38
yig’lab yuborishi mumkin. Kattalar og’zidan chiqayotgan tovushga
quloq soladi, tovush talaffuzini va ba'zi bir so’zlarni farqlaydi,
kattalarning ovoz ohangiga ongli tarzda javob beradi,
uni nutqning
mazmuni bilan bog’lay oladi. Endi nutq bilishning elementar
funksiyasini bajara boshlaydi.
Masalan, ota yoki ona qo’g’irchoqni ko’rsatib, uni qanday raqsga
tushishini quvnoq, ohangda aytib ko’rsatadi. Yoki qo’g’irchoq stol
ustidan tushib ketganda, ular ovozga achinish ohangini berib, shu
vaziyatga mos so’zlarni aytadi. Bu bilan kattalar harakat va ovoz
ohangiga ma'no,
mazmun beradilar, ya'ni ular, qo’g’irchoq yiqilib
tushdi, uning oyog’i og’riyapti, u yig’layapti, unga mehribonlik qilish
kerak (uni silab qo’yish kerak) kabi gaplar bilan bolani ovutadilar.
Bola 7 oylik bo’lganda kattalarning unga bergan savoliga ( o’ying
qani?" "soat qani?") qarab yaqinida turgan kishiga yoki devorda, javon
ustida turgan buyumga bosh burib qaraydi va uni qidirib topadi.
8 - 9 oylik bo’lganda nomi aytilgan buyumni zo’r berib axtaradi va
u buyum qayerda turgan bo’lmasin, uni ko’zi bilan axtarib topadi. Bola
6
oylikdan
9
oylikkacha
takror-takror
aytilgan
so’zlarni
"chapakkaho-chapakka", "chimo-chimo", "sarak-sarak", "assalom"
"xayr-xayr", "qo’lingni ber" kabi harakatlarni farqlay boshlaydi va
ularni bajonidil bajaradi, tanish harakatlarni bildiradigan so’zlarni
("o’tir", "yot" kabi) tushunadi.
Tevarak-atrofdagi kishilar nutqini tushuna boshlagach, bolada faol
nutq kurtaklari paydo bo’ladi. Tevarak-atrofdagilar ta'siri
ostida bola
kattalar talaffuz qilayotgan tovushlarga taqlid qila boshlaydi, bu
tovushlarni qayta-qayta takrorlaydi, tovush reaksiyalariga diqqat bilan
quloq soladi. Shu tariqa bolada faol nutqqa erishishga sharoit yaratiladi.
5-6 oylikdan 9-10 oylikkacha bo’lgan bolalarda nutqni
rivojlantirishning asosiy vazifasi kattalar
nutqida uchraydigan tovush
birikmalarini tushunishga va unga taqlid qilishga o’rgatishdan iboratdir.
Nutqni tushunish, eng avvalo, kundalik tartib daqiqalarida
ovqatlantirishda, cho’miltirishda, uyquga yotqizishda rivojlantiriladi.
Bolani parvarish qilish jarayonida unda juda ko’p turli xildagi
harakatlar,
malaka va odatlar, xulq-odob qoidalari shakllanadi.
Bularning hammasida kattalarning so’zlar orqali ko’rsatmalari asosiy
rol o’ynaydi. Bolalar bilan qilinadigan nutqiy muomala orqali ularni
birgalikda qilinadigan faoliyatiga sekin-asta jalb qilib boriladi.
Birgalikda
faoliyat
ko’rsatish
bu
ob'ektni,
narsa-buyumlarni,
harakatlarni bajarish jarayonini ko’rib chiqish va bo’layotgan voqealarni
39
kuzatishdan iboratdir. Masalan, bolani kiyintirayotgan vaqtda
kichkintoyning gavda qismlari,
kiyimning nomini aytib, bolaning
diqqatini aytilayotgan ob'ektga yoki harakatga yo’naltirib, ular
tafakkurini faollashtirish lozim (Salimning oyoqlari qani? Mana uning
oyoqlari. Oyoqlariga hozir biz nima kiydiramiz? Paypoq. Salimning
paypogi qani? qara, mana ular. Ko’ylakchasi qani? Mana ko’ylarchasi.
hozir ko’ylarchasini kiydiramiz). Shuni nazarda tutmoq kerakki, bola
xali harakatlarni bildiruvchi so’zlarning ma'nosiga
tez tushunib
yetmaydi. Buning uchun tartibli ravishda nutqiy munosabatda bo’lib
turish lozim. Narsa-buyumlarning, harakatlarning nomlarini bildiruvchi
so’zlarni takror aytish lozim. Shuningdek, bolani narsa-buyumlarning
nomlarini yaxshi bilib, uni tushunib olishga o’rgatish maqsadida
intilayotgan narsa-buyum tomonga qarab harakat
qilishini talab qilish
kerak.
Mashg’ulotning borishi har xil bo’lishi mumkin. Ba'zi hollarda
kattalar (hamshira-tarbiyachi), eng avval bolaning eshituv a'zosiga ta'sir
etadi-shiqildoqni shiqillatadi, so’ngra savol beradi: "Salima, kuchukcha
(mushukcha) qani?" Keyin shiqildoqni shiqillatadi. Ba'zi hollarda bola
idrokini ko’chaytirish maqsadida narsa-buyumni (o’yinchoqni) bola
oldiga olib keladi. Bola uni qo’liga oladi, yaxshilab ko’radi. So’ngra
tarbiyachi bu o’yinchoq (narsa-buyum)ni yashiradi yoki avvalgi joyiga
olib borib qo’yadi va boladan: Salima, kuchukcha (mushukcha)
qani? - deb so’raydi. Bola aytilgan narsani zo’r berib qidiradi va uni
topgach, qo’li bilan uni ko’rsatadi yoki kattalar bola bilan birga qidiradi
va "Mana, kuchukcha (mushukcha)" deb aytadi.
Bu mashq bir necha
marta takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: