu bilan birga melanin pigmentining koʻpozligiga qarab belgilanadi. T. ning rangi tashqi va ichki omillar taʼsirida oʻzgarib turishi mumkin. T. yuzasi, odatda, notekiye, unda sonsanoqsiz egatcha, burma va chuqurchalar boʻlib, ular birbiri bilan kesishgan joylarda uchburchaklar, rombiklar shaklini hosil qiladi.
Teri — odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirdan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va boshqalarda qatnashadi. Katta yoshdagi odamda T. satqi 1,5 — 2 m2, qalinligi gavdaning turli joyida turlicha boʻlib, 0,5 mm dan 2 mm gacha. Kaft va tovonda 4;mm ga yetadi. T. butun badanni qoplab, ogʻiz, burun, siydik chiqarish kanali, anus sohasida shilliq qavatga aylanadi. T. oʻziga xos rang va tusga ega, u donador va muguz kavatlarning qalinligiga, tomirlarning yuza joylashishiga, shu bilan birga melanin pigmentining koʻpozligiga qarab belgilanadi. T. ning rangi tashqi va ichki omillar taʼsirida oʻzgarib turishi mumkin. T. yuzasi, odatda, notekiye, unda sonsanoqsiz egatcha, burma va chuqurchalar boʻlib, ular birbiri bilan kesishgan joylarda uchburchaklar, rombiklar shaklini hosil qiladi.
Umurtqasizlarda T. epiteliysi bir qavat hujayrali, umurtqalilarda koʻp qavat hujayrali. Quruqlikda yashovchi umurtqalilar tashqi qavat hujayralarining butunlay shox qatlamiga aylanishidan epidermisning uzluksiz yangilanib turadigan shox qavati vujudga keladi. Yuqori umurtqalilar T.sining shox qatlami va boʻgʻimoyoqlilarning xitinli zirhi quruqlikda yashash uchun atmosferaning turli temperaturasi va taʼsiriga chidamli boʻlishida muhim rol oʻynaydi. Baʼzi sut emizuvchilar hamda qushlarning tuk va patlari tana haroratini saklab turadi va ularga qattiq sovuqsa ham yashashga imkon beradi. Biriktiruvchi toʻqima qavati yoki derma T.ning kollagen va elastik tolalarini shakllantiradi. Bu tolalar T.ning chidamli va elastik boʻlishiga (mas., umurtqalilar, bosh oyokli mollyuskalarda), yordam beradi.
Odam T.si 3 qavatdan — epidermis (epitelial qavat), oʻrta qavat — xususiy teri qavati (derma) va teri osti yogʻ qavati (kletchatka)dan tarkib topgan (rayem). Epidermisning uzi bazal qavat, tikansimon qavat, donador qavat, yaltiroq va muguz (shox) qavatdan iborat. T.ning ustki muguz qavati juda chuqur joylashgan hujayralardan shakllanadi; unda koʻp nerv tolalari bor. Bu qavat issiqsovuq va tashqi muhitning barcha taʼsirotlariga ancha chidamli, u shikastlanmagan boʻlsa, kasallik qoʻzgʻatuvchisini oʻtkazmaydi. Uning ust qismi bilinarbilinmas qipiqlanib, koʻchib turadi, pust tashlaydi (fiziologik pust tashlash). Xususiy teri qavati, asosan, pishiq biriktiruvchi toʻqima va asosiy moddalardan tashkil topgan boʻlib, unda qon va limfa tomirlari, nerv tolalari, yogʻ va ter bezlari, shuningdek, soch va tirnoq ildizlari joylashgan.
Yogʻ bezlari yuzda, bosh, koʻkrak va yelkada koʻp boʻladi; ular oʻzidan tarkibida yogʻ kislota, oqsil, xolesterin va gormonal yogʻsimon moddalar ajratib chiqaradi, bu T. ustini moylab turadi, elastikligini oshiradi, uni terlab shilinishdan saqlaydi. Yogʻ bilan ter qoʻshilib, T.ustida kislotali muhit hosil qiladi va T.da yiringli kasalliklarni vujudga keltiradigan mikroblarni oʻldiradi. Yogʻ bezlarining ishi maʼlum darajada endokrin sistema faoliyatiga ham bogʻliq. T. notoʻgʻri parvarish qilinsa, u yupqalashib, quruqshab qoladi, mayda ajin tushadi, shoʻralaydi, qizil dogʻlar paydo boʻladi. T.dagi qon va limfa tomirlari bir-biri bilan chalkashib toʻr hosil qilib, terining normal oziqlanishini taʼminlaydi. T.da nerv chigali va nerv tomirlari koʻp. Shular yordamida kishi ogʻriqni, issiqsovuqni, turli kimyoviy taʼsirotlarni, shuningdek, bosimni sezadi.
Epidermis - hayvonlarda teri epiteliysining ektodermadan hosil boʻladigan sirtqi qavati. Umurtqasizlarda bir qavat E., yaʼni gipoderma chigʻanoq yoki kutikulani hosil qiladi. Umurtqalilarda E. bazal membrana ustida joylashgan bir necha qavat epiteliydan iborat. Bazal hujayralar ustida 5—10 qavat pixli hujayralar joylashgan. E.ning quyi qavati bazal membrana hujayralari bilan birga oʻsadigan qavatni hosil qiladi. Boʻlinib koʻpayadigan oʻsuvchi hujayralar hisobiga E.ning doimo oʻlib turadigan sirtqi: donador yaltiroq va koʻp qavatli muguz qavat hujayralarga almashinib turadi. Bazal membrana yaqinida joylashgan E. qavati hujayralari silindrsimon yoki kubsimon boʻladi. Sirtqi qavatga yaqinlashgan sari hujayralar yassilashadi va qalinlashib uvalanadi. Odamda E. hujayralari 20 sutkada toʻliq almashinadi.
Teri uch qavatdan tashkil topgan: epidermis, derma, gipoderma.
Epidermis. Ushbu qatlamda qon tomirlari mavjud emas. Uning hujayralari derma qatlamidagi qon tomirlaridan diffuziya yo’li bilan ozuqa moddalarini qabul qiladi. Havoni esa to’g’rida- to’g’ri tashqi muhitdan oladi. Epidermisni Merkel hujayralari, keratinositlar, melanotsitlar va Langergans hujayralari (Langergans orolchasi bilan adashtirmang) hosil qiladi. Epidermis o’z navbatida 5 qavatdan tashkil topgan. Insondagi oqsil kodlovchi genlarning 70 foizi aynan epidermisda ekspressiya qilinadi.
Derma. Epidermis ostida joylashgan ushbu qavat biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan bo’lib, tanaga tushadigan stress va bosimning kuchini kamaytiradi. U epidermis bilan bazal membrana orqali birikkan bo’lib, unda paypaslash va issiqlikni sezuvchi nerv uchlari joylashgan. Dermada soch follikulalari, ter va yog’ bezlari, apokrin bezlar, limfa va qon tomirlari joylashgan.
Gipoderma. Ushbu qavat derma ostida joylashgan bo’lib, biriktiruvchi to’qima va yog’ to’plamidan tashkil topgan. Uning asosiy vazifasi oziq modda jamg’arish va terining termoregulyatsiya xususiyatini taminlashdan iborat.
Terining quyidagi funksiyalari farqlanadi:
1) nafas olish – teri hujayralari tashqi muhit bilan kislorod va karbonat angidrid almashinuvida ishtirok etadi.
2) himoya – teri organizmni tashqi tomondan bo’ladigan turli xil kimyoviy va mexanik ta’sirlardan, ultrabinafsha nurlardan, turli patogen mikroorganizmlar ta’siridan saqlaydi. Teridagi Langergans hujayralari bevosita adaptiv immun tizimining bir qismi hisoblanadi. Bundan tashqari teridan ajraladigan ter bezlari tarkibida lizotsim moddasi mavjud bo’lib, u bakteriya devorlarini parchalash xususiyatiga ega. 
3) termoregulyatsiya – terida juda ko’p miqdorda mayda qon tomirlari joylashgan bo’lib, nurlanish orqali ortiqcha energiyaning bir qismini issiqlik ko’rinishida tanadan tashqariga chiqarib yuboradi. Bundan tashqari issiqlik yana bir qismi terlash jarayonida ter bilan birgalikda chiqib ketadi. 
4) suv va tuz almashinuvi – terining ushbu xususiyati ter ajratish bilan bog’liq bo’lib, ter bilan birga ortiqcha tuz va suv organizmdan tashqariga chiqib ketib turadi.
5) ayirish – teridan ajraladigan ter tarkibida mochevina bo’lib, uning konsentratsiyasi siydiknikidan 130 barobar past. Bundan tashqari buyrak faoliyatining gipofunksiyasida moddalar almashinuvining mahsulotlari, parchalangan dori qoldiqlari teri orqali chiqarib yuboriladi.
6) qon deposi – organizmdagi qariyb 1 litr qon derma qavatida zahira holatda saqlanadi.
7) gumoral va metabolizm – teri suv va yog’ning to’planish markazi hisoblanadi. Shu bilan birga uning ayrim qismlari ultrabinafsha nurlar ta’sirida D vitaminini va ayrim gormonlarni sintezlaydi. 
8) retseptor – terida joylashgan ko’pgina nerv uchlari hisobiga retseptor funksiyasi ta’minlanadi.
9) immun – immun reaksiyalar rivojlanishida qatnashuvchi antigenlarning qabul qilinishi, ta’sir etish jarayoni va transport funksiyalari teri bilan bevosita bog’liq.
E'tiboringiz uchun rahmat
Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish