118
matla’li g‘azalini tinglab: «Agar muyassar bo‘lsa edi, o‘zimning o‘n-o‘n
ikki ming
forsiy va turkiy baytimni shu g‘azalga almashtirardim…» taqdimotlar orqali keltirib,
Alisher Navoiy 15 yoshida shoir sifatida keng tanilganligi o‘quvchilarga yanada
tushunarli bo‘lib, yoshlik davrdan boshlab ko‘p narsag erishish mumkinligini
o‘quvchilar ongiga singdiriladi.
7-sinf adabiyot darsida esa Chingiz Aytmatovning “ Oq kema” asaridagi ..
Bola
ko‘zdan durbinni olib, g‘amgin bosh egdi. «Biz endi uyga qanday qaytamiz? -
Sekingina portfelga so‘z qotdi u. - Buning hammasiga men sababchi, jinni buzoq
sababchi. Yana sen ham sababchisan, durbin. Oq kemaga qaragani har safar meni sen
chaqirasan. Sen ham aybdorsan». Bola atrofga razm soldi. Chor atrof tog‘ - qoya,
o‘rmon. Tepalikdan, muzlar qo‘ynidan boshlangan irmoqlar yarqirab jilvalanganicha
ohista pastga oqib tushar va faqat shu yerga, pastga tushgandan keyingina daryo
bo‘lib tinimsiz hayqirib yotish uchun ovoz paydo qilgandek bo‘lardi
2
..... fikrlarni bayon
etish. Shuningdek taqdimot jarayonida o‘qituvchini asarni mazmun mohiyatini
o‘quvchiga to‘la yetkazish imkoniyatini yana oshirsa, o‘quvchida esa asarni qiziqish
bilan tinglash va taqdimotni ko‘ringa undaydi.
Adabiyot fanlarida AKTni o‘quv jarayoniga joriy etish o‘qituvchining qo‘yidagi
imkoniyatlarini oshirishga yordam yordam beradi:
-o‘qitishni tashkil etishni takomillashtirish, har bir o‘quvchi bilan ishlash imkoniyatini
oshirish;
- AKT darslarni o‘tkazib yuborish tufayli yuzaga kelgan bo‘shliqlarni to‘ldirishga
yordam berish;
-darslardan so‘ng o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tayyorlash unumdorligini oshirish;
- namoyish qilish orqali o‘rganilayotgan mavzulardagi, hodisalar, jarayonlarni tadqiq
etish va tasavvur qilish imkoniyatini keskin oshirish;
- o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini, tadqiqot qobiliyatlarini,
maqbul qarorlar qabul
qilish qobiliyatini rivojlantirish kabi.
2
Chingiz Aytmatov “Oq kema” qissasidan
119
Adabiyot darslarida AKTdan foydalanishda o‘qituvchi og‘zaki fikrlarini to‘la
tushintirish orqali o‘quvchilarning so‘z boyligini boyitishi, ularni adabiy til
me’yorlarini o‘zlashtirishga o‘rgatishi, o‘quvchilarga dars davomida lingvistik va
adabiy atamalar haqida bilim berishni bajarib ketadi. Shuningdek
adabiyot fanlarida
AKT dan keng foydalish natijalari uni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar shaxsiy kompyuter va
interaktiv doska yordamida mashg‘ulotlar olib borishga qiziqishi ortib borib, ularni
mashg‘ulotlarni bayram sifatida qabul qilishadi, o‘quvchilarni bunday sinflarga doimiy
qiziqishni rivojlantiradi, daras mashg‘ulotida darsdan tashqari ishlarga kamroq e’tibor
tarqaladi, chunki o‘qituvchining talaba bilan fikri o‘ziga jamlab oladi.
Bulardan tashqari darslarda AKT dan keng foydalanish natijasida o‘quvchilar
matnlarni tahrir qilishni,
mustaqil ijodiy ishlashni, she’rlarining matnlarini terishni,
to‘plamlar tuzishni tuzishni kengroq o‘rganadilar.
Mening fikrimcha multimedia taqdimotlarini adabiyotlar bo‘yicha materiallarni
taqdim etishning eng samarali shakllariga kiritish kerak. O‘quv materialini multimedia
taqdimoti shaklida taqdim etish, o‘quv
vaqtini qisqartiradi, dars mazmunini, uning
samaradorligini maksimal darajada oshirishga imkon beradi va o‘rganilayotgan
materialga qiziqish uyg‘otadi
3
.
Men o‘zim 8 sinfda adabiyot darsi davomida Internet resurslaridan faol
foydalanaman. Bu meni mashg‘ulotlarimda taqdimot
materillarini kengaytirish
imkonini beradi va o‘quvchilarga internet resurslaridan mazmunli foydalish uchun
qo‘yidagi topshiriqlar beraman;
-adabiy asarni, ma’lum bir adabiy yo‘nalishdagi shoir yoki yozuvchining asarini ko‘rib
chiqishni qidiring;
-mavzu bo‘yicha rasmlar yoki fotosuratlarni toping;
- kelgusi darsda ishi ko‘rib chiqiladigan shoirlarning tematik yoki eng yoqqan
she’rlarini tanlang kabi topshiriqlar berib boraman
Xulosa qilib aytganda adabiyot darslarida AKT dan jumladan taqdimotlardan keng
foydalanish har bir o‘quvchida badiiy tasvir va she’riy san’at mazmuni kengroq
3
O‘zbekistonda o‘qituvchilarning AKT kompetensiyalarini oshirish bo‘yicha qo‘llanma, Toshkent 2019 y.
120
tushunish, kashfiyotchilik, ongli va farqli yondashuvlar
badiiy asarga diqqat bilan
qarash, kabi tushunchalarini kengaytiradi deb hisoblayman.
Do'stlaringiz bilan baham: