Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

Название публикации:
«SUDYALAR ODOB-AXLOQ KODEKSI» 
Samarqand davlat universiteti, yuridik fakulteti, “Yurisprudensiya” yo`nalishi, 201
-
guruh talabasi 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada Sudyalar odob-axloq kodeksining 
predmeti,mazmuni,sudyaning odob-axloqiga doir umumiy talablar,sudyaning o`z 
kasbiy faoliyatini amalga oshirishida odob-axloq prinsiplari va qoidalari,sudyaning 
xizmatdan tashqari vaqtdagi odob-axloq qoidalari va kodeks qoidalarini buzganlik 
uchun javobgarlik masalalari yoritiladi. 
Kalit 
so`zlar

Sudya,kodeks,mustaqillik,tenglik,halollik,adolatlilik,beg`arazlik, 
xolislik, sud inspeksiyasi, sudyalar malaka hay`ati, intizomiy javobgarlik 
Respublikamizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari xalqimizning davlat va 
uning organlariga bo`lgan ishonchini oshirmoqda. Ushbu islohotlarning o`zagi sifatida 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktabrdagi 
“Sud-huquq tizmini yanada isloh qilish,fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli 
himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-4850-sonli 
farmonini
66
ta`kidlash joizdir. Aynan ushbu farmon asosida 2017-yildan boshlab keng 
ko`lamli sud-huquq islohotlari amalga oshirilmoqda va u bugungi kunda ham davom 
etmoqda. Ushbu farmonda davlat siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishlarini amalga 
oshirish bo`yicha sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim 
vazifalarining biri sifatida xodimlar o`rtasida suiiste`molchilik va boshqa 
huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va ularga chek qo`yish bo`yicha 
idoraviy nazoratni kuchaytirish, 
odob-axloq qoidalariga og`ishmay rioya etishlarini
ta`minlash
nazarda tutilgan. Prezident tomonidan belgilab berilgan vazifa va 
topshiriqlar ijrosini ta`minlash, odil sudlovni amalga oshirishda har bir sudyaning o`z 
xizmat vazifasini halol va vijdonan bajarishi, o`zining ishchanlik obro`si, sha`ni, qadr-
qimmatini va sudning nufuzini yetarli darajada ta`minlash maqsadida 2018-yil 29-
yanvarda Sudyalar oliy kengashining SOKQ-490-III-son Qarori bilan ”Sudyalar odob-
axloq kodeksi”
67
tasdiqlandi. Ushbu kodeks O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 
“Sudlar to`g`risda”gi, “O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi” va boshqa 
qonunlar, shuningdek xalqaro huquqning sudyalar odob-axloqini tartibga soluvchi 
umume`tirof etilgan tamoyillarga muvofiq ishlab chiqilgan.Kodeks tuzilishiga ko`ra 4 
bob va 21 ta moddadan iborat.Quyida uning mazmuni bilan tanishib chiqamiz. 
66
https://lex.uz/
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.10.2016 yildagi PF-4850-son
67
https://samarqand.sud.uz/uz/hujjatlar/sudyalar-odob-axloq-kodeksi/ 


846 
Kodeks har bir sudya uchun odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq kasbiy 
faoliyatida va xizmatdan tashqari vaqtda majburiy bo‘lgan, yuksak odob-axloq 
talablariga, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari qoidalariga, odil sudlov va 
sudyalar odob-axloqi sohasidagi xalqaro standartlarga asoslangan xulq-atvor 
qoidalarini belgilaydi

I bob “Umumiy qoidalar deb nomalanadi
.
Kodeksning 2-
moddasida sudyaning kodeksga rioya etishga doir majburiyati belgilab qo`yilgan. 
Unda:” Sudya odob va axloqning yuqori standartlariga amal qilishi, ushbu Kodeks 
normalariga so‘zsiz rioya etishi, har qanday vaziyatda haqqoniy bo‘lishi, sud 
hokimiyatining nufuzini tushiradigan va sudyaning obro‘-eʼtiboriga putur 
yetkazadigan yoki uning xolisligi, mustaqilligi va beg‘arazligiga shubha tug‘dirishi 
mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishi shart.” deb ta`kidlab o`tilgan. 
Xususan ushbu moddada yana sudya o‘z qasamyodiga sodiq qolishi, shuningdek fahm-
farosatlilik, xushmuomalalik, halollik, matonatlilik, ilmga chanqoqlik xislatlariga ega 
bo‘lib, jamiyatda yuksak sudyalik maqomiga munosib bo‘lishi, yuksak maʼnaviy-
axloqiy saviyaga va malakaga ega bo‘lmasdan sudyalik vakolatlarini amalga 
oshirishga haqli emasligini doimo yodda tutishi,fikr erkinligi huquqini amalga 
oshirishda odil sudlovning obro‘siga putur yetkazmasligi, jismoniy va yuridik 
shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishida adolatlilik va xolislikni ko‘rsatib, 
sansolarlikka yo‘l qo‘ymasligi kerakligi belgilab qo`yilgan

3-moddasiga ko`ra sudya 
senator, deputat bo‘lishi, siyosiy partiyalarga aʼzo bo‘lishi, siyosiy harakatlarda 
ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan 
boshqa biron-bir turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas. 4-moddasi 
sudyaning odob-axloqiga doir umumiy talablarni qamrab oladi.Unga ko`ra sudya: 

Odil sudlovni amalga oshirishda inson huquq va erkinliklarining sud tomonidan 
himoya qilinishi sud hokimiyati organlari faoliyatining mazmuni va mohiyati 
ekanligini unutmasligi; 

Har qanday vaziyatda o‘z shaʼni va qadr-qimmatini saqlashi, odob-axloq 
normalariga rioya etishi, kamtar, xushmuomala bo‘lishi hamda qo‘pollikka yo‘l 
qo‘ymasligi; 

Sudyaning faoliyatiga xalqning o‘zi baho berishini doimo yodda tutishi; 

Sudya o‘zi, qarindoshlari va boshqa shaxslar uchun biron-bir manfaat, 
xizmatlar, tijoratga oid yoki boshqa foyda olish maqsadida o‘z maqomidan 
foydalanmasligi, shaxsiy masalalar yuzasidan turli davlat organlari, jamoat 
birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa 
institutlariga murojaat qilishda o‘z xizmat mavqeidan foydalanmasligi; 

Sudya do‘st tanlash va tanish orttirishda ehtiyotkor bo‘lishi, o‘zining shaʼni va 
sudning obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan aloqalardan o‘zini 
tiyishi kerak ekanligi va boshqa talablar belgilangan. 
II bob Sudyaning o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishida odob-axloq 
prinsiplari va qoidalari deb nomlanib quyidagilarni o`zida qamrab oladi: 

Sudyaning mustaqilligi( 5-modda) 

Sudyaning xolisligi va beg‘arazligi prinsiplari(6-modda)

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish