1.O'SIMLIKLARDA MODDALAR HARAKATI 306-guruh talabasi : Xoshimova Elnura Yashil barglar hujayrasida fotosintez jarayonida organik moddalar hosil bo'lishi bilan bir qatorda, nafas olish jarayoni ham boradi. Demak, o'simlikiarning boshqa organlari qatori barglari ham nafas oladi. Bunda ular ko'pchilik tirik organizmlar kabi havodan kislorod olib, karbonat angidrid gazini ajratib chiqaradi. - Yashil barglar hujayrasida fotosintez jarayonida organik moddalar hosil bo'lishi bilan bir qatorda, nafas olish jarayoni ham boradi. Demak, o'simlikiarning boshqa organlari qatori barglari ham nafas oladi. Bunda ular ko'pchilik tirik organizmlar kabi havodan kislorod olib, karbonat angidrid gazini ajratib chiqaradi.
O'simliklar yashash uchun tashqi muhitdan zarur moddalarni va energiyani o'zlashtiradilar. Bu moddalar o'simlik hujayralarida o'zgarishlarga uchraydi va o'simlik tanasi qurilishida ishtirok etuvchi moddalarga aylanadi. O'simlik organizmini qurishga sarflanadigan moddalarni hosil qilish uchun energiya zarur. Energiya yana o'simlik hujayralarining o'sishi, bo'linishi uchun ham sarflanadi. Yashil o'simliklar avtotrof organizmlar sifatida yorug'lik energiyasini yutib, uni organik moddalarni hosil qilishga sarflaydi. Fotosintez jarayonida karbonat angidrid va suv ishtirokida yorug'lik energiyasi hisobiga shakar hosil bo'ladi. - O'simliklar yashash uchun tashqi muhitdan zarur moddalarni va energiyani o'zlashtiradilar. Bu moddalar o'simlik hujayralarida o'zgarishlarga uchraydi va o'simlik tanasi qurilishida ishtirok etuvchi moddalarga aylanadi. O'simlik organizmini qurishga sarflanadigan moddalarni hosil qilish uchun energiya zarur. Energiya yana o'simlik hujayralarining o'sishi, bo'linishi uchun ham sarflanadi. Yashil o'simliklar avtotrof organizmlar sifatida yorug'lik energiyasini yutib, uni organik moddalarni hosil qilishga sarflaydi. Fotosintez jarayonida karbonat angidrid va suv ishtirokida yorug'lik energiyasi hisobiga shakar hosil bo'ladi.
- U esa, o'z navbatida, o'simlik to'qimalarida kraxmal, kletchatkaga aylanadi yoki oqsillar, yog'lar, vitaminlar hosil bo'lishiga sarf bo'ladi. Bu moddalar esa o'simlik hujayralari va to'qimalarining qurilishi uchun zarur. O'simlikning nafas olish jarayonida esa organik moddalar anorganik moddalar - suv va karbonat angidridgacha parchalanadi. Natijada o'simlikning hayotiy faoliyati uchun zarur energiya ajraladi. Demak, fotosintez va nafas olish jarayonlari bir-biri bilan bog'liq jarayonlardir.
- O'simlik to'qimalarida kechadigan modda va energiya-ning bunday o'zgarishi moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar almashinuvi barcha tirik organizmlar kabi o'simliklarning ham muhim xususiyatlaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |