Международный научно-образовательный электронный журнал


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sh.Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt 
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent – 2016. 
2. O‘zbekistonda o‘qituvchilarning AKT kompetensiyalarini oshirish bo‘yicha 
qo‘llanma, Toshkent 2019 y.
3. Begimkulov U.Sh., Pedagogik ta’limni axborotlashtirish: nazariya va amaliyot, 
Toshkent: – 2011.
4.A.A.Abduqodirov, 
R.Ishmuxamedov, 
A.Pardayev. 
Ta’limda 
innovasion 
texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar).-
T.: Iste’dod, 2008.-180 bet.
5. Chingiz Aytmatov “Oq kema” qissa. T.: Yoshlar nashriyot uyi-2018 -65 bet 
6. www.uzedu.uz - O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi rasmiy sayti. 


121 
ФИО автора: 
Qarshiyeva Yanglish Abduvali qizi
Guliston Davlat Universiteti 
O’qtuvchisi
Название публикации:
«BOLA SHAXS BO’LIB SHALLANISHIDA TA’SIR 
ETUVCHI PEDAGOGIK - PSIXOLOGIK OMILLAR» 
Annotatsiya: 
ushbu maqola kelajagimiz davomchilari bo’lmish yosh avlodning 
ta’lim – tarbiyasiga ijobiy ta’sir etish va ularni har tomonlama yetuk shaxs bo’lib 
shakllanishiga qaratilgan pedagogik - psixologik ma’lumotlarga bag’ishlanadi.
 
Kalit so’zlar: 
shaxs, bola, tarbiya, ruhiyat, psixologiya, pedagogika.
 
Tarbiya inson paydo bo‘lganidan buyon davom etib, rivoj topib kelayotgan jarayon 
hisoblanadi. Uning qadimiyligi shundaki, odamlarning ongli hayot kechirish uchun 
bajargan dastlabki harakatlari, turmush tarzi, mehnat faoliyati aynan tarbiya asosida
bo‘lgan. Avvalo, o‘z oldiga ma’lum bir maqsadni qo‘yib, unga erishish uchun xilma – 
xil vazifalarni bajargan. Har qanday bajarilgan ishlar muayyan natijalarda aks etgan. 
Insonning xulq – atvori, ma’naviy axloqiy qiyofasi, aql – zakovati shaklnib borgan. 
Minglab yillar davomida umuminsoniy va milliy tarbiyaning eng nodir namunalari 
saralanib, avloddan – avlodga asrab-avaylab o‘tkazib kelingan.
Zamon va makonning o‘zgarishi, ijtimoiytaraqqiyot, fan, texnika va 
texnologiyalarning takomillashuvi tarbiyaning qonun – qoidalariga, mazmun – 
mohiyatiga tashkil etish shaklariga, metod va vositalariga o‘ziga xos o‘zgarishlar 
kirishiga sabab bo‘lgan. Bir so‘z bilan aytganda, tarbiya ijtimoiy buyurtma sifatida 
jamiyatning, mavjud tuzumning ehtiyojini qondiradigan shaxslarni kamol toptirish 
uchun xizmat qiladigan jarayonga aylangan.
Demak, tarbiya uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, natijasi shaxsning xulq – 
atvori, yurish - turishi, o‘zini tutishi va atrofdagilarga bo‘ladigan munosabatlarida va 
xatti – harakatlarida namoyon bo‘ladi. Bugungi berilayotgan tarbiya albatta, ertangi 
kun uchun xizmat qilishi, ertani bugundan mazmunliroq, yaxshiroq bo‘lishiga 
qaratilmog‘i zarur. Hozirgi paytda yoshlarga berilayotgan tarbiya ularning har 
tomonlama kamol topgan, ma’naviy – axloqiy etuk, kasbiy barkamol, zamonaviy 
texnika va texnologiyalardan samarali foydalanadigan bo‘lishlarini ta’minlamoqda.
Bu albatta, tarbiyaning zamonaviylik mohiyatini ifoda etadi.
Pedagogik – psixologik adabiyotlarda “tarbiya” tushunchasi keng va tor 
ma’noda ishlatiladi. Tarbiya keng ma’noda qaralganda shaxsning barkamol bo‘lib


122 
voyaga etishi, hayotining ohirigacha komillikka intilib yashashi, o‘zining ehtiyojlarini 
to‘la qondirishi, jamiyatga foydasi tegadigan shaxslarga aylanish jarayonida amalga 
oshiriladigan barcha sa’y-harakat va tadbirlar tizimi tushuniladi. Keng ma’nodagi
tarbiyaga insonning aqliy, axloqiy, ruhiy, kasbiy, jismoniy etuklik sifatlari ham 
kiradi. Ba’zan olimlar “tarbiya” va “ta’lim” atamalarining qaysi birisi ustun, 
birlamchi ekanligi haqida munozaralar olib biladilar. Ayrimlari tarbiyani, ba’zilari esa 
ta’limni etakchi deb boradilar. Aslida tarbiya kengroq ma’no kasb etadi. Ta’lim esa 
tarbiyaning tarkibiga kiradigan, inson kamolotida ulkan ahamiyat kasb etadigan
jarayonni ifodalaydi. CHunki ta’limning pirovard natijasi sifatida insonning aqli 
o‘sadi, ya’ni aqliy tarbiyasi amalga oshadi.
Tarbiya tor ma’oda ilatilganda shaxsga beriladigan jismoniy, mehnat, estetik,
ekologik, iqtisodiy, huquqiy, jinsiy va boshqa yo‘nalishlardagi ayrim xususiyatlarni 
tarkib toptiradigan faoliyat turlarini amalga oshirish tushuniladi. Ayniqsa yoshlar 
tarbiyasida ba’zan har xil nuqsonlar ko‘zga tashlanadi. Ana shu kamchiliklarni tuzatish 
uchun tegishli tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatiladi. Bu ta’sir o‘z-o‘zini tarbiyalash, yoki qayta 
tarbiya shaklida bo‘lishi mumkin. Ayniqsa bulling faoliyatida qayta tarbiyaga e’tibor 
qaratish muhim pedagogik omil hisoblanadi.
 
Ma’lumki, tarbiyaga tamal toshi oilada qo‘yiladi. Ota – onalarni ish bilan 
bandligi, bola faoliyati bilan shug‘ullanishga alohida vaqt ajrata olmasligi, aksariyat
holda ishdan kech kelib va ishga erta ketish “bahonasida” hamda bolalarni ko‘proq 
televizor, kompyuter va qo‘l telefoni bilan band bo‘lishlari, badiiy kitoblarni deyarli 
o‘qimasligi, kutubxonaga a’zo bo‘lmasligi hamda darsda uyga berilgan topshiriqlarni 
ham nari-beri tayyorlashga odatlanish holatlari va asta-sekin bola xulqida nomaqbul 
odatlarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Oilada har bir shaxsning o‘z o‘rni va 
vazifasiga alohida e’tibor berish lozim. CHunki farzand tarbiyasida oilada yashovchi 
har bir inson mas’uldir.
G.M. Andreevaning ta’kidlashicha, atrof-muhit shaxsning rivojlanishi va 
shakllanishiga ta’sir qiladi. Bola o‘z vaqtining muhim qismini maktabda o‘tkazadi, 
shuning uchun shaxsiy xususiyatlarning shakllanishiga tengdoshlari bilan 
munosabatlar va ayniqsa maktabdagi bezorilik katta ta’sir ko‘rsatadi [11, 61]. 
Bezorilik muammosi bizning davrimizda dolzarb bo‘lib, uni ta’lim muhitidagi 
psixologik iqlim bilan bog‘lagan holda o‘rganish kerak. Maktablarda zo‘ravonlik 
faktlari uzoq vaqtdan beri qayd etib kelinayotganiga qaramay, ushbu sohada ilmiy 
bilimlar tizimida hanuzgacha aniq, umuman tan olingan profilaktika, tartibga solish va
tuzatuvchi dasturlar ishlab chiqilmagan. CHunki bu murakkab hodisa bolalarning bir-
biri bilan o‘zaro munosabatlarining ko‘p jihatlariga ta’sir qiladi. Bezorilikni bartaraf 


123 
etishda ushbu jarayon ishtirokchilarining psixologik xususiyatlarini ham alohida 
hisobga olish lozim. Aks holda bulling faoliyati to‘laqonli ochilmay kelib ketishi 
mumkin. SHunga ko‘ra bulling faoliyatini bosqichma – bosqich, oddiydan 
murakkabga tomon prinsipi asosida o‘rganish lozim.
Ayniqsa bullingda tajovuzkor harakatlarni kuchaytirishdan tashqari, maktabdagi 
bezorilik holatini uning shaxsiy rivojlanishiga ta’sir qiladigan boshqa salbiy oqibatlari 
ham mavjud. Masalan, konstruktiv munosabatlarni o‘rnatish mahoratining 
shakllanmaganligi, o‘zaro aloqada bo‘lganida, birinchi o‘ringa maqsadga kuch bilan 
erishish kiradi. Boshqalar bilan munosabatlarda tajovuzkor ustun mavqeni egallaydi 
yoki boshqa pozitsiyada aloqa qilishdan qochadi. Bu shaxslararo munosabatlarning 
konstruktiv usulining imkonsizligiga olib keladi. Kelajakda maqsadlarga erishishning 
cheklangan usullari shaxsiy va kasbiy muvaffaqiyatsizlikka sabab bo‘lishi mumkin. 
"Bezorilik" atamasi maktablarda zo‘ravonlik ya’ni bulling holatini eng aniq aks 
ettiradi. Bezorilik uzoq muddatli zo‘ravonlik yoki alohida voqea bo‘lishi mumkin va 
ko‘pincha jismoniy yoki psixologik xarakterga ega. Ushbu hodisani batafsilroq ko‘rib 
chiqish lozimligi taqqiqotga oid izlanishlarimiz mobaynida aniq bo‘ldi. 
70-yillarning oxiri D. Olveus [79] maktablarda bezorilikning oldini olish 
bo‘yicha birinchi tadqiqotlarni olib bordi, keyinchalik bezorilik muammosini 
chuqurroq anglashga imkon beradigan boshqa tadqiqotlar o‘tkazdi [36]. Biroq, bizning 
mamlakatimizda bu muammoga etarli darajada e’tibor berilmay kelindi. 
O. A. Grebennikovaning ta’kidlashicha, "maktabdagi bezorilik" atamasi psixologik, 
pedagogik va ijtimoiy muammolarning kombinatsiyasini anglatadi. O‘zini o‘zi himoya 
qila olmaydigan bolaga, bir kishi yoki bir guruh odamlar tomonidan qaratilgan 
jismoniy yoki psixologik zo‘ravonlik jarayoni ko‘plab ko‘rgilsizliklarga olib keladi 
[20, 38]. SHunday qilib, bezorilik nisbatan barqaror guruhdan kelib chiqadigan va 
boshqa jarayonlarni ham o‘z ichiga oladigan murakkab hodisa degan xulosaga kelish 
mumkin. 
Inson shaxsining asosiy tashvishlarini o‘rganib, shaxslanuvchining boshlang‘ich 
holati xavotirli bo‘lsa, unda odam tajovuzkor xatti-harakatlar va zo‘ravonlik xatti-
harakatlarini namoyon qiladi. U boshqalar bilan o‘zaro munosabatlarning uchta turini 
aniqladi: "odamlarga", "odamlardan" va "odamlarga qarshi". Agressiya, zo‘ravonlik va 
ziddiyatlarga moyil bo‘lgan odam, asosan, davlatga "odamlarga qarshi" ta’sir qiladi. 
SHuningdek, bulling himoya mexanizmlaridan biri sifatida uning yordamida inson 
xavfsizlikni o‘ylaydi.


124 
Jamiyatdagi shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir nazariya - bu 
ijtimoiy o‘rganish nazariyasi bo‘lib, u shuni ko‘rsatadiki, odam ijtimoiy harakat 
jarayonida bunday harakatlarni kuzatish orqali ijtimoiy muhitga xos zo‘ravonlikni 
o‘rganadi. D. Uotsonning ta’kidlashicha, zo‘ravonlik va tajovuz insonning o‘tmishdagi 
tajribasi va unga atrof-muhit ta’sirining natijasidir. Agressiv harakatlarning namoyon 
bo‘lish shakllari va intensivligi darajasini kuchaytirish va jazolash usullari ta’sir 
ko‘rsatadi [21, 22]. Ota-onalar birinchilardan bo‘lib odamga o‘zini tutish modelini 
ko‘rsatadilar. Agressiv ota-onalarning ko‘pincha zo‘ravon ya’ni bulling, tajovuzkor 
bolalari borligi isbotlangan. SHu sababli, ushbu nazariyada ota-ona xatti-
harakatlarining bolada bulling shakllanishiga ta’siri katta. Bulling shakllanishining 
yana bir sababi- harakatlar majburiy, ular inson erkinligi va tanlovining cheklanishiga 
javoban yuzaga keladi, deb hisoblagan. Agressiya va zo‘ravonlik insonning psixologik 
himoyasi omili bo‘lib, u organizmning tahdid sifatida qabul qilingan tajribaga bo‘lgan 
munosabati sifatida ishlaydi [18]. 
Sog‘lom ona va bolaning ijtimoiy faollik omillarida oilaviy tarbiyaning o‘rni, 
ota – onaning kasb – kori bilan bog‘liq ijtimoiy – pedagogik faollikning uyg‘unligi,
ayniqsa, ota – onaning pedagogik – psixologik bilim egasi bo‘lishi masalasi muhim 
omil hisoblanadi. SHundan kelib chiqib: 1) oilada birinchi o‘rinda mehribonlik va 
yaxshilikning uyg‘unligi, ijtimoiy tamoyillariga amal qilish, ya’ni o‘zaro ishonch, bir 
– birini tushunish, o‘zaro yordam, hamkorlik va hokazo; 2) oila a’zolarini milliy va 
umuminsoniy me’yorlarga amal qilishi; 3) oilaviy burch va vazifalarni sitqidildan 
ado etish hamda oilaviy munosabatlarni qadriga etish; 4) oila a’zolarini bir – birini 
ruhan hamda ma’nan qo‘llab quvvatlashi, lozim paylarda bir – biriga dalda bo‘lishi;
5) oilani maqsad va vazifalarini birgalikda ko‘rib chiqish, uni hal etilishida o‘zaro 
yordam, faollik hamda bir – birini rag‘batlantirish; 6) oilaning yakdilligi va 
barqarorligini saqlash, har xil ko‘ngilsiz voqealarni o‘z vaqtida oldini olish, oila 
byuedjeti masalasiga oqilona yondashish va boshqalar.
Ma’lumki, sog‘lom bola doimo harakatda va izlanishda bo‘ladi. Uning ruhiy – 
emotsional holati ham ko‘p jihatdan sog‘lom o‘sishi bilan, ya’ni organizmning
sog‘lom rivojlanishi bilan bog‘liq.
Ammo shunday omilar borki, bolaning salomatligi va ijtimoiy faolligiga ko‘p 
jihatdan to‘sqinlik qiladi. Buni ota – ona, o‘qituvchi – murabiylar bilib, o‘rganib, tezda 
oldini olish choralarini belgilashlari lozim. Bular:
-
Oiladagi notinchlik, nohushlik va o‘zaro kelishmovchilik oqibatida vujudga 
keladigan noto‘g‘ri tarbiya;
-
Bolaning ma’naviy va moddiy ehtiyojlariga bepisand qarash;


125 
-
Bolani bo‘sh vaqtlarida nazoratsiz qolib ketishi;
-
Bolani oilaviy tartib – qoida va jamiyatga xilof qilmishlariga befarq qarash; 
-
Tarbiyada “oila – maktab - mahalla” hamkorligining deyarli yo‘qligi hamda 
ayrim ota – onalarni aybni o‘zidan emas, bola va maktabdan qidiruvi kabilar, bolani 
pedagogik qarovsizlikka olib kelishi uchun zamin yaratadi.
Shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, oilada bola erkin bo‘lsa, o‘z mustaqil fikriga 
ega bo‘lib, vaqti – vaqti bilan o‘zining yaqin va istiqbolli orzu – tilaklarini ota – 
onasiga bildirib borsa, shu qatori ota – ona ham bolaning xohish – istaklarini qo‘llab, 
uni rag‘batlantirib borsa, bola, oila, maktab va jamoat joylarida ham o‘zining 
faolligini ko‘rsata oladi. Bunday bolalar ixtiyoriy kasb tanlab, tanlagan kasbi bo‘yicha 
tegishli bilim va ma’lumotlarni kitoblar, turli xil jurnallar va internet manbalaridan 
olishga intiladi. Bola kasb tanlashda ikkilansa, uni ota – onaning ixtiyoriga, ya’ni 
maslahatiga ko‘ra kasb tanlab ketaveradi. Bu o‘rinlarda sevimli o‘qituvchisi, taqlid 
tarbiyasi yoki fan asoslariga bo‘lgan qiziqish soyada qolib ketgandek bo‘lad. SHu 
jihatdan bolaning qiziqishi va intilishlari ota – ona hamda o‘qituvchilar – murabbiylar 
o‘z vaqtida anglab, to‘g‘ri yo‘nalish berishlari lozim.
Bolani kasb tanlashida ota – onaning o‘rnini hech kim inkor eta olmaydi. Ammo 
ijtimoiy faol bola avvaliga bir nechta kasbni tanlab, so‘ng shulardan bittasini yoki 
ikkitasiga kelib to‘htaydi. Mana shu joyda beriladigan jo‘yali maslahat bolaning 
kelajak taqdiriga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Kasbiy o‘zlikni anglashdagi 
ziddiyatlar o‘z – o‘zidan barham topadi. Boladagi ijtimoiy faollik mazmunan yangicha 
tus olib, undagi yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan imkonyat va qobiliyatlar bo‘y 
ko‘rsata boshlaydi. To‘g‘ri tanlangan kasb kishi dunyo qarashining hayotiy tizimini 
belgilab beradi. CHunki insonning kasbiy faolligi ijtimoiy faollik mazmunida 
rivojlanib, shaxsning barkamolligi ijtimoiy taraqqiyotining mezoni hamda ne’matga 
aylanadi. Demak, shaxsning o‘z kasbidan qoniqishi, undan lazzatlanishi, 
hayotiy qoniqishning asosini tashkil etib, bu jarayonga ma’naviy – ruhiy, jismoniy – 
axloqiy va fikriy sog‘lomlikka ko‘ra erishiladi. Sog‘lom bolaning ijtimoiy faolligi 
ko‘plab omillar uyg‘unligi bilan bog‘liq bo‘lib, uning asosida bolaning faoliyat 
jarayonidagi qoniqishi xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Buning uchun bolani 
maktabdagi faoliyatidan boshlab o‘z ishlarini samarali bajarishga va o‘zi bajargan 
mashg‘ulotlaridan qoniqish his qilishga o‘rgatilib borilishi kerak. Masalan, fan 
asoslariga bo‘lgan qiziqish, mustaqil ish topshiriqlarini sifatli hamda samarali 
bajarilishi, uy ishlarini muayyan jadvallar, rasm va rang va tasvirlarda izohlash, kichik 
eksperimentlar ztkazish, aytaylik, uyda o‘suvchi gullarning oziqlanishi yoki quyosh 
nuridan bahramand bo‘lishi, mabodo kasallikka chalinsa, sog‘lomlashtirish yo‘llarini 
izlab topish, maxsus kuzatuvlar olib borib, uning natijalarini o‘qituvchi bilan birga 


126 
ko‘rib chiqib, tegishli xulosalar chiqarish kabilar o‘z navbatida o‘quvchi faolligining
o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatadi.
Ijtimoiy faollikning yana bmr omili bolani o‘z mehnatidan hosil qilishdir. Qoniqish 
ayni paytda bolani o‘z – o‘zini tahlil va taftish etishga o‘z – o‘zini obektiv baholay 
bilishga va o‘ziga bo‘lgan ishonchni yanada oshishiga undaydi. Qoniqish ma’lum 
ma’noda bolani ijodkorlik sari yo‘naltiradi. Muammoli holatlar echimini topishda 
befarq bo‘lmaslikka chorlaydi. Sog‘lom bolaning ijtimoiy faolligi o‘z hayotidan 
qoniqishga olib keladi.
Inson oilada kamol topar ekan, eng avvalo e’tiborni oilaning tarbiyaviy muhitini 
sog‘lomlashtirishga qaratmoq lozim va aynan eng muhim masala hisoblanadi. 
SHunday ekan oila tarbiya muhitini avvalo sog‘lmlashtirish lozim. Aksariyat xulqi 
buzuq, jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmagan insonlarda oila tarbiya muhiti 
nosog‘lomligidan kelib chiqadi.

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish