849
bezaklar taqmasligi kerak. Sudya o‘z oila aʼzolarining sudyalar odob-axloq
normalariga rioya etishini nazorat qilishi, biron-bir shaxsga nisbatan sudyaning
obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan qo‘pol muomalada bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymasligi shart.
o
Sudya, agar bu O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmasa va odil
sudlovni amalga oshirishga to‘sqinlik qilmasa, ilmiy, pedagogik, ijodiy va ijtimoiy
faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin.
Biz yuqorida kodeksda belgilab qo`yilgan qoidalarning umumiy mazmuni bilan
tanishdik. Shu vaziyatda “Kodeksga rioya etilishi ustidan nazorat masalasi qanday hal
etiladi?” degan o`rinli savol tug`iladi. Bu savolga so`nggi yakunlovchi IV bob javob
beradi. Kodeksning 19-moddasiga ko`ra sud inspeksiyasi va tegishli sudyalar malaka
hayʼatlari ushbu Kodeks qoidalari buzilishining oldini olish yuzasidan choralar ko‘radi
va ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.Sud inspeksiyasi ushbu
Kodeksning buzilishiga yo‘l qo‘ygan sudyaga nisbatan tegishli choralar qo‘llash
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga takliflar kiritadi. 21-
moddasiga ko`ra esa Kodeks qoidalarining buzilishi sud hokimiyati obro‘siga putur
yetkazgan va (yoki) sudya nomiga dog‘ tushirgan bo‘lsa, bu holat sudyani belgilangan
tartibda intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. O`zbekiston Respublikasi
“Sudlar to`g`risida”gi 2021-yil 28-iyulda qabul qilingan O`RQ-703-sonli qonunining
74-moddasida sudyalar intizomiy javobgarligining asoslaridan biri sifatida Sudyalar
odob-axloq kodekslari talablarini buzish
68
belgilab qo`yilgan.
Xulosa o`rnida shuni ta`kidlashimiz joizki sud bu – adolatni ta`minlovchi organdir. Sud
hukmlari,hal qiluv qarorlari, ajrimlarining qonuniy, asoslantirilgan va adolatli bo`lishi
jamiyatda qonun va adolat haqiqiy kuchga ega ekanligidan dalolat beradi.Odil sudlovni
amalga oshirishda yuqorida biz o`rganib chiqqan kodeks ham alohida ahamiyatga ega.
Buyuk yunon faylasufi Suqrot shunday degan edi:”Sudyaga to`rtta xususiyat mos
keladi: muloyimlik bilan tinglang, oqilona javob bering, ehtiyotkorlik bilan o`ylang va
xolis qaror qiling”
69
Sudyalar kasbiy faoliyatda ham, xizmatdan tashqari vaqtda ham
ular uchun majburiy bo`lgan odob-axloq qoidalariga qat`iy amal qilib, xalq bilan
muloqot shakllarini kengaytirib, muammolarni qonuniy hal qilish choralarini ko`rishi
zarur. Bularning barchasi xalqmizning sudga bo`lgan ishonchini yanada
mustahkamlashga xizmat qiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta`kidlaganlaridek
“Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqmizga xizmat qilishi kerak”.
Do'stlaringiz bilan baham: