Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

Keywords: 
creative educator, pedagogical skill, pedagogical process, creativity, 
worldview 
Respublikamizda oliy o`quv yurtlarida talabalar bilimini faqat baholash emas, 
balki ularni har tomonlama kreativ fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish dolzarb 
muammolardan hisoblanadi. 
Hozirgi kunda prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan ta’lim sohasidagi 
barcha pedagoglar oldiga endi faqat bilim berish emas, talaba yoshlarni erkin 


857 
fikrlovchi, tanqidiy fikrga ega, yangiliklarga intiluvchi, har tomonlama ijodiy, kreativ 
fikrlovchi kadrlarni tayyorlashdek ulkan vazifalarni amalga oshirish kerakligi ta’kidlab 
o`tilmoqda. 
Oliy ta’limda talaba yoshlarni 1-kursdan boshlab mustaqil fikrli, ijodkorlik 
qobiliyatlariga ega, yangilik yaratuvchi kadrni shakllantirishga e’tiborni qaratish oliy 
ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan barcha professor-o`qituvchilarning bosh vazifasi 
hisoblanadi. 
Shu o`rinda biz o`z fikrlarimizni kreativlik so`ziga qaratmoqchimiz. Kreativlik 
( lotincha “create”- yaratish, “creative”- yaratuvchi, ijodkor ) – individning yangi 
g`oyalarini ishlab chiqarishga tayyorgarlikni tavsiflovchi va mustaqil olim sifatida 
iqtidorlikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. 
Shaxsda kreativlik sifatini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini 
to`laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’nosini tushunib olish 
talab etiladi.
1
Pedagogik kasbi haqida so`z borar ekan, u bir vaqtning o`zida shaxsni ham 
o`zgartiruvchi, ham boshqaruvchi xususiyati bilan alohida ahamiyatga ega. 
1.
Mavlonova R.A. Kreatiuv yondashish asosida bo`lajak o`qituvchilarni 
kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash. Xalqaro ilmiy konferensiya Toshkent 2017-
yil 
Talabalarning darslarda kreativ fikrlashlarini shakllantirish uchun avvalo 
pedagogdan kasbiy kompetentlik talab qilinadi. Shuning uchun ham pedagogik kasbiy 
kompetentlik har bir pedagogda mujassam bo`lishi, u orqali bo`lajak mutaxassislarga 
kreativ yondashuvga oid bo`lgan bilimlarni hosil bo`lishiga zamin yaratiladi. 
Hozirgacha pedagogik deontologiyada pedagog tomondan kreativ yondashuvni 
shakllangan 3 ta kata guruhga ajratish mumkin: 
1.
Kreativ yondashuvni funksiyalarini bilish; 
2.
Turli pedagogik vazifalarni qo`yish; 
3.
Pedagogik jarayonni bosqichlarini bilish; 


858 
Kreativ yondashuv tarkibini asoslashga turli yondashuvlarning asosiy mohiyati 
ko`proq umumiy mahoratdan xususiy mahoratgacha bo`lgan pedagogning ko`proq 
izlanishlariga va ko`proq motivatsiya berishiga bog`liq . 
Ta’lim berishdagi zamonaviy yondashuvlarni rivojlantirish talabalarda teran 
fikrlashga ega bo`lishni, hamkorlikda ishlashni rivojlantirishni talab etadi. Talabada 
quyidagi kreativlik bo`yicha quyidagicha yondashish talab etiladi. 
-
ko`p qirrali, murakkab vazifalarni amalga oshirishga o`rgatish; 
-
har bir muammo xususida chuqur fikrlash va o`z bilimini oshirib borishni 
boshqara olish; 
-
qarorlar qabul qilish, muammolarni hal etish bilan bir qatorda yangi kreativ 
fikrlar yaratishda turli xil texnologiyalardan foydalana olish;
Boshlang`ich ta’limda kreativlikni rivojlantirish orqali talabalarga bilim berish 
natijasida ular har bir fan bo`yicha qo`yilgan malaka talablarini egallashlari, faqat 
o`zlari yanada ijod qilishlari talab etiladi. 
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg`ularida, muayyan 
faoliyat turlarida namoyom bo`ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning 
muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ha aks 
etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o`tkirlikni belgilab beradi, “ talabalar e’tiborini ta’lim 
jarayoniga faol etishni ta’minlaydi.” 
Buning uchun ma’ruza, amaliy va seminar mashg`ulotlarida ham nazariy ham 
amaliy jihatdan puxta ishlab ciqish lozim. Nazariy jihatdan mashg`ulot jarayoni lozim 
bo`lgan darslik, o`quv qo`llanmalari, ko`rgazmali materiallar bilan ta’minlanishi ular 
tegishli jihozlar eng asosiysi, axborot- kommunikatsiya vositalari bilan belgilangan 
bo`lsa, talablar ushbu mavzuga oid hujjatli filmlar, fotosuratlar kolleksiyalari bilan 
yanada boyitish mumkin.
Shuningdek, mashg`ulotlarda; 
-
quyidan yuqoriga, soddadan murakkabga qarab boorish; 
-
amaliy mashg`ulotni turli xil metod va usullardan foydalangan holda tashkil 
etish;


859 
-
mavzuga 
doir 
bo`lgan 
videoroliklar, 
multimedialar 
va 
axborot 
texnologiyalaridan unumli foydalanish; 
-
har bir mavzuga yangicha yondashish; 
Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin. So`nggi 
paytlarda ushbu holat “pedagogik kraetivlik “ tushunchasi bilan ifodalanmoqda.
Pedagogik kreativlik – pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya 
jarayonini samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi, yangi g`oyalarni yaratish, 
shuningdek mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo`lgan 
tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati.
“Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur: 
1)
o`qituvchilar tomonidan o`quv fanlarini past o`zlashtirayotgan va ularni 
o`rganishini zerikarli deb hisoblayotgan o`quvchilar e’tiborlarini fan asoslarini 
o`zlashtirishga jalb etish. 
2)
o`qituvchilarga o`quvchilarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini 
rag`batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish. 
Zamonaviy ta’limda kreativ yondashuv ta’lim- tarbiya jarayonini bir butunlikda 
tashkil etishda ta’limning maqsadi, mazmunini, o`qitish metodlariva vositalarini bilish 
beruvchi sifatida kreativ fikrlashga oid tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Agarda o`qituvchi o`z faoliyatida shaxs sifatlarini kreativ fikrlashga qaratilar 
ekan, o`quv jarayonidagi faollik, qiziquvchanlik, qobiliyat, hfantaziya ya’ni hayol 
qilish, hamfikrlilik, hamda uning shaxsiy “men”iga e’tibor qaratsa o`quvchining 
kelajakda muvaffaqiyatga erishishiga kata yo`l ochib bergan bo`ladi.
Maktab ta’limining asosiy shartlaridan biri bolaning aqliy yetukligi hisoblanadi. 
Maqsadga yo`naltirilgan kreativ faoliyat, yutuqlarga erishish uchun boladan irodali 
bo`lish, diqqatini to`g`ri yo`naltirish va hissiy barqaror bo`lishi talab etiladi.
O`quvchilarda kreativ fikrlashni shakllantirishda ta’lim tizimining ratsional 
yo`llarini o`qituvchi topa oluvchi mas’ul shaxs hisoblanadi.
O`quvchilarni yangiliklarini qabul qilishlari va mushohada qilish, xulosa 
chiqarishga o`rgatish lozim.


860 
Ta’lim tizimida sodir bo`layotgan o`zgarish va yangilanishlar o`quvchilarga 
yangi bilim, ko`nikma va malakalarni berish bilan bir qatorda, yoshlarimizni ongiga va 
qalbiga singdirishni ham nazarda tutadi.
Kreativ fikrlash nima uchun kerak? 
-
o`quvchilar o`rtasida yangi axborot to`plamini beradi 
-
o`quvchilarda materialni o`rganishlarida ishtiyoq uyg`otadi 
-
o`quvchilarning qobiliyatlari namoyon bo`ladi 
-
o`quvchilar erkin fikrlaydilar 
-
bolalarda bilishga bo`lgan ma’lumotlarni yanada boyitadi 
Mana shu jarayonda o`qituvchi o`quvchining ichki dunyoqarashini tushunishi, 
yaxshi medodist bo`lishi, o`quvchini qiziqtira olishi, o`quv materiallarini tushuntira 
bilishi, o`quvchilarning bilimini to`g`ri baholay olishi, bolalarga ijobiy-tarbiyaviy 
ta’sir ko`rsatishi, o`quvchining mehnatini tashkil etish, ularga rahbarlik qila bilishi, 
samarali natija beradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Abdurahmonova N.E. Mirzaahmedova A.Q.- O`quvchilar ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirishi yo`llari. Xalqaro ilmiy konferensiya Toshkent 2017-yil 25-may . 
2.
Mavlonova R.A.- Kreativ yondashish asosida bo`lajak o`qituvchilarni kasbiy-
pedagogik faoliyatga tayyorlash. Boshlang`ich ta’lim va jismoniy madaniyat 
yo`nalishida sifat va samaradorlikni oshirish; muammo va yechimlar. Xalqaro ilmiy 
konferensiya 25-may 2017-yil. Toshkent.


861 

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish