Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

ФИО автора:
 Turg’unova Nodiraxon Xayrullo qizi
Farg’ona viloyati 
Buvayda tumani 
35-maktab 
tarix fani o’qituvchisi
Название публикации:
«TARIX FANINING O’QUVCHILAR MA’NAVIYATINI 
SHAKLLANTRISHDAGI O’RNI» 
ANNOTATSIYA:
TARIX
 
— tabiat va jamiyatdagi har qanday o‘zgarish va 
rivojlanish jarayonini ifodalovchi atama; insoniyat va uning hayoti, avlodlar 
almashuvi, sivilizatsiyalar, jamiyat va davlatlar shakllanishi, o’tmishi va taraqqiyoti 
bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganuvchi fan.Birinchi Prezidentimiz I.Karimov 
tarixning ma'naviyatda tutgan o‘rniga yuksak baho bergan: "Ma'naviyatini tiklashi, 
tug’ilib o‘sgan yurtida o‘zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko‘tarib 
yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak... Kim bo‘lishidan qat'i nazar, 
jamiyatning har bir a'zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamni yo‘ldan urish, 
har xil aqidalar ta'siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka 
o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi. Inson uchun tarixidan judo bo‘lish — hayotdan 
judo bo‘lish demakdir... Bu g’oyaning zamirida xalqimizning o‘zligini anglashi 
yotadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o‘zlikni anglash mumkin emas". 

Tarix fani — insoniyatning butun o‘tmishi davomida jamiyat hayotida sodir 


bo’lgan voqea, hodisa va jarayonlarni yaxlit tarzda o’rganadi. Bu fan ijtimoiy-
gumanitar fanlar (falsafa, siyosatshunoslik, sotsiologiya, iqtisod, psixologiya, 
san'atshunoslik) tizimining tarkibiy qismiga kiradi. Turli ijtimoiy va gumanitar fanlar 
inson va jamiyat hayotining alohida jihatlarini o‘rgansa, tarixning tadqiqot mavzui — 
aholi, jamiyat, mamlakat, davlat hayotining o‘tmishi va hozirgi davri xususidagi dalil 
va ma'lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, to‘plangan bilimlarni ma'lum bir tizimga solish 
va nazariy jihatdan,umumlashtirishdir. Tarix fani moziyda sodir bo‘lgan voqea, 
hodisa va jarayonlar o’rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ularning ildizi, tarixni 
harakatlantiruvchi sabablar, uning mantig‘i va ma'nosini ko’rish imkonini beradi. 
Qachon, qayerda, qanday sababga ko‘ra qanday voqea-hodisa yuz bergan, oqibati 
nima bilan yakunlangan, uning bizga, hozirgi zamonga qanday daxli, ahamiyati bor, 
degan savollarga javob topish orqali biz tarixdan saboq olamiz, uni anglaymiz. Inson, 
jamiyat va davlatni tanazzulga olib keladigan yo‘llardan esa voz kechamiz. Ijtimoiy 
va gumanitar fanlar tabiiy bilim sohalari ham tarix tadqiqotlari natijasiga tayanadi. 
Hozirgi zamon tarix fani alohida bo‘lim va sohalardan tashkil topgan bilimlar 
majmuasidir. Ixtisoslashish darajasiga qarab, ularni bir necha guruhga ajratish 
mumkin. Birinchi guruhni jamiyatning (jahon tarixi) butun va alohida tomonlarini 
o‘rganuvchi bo‘lim sohalar tashkil etadi. Jahon tarixi, ibtidoiy jamiyat tarixi, 


878 
qadimgi dunyo tarixi, o‘rta asrlar tarixi, yangi va eng yangi tarix shular 
jumlasidandir. Hududiy-geografik tamoyilga ko‘ra, tarixan bir-biri bilan bog‘liq 
yirik mintaqalar (Yevropa va dunyoning boshqa qismlari, Qadimgi Sharq, Markaziy 
Osiyoning ba’zi mintaqalari), alohida mamlakatlar va xalqlar tarixiga ajratiladi. 
Majmuaviy muammolarni tadqiq etish har bir guruh mamlakatlar va xalqlar tarixini 
(Uyg’onish davri, Reformatsiya tarixi) o‘rganish zaruriyatidan kelib chiqadi. Jahon 
tarixiga global yondashuv bilan bir qatorda mikro tarix (shahar va qishloqlar, 
alohida shaxslar, kundalik maishiy turmush) ham o‘rganiladi. Tarixning alohida 
tomonlarini o’rganish tarix fanining alohida sohalarini ajratishni taqozo etadi 
(masalan, harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, din, fan, madaniyat, san'at, intellektual, 
diplomatiya tarixi va boshqalar). Ikkinchi guruhni yordamchi va maxsus tarix 
fanlari tashkil etadi. Ularni alohida fanlarga ajratilishi va rivojlanishi tarix fanining 
xususiy tadqiqot usullarini ishlab chiqish zaruratidan kelib chiqadi. Bunda 
antropologiya, arxeologiya, etnolo-giya mustaqil o‘ringa ega. Yordamchi tarix 
fanlariga — manbashunoslik, arxeografiya, paleografiya, geraldika, xronologiya, 
metrologiya va numizmatika kiradi. Maxsus guruh — boshqa fanlar ehtiyojidan 
kelib chiqadi (masalan, tabiiy fanlar tarixi, texnika tarixi, davlat va huquq tarixi). 
Tarix fanining tarixini esa tarixshunoslik o‘rganadi. Tarix fani asrlar mobaynida 
qo‘lyozma asarlarda ifodalangan hayot, voqea-hodisalap, tarixiy shaxslar haqida 
hikoya qilishdek oddiy bayonchilikdan, muayyan sivilizatsiya hayotining 
shakllanish bosqichlari va umumiy qonuniyatlarini aniqlash, umumlashtirish, tahlil 
qilish va nazariy xulo-salar chiqarish kabi murakkab ilmiy yo‘lni bosib o‘tgan. Eng 
qadimiy tariximiz xususida madaniy yodgorliklar va arxeologik topilmalar ma'lumot 
beradi. Asrlar davomida siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy hayot tarixi haqida 
ma'lumotlar, Saroy yilnomalari, tarixchilar, xonlar, podshohlar tomonidan bitilgan 
qo‘lyozma manbalar shaklida jamlana borgan. O‘rta asrlar tarixshunosligida Amir 
Temur va temuriylar tarixi ayniqsa mufassal yoritilgan. Nodir qo’lyozma 
manbalarda O‘rta Osiyo mamlakatlarining geografik holati, yirik shaharlari va 
aholisi, ularning turmush tarzi va mashg‘ulotlari, karvon yo‘llari, urushlar, 
g’alayonlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy hayotiga doir turli 
ma'lumotlar bayon etilgan. O‘rta Osiyo Rossiya mustamlakasiga aylantirilgach, 
istibdod tuzumi tartibotlari tarix sohasidagi ilmiy tadqiqot ko‘lami va mavzusiga 
ham o‘z ta'sirini ko‘rsatgan. O‘sha davr tarixchilarining O‘rta Osiyo, jumladan, 
O‘zbekiston Tarixiga oid asarlarining aksariyati o’zining bir yoqlamaligi, 
metropologiya manfaatlariga xizmat qilishga mo’ljallangani bilan ajralib turadi. XX 
asr boshlarida milliy davriy matbuot sahifalarida tarix muammolariga oid maqolalar 
e'lon qilina boshlagan. Jadidchilik harakati namoyandalari mamlakat rivoji, millat 
taraqqiyoti, o‘zlikni anglashda tarix faniga alohida e'tibor qaratganlar. Xususan, 
Mahmudxo‘ja Behbudiy komil inson tarbiyasi ma'naviyat-ma'rifat taraqqiyoti, 
jamiyatni boshqarishda tarix fanining o‘rni beqiyosligini ta'kidlab, asarlarida 
faqatgina Vatan tarixini emas Yevropa va jahon mamlakatlari tarixini bilish 
zarurligi haqida fikr-mulohazalar bildirgan. Uning «Moziy istiqbolning tarozisidir», 
degan g‘oyasi tarix tajribasida o‘zining haqligini to‘la isbotladi. Totalitar tuzum 


879 
ziddiyatlariga qaramay, o‘ta murakkab sharoitda oliy ta'lim tizimida tarix ta'limining 
vujudga kelishi bilan mutaxassis tarixchi kadrlar tayyorlana boshladi. Tarix fanining 
tashkiliy asoslari mustahkamlandi. O‘rta Osiyo Davlat universiteti, Samarqanddagi 
Oliy pedagogika institutida qo‘lyozma kitoblar, vaqfnoma va vasiqalar yig‘ilib, 
ilmiy tahlil qilindi. 1943 yilda Tarix institutining tashkil etilishi Tarix fani rivojida 
muayyan bosqich bo‘ldi, tadqiqotlarni ma'lum ilmiy yo’nalishlar va reja asosida 
amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi. Keyinchalik Tarix va arxeologiya instituti tarixiy 
tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy markazga aylandi. Ammo Tarix fani nihoyatda siyo-
siylashtirilib, ilmiy-tarixiy tafakkur hukmron ideologiya qattiq nazorati ostida 
bo‘lgani tufayli juda ko‘p masalalarning asl mohiyatini ko‘rsatib, yoritib berish 
imkoni bo‘lmadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Tarix fani sobiq mafkuradan 
ozod bo‘ldi. Jamiyat hayotida amalga oshayotgan muhim ijtisodiy jarayonlar Tarix 
fani oldiga o‘zbek xalqining haqqoniy tarixini yaratish, uning taraqqiyot va jahon 
hamjamiyatidagi o‘rni va rolini aniqlash, tarixiy bilimlarni ommalashtirish va 
targ‘ib qilish orqali millatning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari, madaniyati, qadimgi 
an'analarini tiklash imkonini yaratdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining «O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini 
takomillashtirish to‘g‘risida»gi 1998 yil 27 iyul qarori bu borada muhim ahami-
yatga ega bo‘ldi. «O‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi» konsepsiyasi 
ishlab chiqildi. Mamlakatda tarix fani sohasida ilmiy tadqiqot ushbu konsepsiya 
doirasida amalga oshirilmoqda. Bu borada Islom Karimovning tarixchi olimlar va 
jurnalistlar bilan uchrashuvida bayon etilgan «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» 
asarida ilgari surilgan bunyodkor g‘oyalar muhim rol o‘ynadi. Unda Prezident 
tomonidan: «...tarixchilar millatga uning haqqoniy tarixini ko‘rsatib, isbotlab 
berishlari kerak. Zotan, tarix-xalq ma'naviyatining asosidir; ... biz haqqoniy 
tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan 
qurollantirishimiz zarur»ligi ta'kidlanib, tarixchilar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi. 
Ilgarigi davrda o‘rganish taqiqlangan, noto‘g‘ri talqin etilgan mavzular, jarayonlar 
tarixiylik tamoyili, ilmiy xolislik asosida-milliy mustaqillik asosida qaytadan 
o‘rganildi. Maxsus «O‘zbekiston tarixi» jurnali chop etila boshlandi (1998). 
«O‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi» respublika muntazam ilmiy seminari 
tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi tarixchilar jamiyati tuzildi (1999). 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi 
akademiyasi qoshi-da "O‘zbekistonning yangi tarixi markazi" tashkil etildi (1996). 
Ilk marotaba «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga binoan tarix fanining ta'lim 
tizimidagi o‘rni va ahamiyati yanada ortdi. Mustaqillik yillarida tarixchilarning 
xalqaro ilmiy hamkorligining keng imkoniyatlari vujudga keldi. O‘zbekiston tarix 
fanining dolzarb muammolari bo‘yicha xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkaziladigan 
markazga aylanib bormoqda. TARIXIY AN'ANALAR - tarixiy taraqqiyot 
jarayonida vujudga keladigan ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib o’tadigan, 
kishilar madaniy hayotiga ta'sir o’tkazadigan ma'naviy hodisalarni anglatuvchi 
tushuncha. Tarixiy an’analar o‘ziga xos ijtimoiy qoida sifatida kishilar ongiga (xalq 
yoki ma'lum guruh shuuriga) singib ketgan tartib va qoidalar majmui 


880 
hisoblanadi. Tarixiy an’analar hayotning turli jihatlarini o‘zida aks ettirib, ko’proq 
urf-odat va marosimlarda namoyon bo‘ladi. Bunday an'analar millat va elat ijtimoiy 
hayotida tarixiy vorislik asosida har bir davrda sayqallanib, keyingi avlodlarga 
uzatib kelinadi. Tarixiy an’analar- ning vorisiyligi millat na xalqning muayyan 
davrdagi uziga xos xususiyati, hayot tarzi, madaniyati, fani, adabiyoti va boshqa 
sohalarda erishilgan natija va yutuqlarini keyingi avlodlarga bekamu ko‘st yetib 
borishini ta'minlaydi. Tarixiy an’analar turli-tuman bo‘lib, ularda har bir davrga xos 
xususiyatlar mujassam bo’ladi. Tarixiy an’analar qaysi davrda yaratilishidan qat'i 
nazar, madaniy hamda ma'naviy-axloqiy xususiyatlarni o‘zida mujassam 
etadi. Tarixiy an’analar millat yoki xalqni birlashtirish, avlodlarni o‘zaro bog’lash, 
jamiyatda umumiy birlik va hamjihatlikni ta'minlash vositasidir. Tarixiy 
an’analarda axloqiy va madaniy qirralarning betakrorligi, muayyan xalq, millat yoki 
elat hayotining o‘ziga xosligi, vorisiylikning muhim jihatlari namoyon bo‘ladi. Har 
bir xalq o‘z tarixiy an’analarining sohibi, ularning saqlovchisi, rivojlantiruvchisi 
hamda kelajak avlodlarga uzatuvchisidir. Muayyan davrda bu boradagi uzilishlar 
milliy ma'naviyatda ko’plab yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi. Sobiq mustabid tuzum 
sharoiti-dagi mafkuraviy tazyiqlar milliy qadriyatlar bilan bir qatorda tarixiy 
an’analarni saqlashga ham salbiy ta'sir ko‘rsatgan edi. Navro‘z bayramini 
nishonlash qoralanib, uni xalqning ongidan siqib chiqarishga harakat qilindi. Shu 
tariqa, tarixiy an’analarning aksariyati «o‘tmish qoldiqlari» sifatida baholanib, 
yangicha madaniyat va yangicha an’analar sharoitida ularning barham topishi 
to’g’risidagi soxta aqidalar targ’ib qilinar edi. O’zbekiston mustaqillikka 
erishgandan so’ng tarixiy an’analarni tiklashga e’tibor kuchaydi. Ular mustaqillikni 
mustahkamlashning muhim vositasi, kishilarni ma’naviy kamolotga etkazish omili 
sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda. 

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish