Xalq do`stligi – yurt boyligi
Xalq maqoli
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida Diniy bag’rikenglik va
millatlararo totuvlik mavzusida tanqidiy va ijobiy fikrlar bayon etilgan.
Аннотация:
Данная статья содержит критические и положительные взгляды
на религиозную толерантность и межнациональное согласие в Республике
Узбекистан.
Annotation:
This article presents critical and positive views on religious tolerance
and interethnic harmony in the Republic of Uzbekistan
Kalit so’zlar:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ulug’vor yurt, “Harakatlar
strategiyasi”, boshqa millat vakili, mening yurtim, bag’rikeng, yurtboshi, millatlararo
totuvlik, diniy bag’rikenglik, YUNESKO
Ключевые слова:
Конституция Республики Узбекистан, славная страна,
«Стратегия действий», представитель другого народа, моя страна, толерантный,
лидер, межнациональное согласие, веротерпимость, ЮНЕСКО
Keywords
: Constitution of the Republic of Uzbekistan, glorious country, "Strategy
of action", representative of another nation, my country, tolerant, leader, interethnic
harmony, religious tolerance, UNESCO
868
Go`zal va navqiron, yuksaklarga bo`y cho`zayotgan yangi O`zbekistonimizning turli
go`shalaridagi o`zgarishlar va yangiliklar inson qalbini jumbushga keltiradi. O`z –
o`zidan shunday ulug`vor yurtda yashayotganingdan g`ururlanasan kishi. Shuni faxr
va iftixor bilan aytishimiz mumkinki, biz yashayotgan hayotning barcha qirralarida
olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar o`z samarasini bermoqda. Ayniqsa
mustaqillik yillarida vatanimizda yashayotgan turli millatlar o`rtasida o`zaro hurmat,
teng huquqlilik hamda, hamjihatlilikni mustahkamlash uning qonuniy asoslarini
yaratishga alohida etibor berildi. Turli millatlarning bir-biri bilan mehr – oqibatda,
o`zaro totuv, diniy bag`rikenglik asosida yashashlari uchun yurtimizda ijtimoiy va
iqtisodiy barqarorlikni saqlash uchun alohida yondashilmoqda. Òzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida bu haqda alohida ta’kidlab òtilgan:
“Òzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bòlib,
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, etiqodi, shaxsi va ijtimoiy
mavqeidan qatiy nazar, qonun oldida tengdirlar”,- deb aytilgan.
Shuni alohida e’tirof etish joizki, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich
tomonidan 2017-2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor
yo`nalishi bo`yicha “Harakatlar strategyasi” tasdiqlandi. Strategyaning beshinchi
yo`nalishida aynan xavfsizlik, millatlar aro totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta’minlash
hamda chuqur o`ylangan o`zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat haqida fikr
yuritilgan.
Shu besh ustuvor yo`nalish tashkil qilingandan so`ng har bir yo`nalish bo`yicha
yurtimizda e’tibor kuchaydi. Oddiygina bizning mahallamizda ham turli millat
vakillari bor. Ularni bir qarashda boshqa millat vakili deyish qiyin. Necha yillardan
buyon O`zbekistonda yashab o`zbeklardanda ko`proq shu yurtga mehr qo`ygan
insonlar bor oramizda. Biz bolalikdan biladiganimiz bir polyak millatiga mansub
qo`shnimiz bo`lib, u kishi atrofdagi hammaga etiborli, juda mehribon, fidoiy, jonkuyar
inson edilar. Maktabdan qaytayotgan bolalarni ko`rib qolsalar, yo`lning chekkasidan
yurgin, hoy oyog`ingni ko`lmak suvga tiqmagin, shomollab qolasan deb koyisalar,
katta yoshdagilarga,vaqtni behuda o`tkazmay, biror yumush bilan mashg`ul bo`lishga
chaqirar edilar. Biz ularni Asiya xola deb chaqirar edik. Asiya xola biznikiga tez-tez
chiqar, biz esa u kishidan xabar olar edik. Agar hovlimizda chiroq ko`rinmay qolsa,
“Voy qorong`uda qoldingmi? Chirog`ing o`chdimi?” – deb, gaz ozgina muddatga
kelmay qolsa bolalaring sovuq qotmadimi? Menikiga chiqar meni pechkamda o`tin
ham yonadi, uyim issiqqina”,-deya bizlarni uylariga olib chiqib, oyimning
mushkullarini anchagina oson qilar edilar. Maktabning yuqori sinflariga o`qishni
boshlaganimdan keyin men va singlim Asiya xolamning ba’zi ishlariga yordam
beradigan bo`ldik. Hovlilarini supurib, xazonlarini olsam, singlim derazalarning
oynasini artib, changlarini artar edi. Ishdan bo`shaganimizdan so`ng Asiya xola
bizlarga kurchokda to`qishni o`rgatar edilar. U kishidan paypoq, ro`mol, choynak
taglik va shunga o`xshash bir qancha narsalar to`qishni o`rganib olganman. Yana u
869
kishi juda pazanda ayol bolib, bizning milliy taomlarimiz tuxumbarak va
chuchvaralarni juda meyyoriga yetkazib tayyorlaydilar. Har gal pishirganlarida xuddi
o`zbek qo`ni-qo`shnilaridek ulashishni yaxshi ko`radilar. Bayramlarda yoki qaysi bir
qo`shnining tobi qochib qolgandami chiqib ularning holidan xabar olishni odat
qilganlar. Biz ham u kishini biror mehmongami, yoki biror yumush bilan ketib qolsalar
darrov sog`inib qolamiz. O`rinlari juda bilinadi. Shunaqa paytlarda hayotda bir-
birimizga qaynoq mehrimizdan, qovushib-qorishib ketganimizdan millatning ahamyati
yo`qligi yaqqol ko`rinadi.
Ha darvoqe Asiya xolam hali ham borlar. O`tgan yili u kishining Rossiyada
yashaydigan ota-onalari pandimiya sababli dunyodan o`tishdi. Ota-onalari o`tganligi
sababli, Asiya xola Rossiyaga ko`chib ketib qoldilar. U kishining ketganlaridan biz
juda xafa bo`ldik. Chunki, shuncha yillik mehr qo`ygan, mahallamizning eng fidoyi
insoni, xuddi bir oilamizning a’zosi ketgandek edi go`yo. Endi Asiya xolani qaytib
ko`rmaymizmi? deb o`ylagan edik. Oradan ikki oycha vaqt o`tgandan so`ng Asiya xola
yana qaytib keldilar. Asiya xolaning ketganlaridan ko`ra kelganlarida hamma qo`ni-
qo`shnilar quchoqlashib, bag`rilariga bosib rosa yig`lashdi. Bu xursandchilik ko`z
yoshlari edi. Chunki Asiya xola: “Garchi tug`ilgan yurtim boshqa bo`lsada, lekin shu
yurtda hurmat va mehr topdim. Men bu yurtdan kechib ketolmas ekanman. Mening
yurtim shu yer, shu tuproq, siz-siz” deya yig`ladi. Keyin bilsak, Asiya xola ota-
onasidan meros qolgan uy-joyni bolalar uyiga o`tkazib yana O`zbekistonga yashash
uchun qaytgan ekan. Bu bag`rikeng yurtning va yurtboshining e’tibori, mehri, tafti
issiq millatning g`amxo`rligi sababidir. Ba’zan shunaqa holatlarga guvoh
bo`lganingdan so`ng, bir o`zga millat vakilasi shu yurtga, shu millatga shunchalik mehr
qo`yganki, nega o`z vatandoshlarimiz yurt qadrini bilishmay, o`zga yurtlarda besabab
sarson-u sargardon ? Òz yurtida yashab turganlarichi? Nega bir oilada tuģilgan aka-
ukayu, opa-singillar bir-birlariga bemehr-u,
beoqibat,
diydasi gòyo tosh qotgandek.
Ular bir-birlarining kòmagiga muhtoj bòlgan bir paytda yordam qòlini uzatish òrniga,
bir-birlarining ildiziga bolta urishadi. Boshqa yurtdan kelgan boshqa millat vakilasi
bòlgan Asiya xola atrofdagi kichik bolalardan tortib, eng yoshi uluģ insonlargacha òz
mehrini ulasha olgan va ulardan ham shunday mehr kòrgan.
Xòsh bizning millatdoshlarimizchi? Biz òzi qayoqqa qarayapmiz? Bizning kelajak
avlodning taqdirichi? Ajdodlardan avlodlarga yetkazishimiz kerak bòlgan boy
qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz uchun biz òzimizni qachon mas'ul sezamiz? Kòzimizni
ochib, zamonga yaxshiroq boqaylik! Bugun millat taqdiri bizning qòlimizda!
Agar chuqur mulohaza etsak, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglik
osiyishtalikning mustahkam asosidir. Xalqaro tashkilotlardan biri bo`lgan YuNESKO
bosh konfrensiyasining 1995-yil 16-noyabrda bo`lib o`tgan 28- sessiyasida
bag`rikenglik tamoillari to`g`risidagi deklaratsiyasi qabul qilgan. Shundan buyon
mazkur sana “Xalqaro bag`rikenglik kuni” sifatida nishonlab kelinadi. Bundan
870
ko`zlangan asosiy maqsad dunyo xalqlarini bag`rikenglikka, tinchlikni asrab
avaylashga, hamda ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikka erishishga chorlashdir.
Bizning jonajon Vatanimizda har bir millat va elat vakillarining huquq va
erkinliklarini, qonun manfaatlarini ta’minlash, ularning ta’lim olishlari, o`zlari
qiziqqan turli kasb – hunar maktablarida o`qish imkonyatlari yaratib berilgan. Ularning
o`z an’analari va qadriyatlarini saqlash, rivojlantirishlari uchun yurtboshimiz
tomonidan yaratilgan imkoniyatlar katta hisoblanadi. Misol tariqasida oladigan
bo`lsak, ularning turli bayram marosimlari yurtimizda keng nishonlanmasada,
elchixonalar tomonidan kichik, maroqli, ko`ngil ochdi tadbirlar o`tkazib beriladi.
Bularning barchasi natijasida ko`p millatli xalqimizning boy, tarixiy-madaniy merosi
qayta tiklandi,qadr topdi. Barcha millat vakillarining davlat boshqaruvi, iqtisodiy,
ijtimoiy hamda madaniy jarayonlarida keng va erkin ishtirok etishi yo`lga qo`yildi.
Yurtimizning tinch, totuv bo`lishi, musaffo osmonimizda yurt bayrog`ining` hilpirashi,
hech kimdan va hech narsadan qo`rqmay emin - erkin nafas olishimiz, bularning
barchasi millatlararo totuvlikni taminlab turgan yurt boshimizning say-harakatlari
natijasidir. Bu farovonlik va bag`rikenglik asosida bugun yurtimizda 130 dan ortiq
millat va elat vakillari bir oila farzandidek, tenghuquqlilik hamda o`zaro hamjihatlilik
sharoitida yashab, vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga va uning gullab
yashnashi uchun munosib hissa qo`shib kelmoqdalar. Lekin, bu imkonyatlardan har
doim ham to`g`ri foydalana olmaydiganlar bor.
Taraqqiyotda dunyo minbarida turgan Amerikadek davlatda irqchilik,
tabaqalashtirish ayni zamonda ham bor ekan. Kafe va restaranlarida o`z millati deb,
avvalo, oq tanlilar so`ng qora va qizil tanlilariga e’tibor qaratilar ekan. Agarda o`zga
millat vakili vafot etib qolsa, o`ligi xor bo`lib, qabr ko`rishi qiyin ekan. Bir itining
bolasi o`lib qolgan taqdirda uni avaylab ko`mar ekanlar. Bir itning hurmati ham
insonnikidan yuksakroq ekan. Bunaqa holatlarni eshitganingdan so`ng, ta’ajjublanasan
kishi. Bizning vatandoshlarimiz bu vertuallashuv olamida nahot shunday holatlardan
bexabarlar. Yaqinda televizordan bir yangilikni eshitib qoldim. Bizning
vatandoshlarimizdan bir guruhlari bor-budlarini sotib, yashash uchun Amerikaga chet
yo`llar, o`rmonzor-u suvlarni kechib, ketayotganlarida qayiqlari ag`darilib suvga g`arq
bòlishadi. Bir oiladan bir ayol qolib eri va farzandlari halok bo`lgan. Boshqalari ham
shunday qaysi ukasidan, qaysi biri ota-onasidan ajralgan. Suvni kechib o`tganlari esa,
o`rmondan o`tayotganda, akasini ilon chaqib o`ldirgan. Ukaning afsus va nadomatlari
o`ylantiradi kishini. Bu to`kin-sochin yurtning e’tibori, mehri muruvvatiga qilingan
noshukurchilikning uvoli bo`lsa kerak. Ochko`zlik boylik ortiqcha xoyu-havaslar
yurtdoshlarimizni hayot ummonlarida g`arq qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |