O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti Pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti Til nazariyasi va metodikasi kafedrasi Sobit Avezov, Tavakkal Choriyev



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/84
Sana20.03.2022
Hajmi0,91 Mb.
#504420
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   84
Bog'liq
til va nutq ostirish metodikasi

"Bu nima?", "Nomi nima?" 
degan 
savollarida yorqin ko’zga tashlanadi. 
Endi u sekin-astalik bilan imo-ishora orqali o’z istak hamda 
talablarini ifoda etadi. Katta yoshdagi kishilar talaffuz qilgan so’z va 
iboralarga taqlid qilib, ularni takrorlaydi, ashula, she'r, ertaklarni eshitib, 
undagi ayrim ohanglarni ko’ylashga, ayrim so’zlarni takrorlashga 
odatlanadi. Uning nutqi grammatik jihatdan ancha shakllanadi. U ba'zi 
bir olmoshlarni (
men, sen, biz, menga 
kabi) qo’llay boshlaydi, 
ravishlarni (
u erda, bu erda
), sifatlarni (
katta, kichkina, yaxshi, 
yomon, shirin
) o’z o’rnida ishlatishga harakat qiladi. Ular
ish-harakatlarni bildiruvchi fe’llarni ham to’g’ri qo’llay boshlaydilar. 
Nutqida bosh gap bilan ergash gapdan tuzilgan dastlabki qo’shma 
gaplar ham paydo bo’ladi. Bola tovushga taqlid qilishdan odatdagi 
so’zlarni ishlatishga o’tadi (soatni "chiq-chiq" deyish o’rniga soat deb, 
kuchukni "vov-vov" demasdan, kuchuk deb ishlatadi va hokazo). Bola 
o’ziga berilgan savollarga tushunib, javob qaytaradi, kattalarga ko’proq 
savollar beradigan bo’ladi. Kattalar bolani savollarga javob berishga 
o’rgatishlari zarur. Buning uchun bolaga savol berib, so’ngra o’zi shu 
savolga javob qaytarishi lozim. Masalan, "Alisher qayerga boradi? - 
Sayr qilgani boradi". Bola kattalarning javobini takrorlaydi. Keyinchalik 
esa bunday savollarga o’zi mustaqil javob bera oladigan bo’ladi. 
Bola hayotining ikkinchi yoshi uning nutqini rivojlantirishning 
muhim davri hisoblanadi. Shuning uchun pedagogik jarayonning butun 
tizimida nutqni rivojlantirishga aloida ahamiyat beriladi. Bola nutqini 
rivojlantirishga ta'sir etishda kundalik tartib daqiqalaridan, mustaqil 
o’yinlardan, 
maxsus 
mashg’ulotlardan, 
narsa-buyumlar 
bilan 


44 
qilinadigan harakatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotlardan 
foydalaniladi. Kattalar (hamshira-tarbiyachi) ikki yoshgacha bo’lgan 
bolalar nutqini rivojlantirishda ular bilan so’zlashishni turlicha tashkil 
etishi kerak. Bola bilan so’zlashganda turli xil usullardan foydalaniladi. 
Masalan: 1) buyumning nomi aytiladi (mana paypoqcha, mana shippak 
va hokazo); 2) nimanidir qaerdaligini ko’rsatishni so’raydi (ko’ylakning 
cho’ntagi qaerda? kuchukchaning quloqlari qani? mushukning dumi 
qani? va boshqalar); 3) buyumlarning sifatini tushuntiradi (katta ayiq, 
kichkina ayiq, shirin choy, issiq suv, sovutseuv); 4) "Bu kim?",-deb 
savol beradi, bolaga topshiriq Beradi (ko’rsat, olib kel, olib bor, top, 
sura va hokazo); 5) bolaga faol nutqni talab etuvchi topshiriqlar beriladi. 
Bunday topshiriqlarni bergandan so’ng, albatta uning bajarilishini 
nazorat qilib turish kerak. Buning uchun "Sen aytdingmi?", "Sen 
so’radingmi?" "Sen bajardingmi?" degan savollardan foydalanish lozim. 
Bizga ma'lumki, bolalarning mustaqil o’yinlari bilan nuqni 
rivojlantirish o’rtasida mustahkam bog’liqlik bor. Bolalar o’yinining 
takomillashishi bilan nutq ham takomillashadi. Mana shu jarayonda 
katta kishilar ishtirok etishlari va bolalar o’yinlariga rahbarlik qilishlari 
lozim. Bolalar o’yiniga rahbarlik qilganda savollar berish usulidan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu savolga bola so’z bilan javob 
beradi yoki harakatlarni bajarib ko’rsatadi. Bolalarning javoblariga 
qarab, kattalar kelgusi nutqiy muomala uchun yo’l tanlaydi. 
Maishiy 
faoliyat-nutq 
o’stirshda 
muhim 
vosita 
bo’lib, 
tarbiyachining rahbarligida tashkil etiladi. Bu vositaning ustuvorligi 
shunda: 
tabiiyligi, 
suhbatda 
o’zlarini 
yengil 
his 
etadilar,
mazmun-mantiqiylik real munosabatda bo’lish, so’zlashuv mavzusining 
hayotligi bilan ajralib turadi. Maishiy faolyati (ovqatlanish, kiyinish, 
hojatxona, gimnastika, sayr, uxlashga tayyorgarlik va hokazo) bolalarda 
so’zlashuv nutqini rivojlantiradi. 

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish