O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti Pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti Til nazariyasi va metodikasi kafedrasi Sobit Avezov, Tavakkal Choriyev


Bolalar nutqini rivojlantirishning asosiy omili mashg'ulotdir



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/84
Sana20.03.2022
Hajmi0,91 Mb.
#504420
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   84
Bog'liq
til va nutq ostirish metodikasi

Bolalar nutqini rivojlantirishning asosiy omili mashg'ulotdir. 
Mashg'ulotning samaradorligi va sifati qanchalik yuksak bo’lsa, u 
maqsadga shunchalik erishiladi. Shuning uchun ham mashg'ulot 
oldiga bir qancha talablar qo’yilgan. Ular quyidagilardan iborat: 
1. Mashg'ulotga o’z vaqtida tayyorlanish: ta'limning metod va 
usullarini aniqlash, bolalarning bilim darajasi va qobiliyatini hisobga 
olish. Dastur asosida aniq nutq mazmunini, metod va usullarini 
tanlash, mashg'ulot qurilishi va uning borishini belgilash. 
2. Mashg'ulotning samaradorligini belgilash. Bunda o’quv 
materiallarni mosligi: emotsionalligi, qiziqtirish xarakteri, mustaqil 
harakat va analiz-sintez xarakterini aniqlashdan iborat. 
3. Mashg'ulotning tarbiyaviy xarakteri. Mashg'ulotning bolalar 
hissiyotiga ta'siri, ularni ijobiy fazilatlar ruhida tarbiyalashga 
qaratilganligi nazarda tutiladi. 
4. Mashg'ulotning hissiy xarakteri. Har bir mashg'ulot har bir 
bolada hissiy tuyg'u, zavq, sho’xlik, quvonch, havas tuyg'ularni 
shakllantirishi lozim.
5. Mashg'ulotning aniq qurilganligi. Mashg'ulot jarayoni aniq 
bosqichlar asosida o’tkazilishi zarur. Chunonchi, mashg'ulotning kirish
qismi (kichik guruhlarda 1 daqiqadan, katta guruhlarda 5-7 
daqiqagacha) davom etishi mumkin. Aslida o’rta guruhlarda 15-17 
daqiqa, katta guruhlarda 20-25 daqiqa, tayyorlov guruhlarda esa 30-35 
daqiqada mashg'ulotlar o’tkaziladi. 
6. Mashg'ulot bosqichlarida har bir bolaning nutq faoligini 
o’stirishiga alohida e'tibor beriladi. Nutq faolligi bolaning turlicha 
harakatlari, o’yin usullari va boshqa shakllar orqali rivojlantiriladi. 
Bunda dialogik nutq usuliga katta ahamiyat beriladi.
7. Mashg'ulotning jamoa xarakteri ta'limidan yakka o’tish.
Ishning umumiy shakli jamoa faoliyat tarzida tashkil etiladi. Mashg'ulot 
jarayonida bolalar birgalikda faoliyati ko’rsatadilar, xor tarzida she'r 
yodlaydilar. Tarbiyachi ana shu umumiylikdan har bir bolaning yakka 
faoliyatiini ajrata olishi, farqli xususiyatlarini belgilashi, shu asosda 
ularning faoliyati doirasini kengaytirmog'i lozim. 
8. Mashg'ulotni to’g'ri tashkil etish. Mashg'ulotning qurilishi 
jihatidan samaradoriligiga erishishdan tashqari, uning maqsadi jihatidan 
muvaffaqiyatlari asosiy o’rin tutadi. Har bir mashg'ulotning bolalar 
hissiyotiga ta'siri, predmetlarni tanlash, o’yin tashkil eta olish kabi 
holatlar xususan, estetik talablar mashg'ulotning sifat va samaradorligini 
belgilaydi. 


30 
9. Mashg'ulot natijasi. Har bir mashg'ulot uning natijasi bilan 
belgilanadi. Tarbiyachi mashg'ulotning dastur asosida o’tganligi, bolalar 
nutqining lug'at jihatidan boy etganligi, grammatik nutq vositalarini 
amaliy o’rgata olganligi, tarbiyaviy nuqtai nazaridan samaradorlikka 
erishganligi bilan o’lchanadi.
10. O’tgan mashg'ulotni boshqa materiallar va faoliyati bilan 
kutilmaganda boyitish. Bu talabda o’tilgan mashg'ulot didaktik tamoyil 
asosida uning takroriyligi, nutq ichida muhimligi, mashg'ulot jarayonida 
qayta ishlash, bola qobiliyati va bilim darajasi uchun zarurati hisobga 
olinadi.
Yuqoridagi talablar mashg'ulot samaradorligini rivojlantirishning 
asosiy talab va vazifalari sanaladi. Bu talablar tarbiyachining asosiy 
pedagogik burch va vazifasi bo’lib, uni nutq o’stirish faoliyatidagi
maqsad va natijani belgilaydi. Bu esa hozirgi davr ta'lim texnologiyasi 
mazmuni, sifati va natijasi demakdir.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish