FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Aminov B., Rasulov T.Vatan yurakdagi javohir.-T.:O`qituvchi, 1996. -
2.Hasanboyeva O., Hasanboyev J., Hamidov H. Pedagogika tarixi. - T.:
O`qituvchi, 1997.
3.Ibrohimov A., Sultonov H., Jo`rayev N. Vatan tuyg`usi.- T.: O`zbekiston,
1996.
798
ФИО автора:
Sa'dullayeva Marjona
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim vazirligiga qarashli Jizzax Davlat Pedagogika
instituti Boshlang'ich ta'lim fakulteti 3-bosqich talabasi
Название
публикации:
«ZAMONAVIY
O`ZBEK
SHE`RIYATIDA
IBORALARNING AHAMIYATI»
Annotatsiya.
Zamonaviy o`zbek she`riyatida iboralardan foydalanish xalqchillik vat
a`sirchan asarlar yaratilishiga hissa qo`shadi.
Kalit so`zlar.
Poetika, lirika, iboralar, frazeologik birliklar, qofiyadoshlik, poetic
nutq
O`zbek tilining boy lug`at boyligi, o`ziga xos ma`nodor jumlalari bo`lishi
bilan birga boshqa tillarda uchramaydigan iboralari ham mavjud.Zero, o`zbek
tilidagi iboralarning boshqa tillarga aynan tarjima qilib bo`lmaydi. Bu esa o`zbekona
ruhni oshiradi. O`zbek adabiyotining yuksak namunalarida ham o`ziga xos iboralar
qo`llash orqali samimiy, xalqchil asarlar yaratilgan. Jumladan, o`zbek lirikasining
yorqin vakili Erkin Vohidov o`zining mashhur asari ,,Nido” dostonida 20 ga yaqin,
Zulfiyaxonim Isroilova o`z she`rlarida 200 ga yaqin, Muhammad Yusuf 200 dan
ortiq, Abdulla Oripov 160 dan ziyod va boshqalar ko`plab iboralardan foydalangan.
O`zbek lirikasida iboralar orqali qofiya yaratish bilan birga ta`sirchan yo`sin hamda
sodda til o`z ifodasini topgan. Poetik nutq xususiyatlaridan mohirona foydalanishda
ham iboralarning ahamiyati katta.
,,Xalqim deyman ruhim tushib,
Kimlar ko`ngling to`q qildilar.
Ming so`qiring til topishib,
Bir uyg`og`ing yo`q qildilar.”
Shoira Halima Xudoyberdiyeva qalamiga mansub she`rda muhim ijtimoiy-ma`naviy
illatga kitobxon diqqatini tortishda ajoyib ifoda usuli sifatida ,,ruhi tushmoq”,
,,ko`nglini to`q qilmoq”, ,,til topishmoq” kabi iboralarda foydalanilgan. Ushbu
she`rda iboralar yordamida ,,qalb ko`zi ochilmagan” kishilarning jamiyat, millat
taraqqiyoti uchun xizmat qilayotgan fidoyi kishilarni ,,yo`q qilish”ga intilishi ochib
berilgan.
O`zbek she`riyatining yana bir buyuk qalamkashi Abdulla Oripov o`zining
,,O`zbekiston” she`rida 20 ga yaqin iboralardan foydalangan. Bu esa she`rga adabiy
799
ruh vat a`sirchan ifoda bag`ishlagan. Jumladan, ,, alam chekmoq”,zabtga olmoq”, ,,
zir qaqshatmoq”, ,,ko`z-ko`z etmoq”, yoqasidan tutmoq” va shu kabi iboralardan
o`rinli va mohirona foydalanish orqali kitobxon qalbida vatanga muhabbat tuyg`usini
uyg`otgan desak, mubolag`a bo`lmaydi. O`zbek poetikasida bu kabi frazalogik
birliklarni ko`plab uchratishimiz mumkin.
Bugungi dolzarb muammolardan biri esa o`zbek lirikasida iboralarning
qo`llanishdagi ma`nosini tushunishdan iborat, to`g`ri talqin etmaslik esa ko`p
hollarda noto`g`ri yondashuv va tushunchani shakllantiradi. Shunday fikrlarni yuzaga
keltirgan she`rlardan birida:
,,Boshimga ko`taray dunyoni
Buzilsin jaholat uylari.
Chinga aylantiray ro`yoni
Taralsin tinchlikning kuylari.”
Shoir Usmon Azim o`zining ushbu misralari orqali o`z orzu-istaklarni ifoda etar
ekan, ,,boshga ko`tarmoq” iborasidan foydalanadi. Ushbu ibora yuqoridagi satrlarda
ikki xil ma`no kasb etgan: birinchisi,,, e`zozlamoq” ma`nosida qo`llangan, dunyoni
e`zozlash orqali mehr-muhabbat, insoniylikni ilgari surish ifoda etilgan, bundan esa
jaholatni yo`q qilishga intilish o`z ifodasini topgan. Ikkinchisi esa, ,,shovqin solmoq”,
,,dovrug` qilmoq” ma`nolarida qo`llanilgan. Bundan kelib chiqadigan ma`no esa
dunyoga jar solish orqali jaholatga nuqta qo`yish demakdir. Bundan ko`rinib
turibdiki, o`zbek tilining boy frazalogiyasida ham ko`plab polisemiya holatalari
bo`lib, bu ikki xil ma`noviy yo`sinni yaratadi.
O`zbek she`riyatida iboralar qo`llangan misralarni ko`plab uchratishimiz
mumkin.Shoir oddiy so`zlarni muayyan sifatlar yoki iboralar bilan qo`llaganda,
kutilmagan ma`nolar, favqulodda ta`sirchan, quyma misralar maydonga keladi.
Injular tizmasidek jilolangan ona tili lug`atboyligini botiniy ko`z bilan ko`ra olgan
shoir har bir so`z va iborani dil bilan tanlaydi, tafakkur tarozisida o`lchaydi. Orginal
va obrazli ifoda usuli zamirida badiiy mantiq yotadi. O`zbek she`riyatining yorqin
vakili Abdulla Oripov bir to`rtligida shunday yozadi:
Goho yer mehrini o`ylarkan,
Esga tushar dorning siyog`i.
Ajab, hikmat, odam o`larkan,
Uzilganda….yerdan oyog`i.
800
Ushbu misralarda ,,yerdan oyog`i uzilgan” iborasi qo`llangan bo`lib, kibrli insonlar
haqida ta`sirchan ifodalar yaratgan va she`rga joziba va hikmat baxsh etgan.
Kitobxonga ushbu iboraning ma`nosini ifoda etishda ibora va so`z orasidagi
bog`liqlik ochib berilishi zarur, ya`ni ,,yerdan oyog`i uzilgan” iborasi ,,kibrli” so`zi
bilan ma`nodosh qo`llangan. Bunday murakkabliklarni anglash borasida
adabiyotshunos Izzat Sulton aytgan quyidagi mulohaza g`oyat o`rinlidir: ,,Tilning
badiiy asardagi alohida roli yana shunda ko`rinadiki, asarning syujaet qurilishida,
xarakterlar tasvirining chuqurligida, kompozitsiyasida nuqsonlar bo`lsa, o`quvchi
unday asarni o`qishi mumkin, ammo tili no`noq bo`lsa, o`qimaydi”
Til- adabiyotning asosiy quroli, hayot hodisalari, dalillar bilan birga uning asosiy ish
materialidir.
Shuningdek, mashhur qalamkash va shoir Oybek ,, O`zbek poeziyasida til”
maqolasida poeziya tiliga xos to`rtta xususiyatni alohida qayd qiladi. Ular-
ohangdorlik, bo`yoqlilik, ixchamlik,chiroylilikdir. Zero, so`z va iboralarni she`rga
munosib va o`rinli tanlanishi lozim, buning uchun har bir qalamkash bir she`r ustida
bir qayta emas, o`n qayta ishlashi talab etiladi. Zamonaviy o`zbek poetikasida ham
o`zbek lug`at boyligini ko`rsatib turuvchi, tilimizning boy ma`nolarini aks ettirgan,
xalqchil iboralardan keng foydalanilsa, samarali va ta`sirchan asarlar yaralar edi.
Bugungi o`zbek zamonaviy she`riyatida iboralardan keng foydalanilmoqda.
Jumladan, quyidagi kabi to`rtliklar:
Mana bu hikmatga, do`stim, sol quloq,
Balki sen-u menga bo`lgay bir saboq.
Posbonning qovog`i uyilgan bo`lsa,
Hatto jannatga ham tortmaydi oyoq.
Shoir Abdulla Oripov ta`kidlaganidek,oddiy gapdek tuyilgan har bir so`z, hatto
tinish belgisi she`r oldiga qo`yilgan ijodiy niyatni ro`yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Bu yerda qo`llanilgan ,,oyog`i tortmaydi” iborasi orqali ham munosib qofiya, ham
ta`sirchan va xalqchil ifoda aks etadi. Zamonaviy o`zbek adabiyoti namunalarida
bunday til boyliklaridan foydalanish orqali millat xos ifoda, xalqchillik , o`zbekona
ruh yosh kitobxonlar ongida shakllanadi.bu esa ona tilimiz bo`lmish o`zbek tiliga
hurmat, faxr hislarini uyg`otadi.
801
Bugungi kun o`zbek she`riyatida ,, jon olmoq”, ,,jon bermoq”, ,, ko`nglini
ko`tarmoq”, ,, boshga ko`tarmoq”, ,,ko`ngliga sig`moq” kabi iboralar ko`plab
uchrab turadi. Zamonaviy poetikamizda, asosan, vatanga muhabbat, faxr,
insoniylikka qaratilgan mazmundagi she`rlar ko`plab uchraydi. Iboralardan
foydalanishda esa o`rinlilik yuqori darajaga ko`tarish muhim ahamiyat kasb etadi. Bir
butun she`r tor doirani emas, keng bir tushuncha va muhitni qamrab olishi lozim.
Mazmunan teran hamda mazmunga mos so`zlar zanjiri kitobxonni o`ziga jalb qilishi,
yurak-yuragiga yetib borishi lozim. Noo`rin qo`llanilgan ibora, albatta, noto`g`ri
mazmun kasb etadi va kitobxonga tushunmovchiliklar tug`diradi. O`zbek frazalogik
lug`at boyligidan kelib chiqish shuni aytish mumkinki, boy adabiy muhit yaratish,
badiiy asar va she`rlarga o`zbekona ruh va joziba baxsh etish uchun yetarli
materiallar bor.
Zamonaviy o`zbek adabiyoti namunalarida frazeologik birliklarga sayqal berib
qo`llash yanada samarali bo`ladi. Zamonaviy o`zbek she`riyatida iboralardan uch xil
usulda foydalanishni kuzatishimiz mumkin;
1.
Frazeologik birliklar tarkibidagi ayrim so`zlarni almashtirish;
2.
Frazeologik birliklar tarkibini kengaytirish;
3.
Frazeologik birliklar tarkibini qisqartirish.
Ushbu uch holatda ham mazmundorlik va qofiyadoshlik ortishini kuzatishimiz
mumkin, lekin tag ma`nosi o`zgarmaydi,a lbatta.
Dedingki, mumkinmas senga hayajon,
Kulfatdan yiroq yur, may ham shart emas.
Magar yer yuzini bossa ham to`fon,
Sening to`pig`ingga chiqmasa shu bas.
Abdulla Oripovning ,,Bir sirki…” deb nomlangan she`ridan olingan ushbu
parchada ,,dunyoni suv bossa to`pig`iga chiqmaydi” iborasi ishlatilgan. Bu
iboraning yana bir variant ,,dunyoni suv bossa, o`rdakka ne g`am” bo`lib, u
beg`am, beparvo, har ishga loqayd qaraydigan , kuydi-pishdi bilmaydigan
odamlarga nisbatan ishlatiladi. Shoir ushbu she`rda kishilarni loqaydlikdan uzoq
yurishga chorlaydi, hayotga doimo teran nigoh bilan qarashga chaqiradi. Hayotga
qanchalik beparvo boqsang ham, undagi mayda tashvishlar insonni baribir
yengishini shoirona mahorat bilan tasvirlaydi. Bunda shoir iboraning aynan o`zini
qo`llamaydi, kuchaytirish maqsadida ibora tarkibidagi ayrim so`zlarni
almashtiradi, masalan, ,,dunyo” so`zi o`rnida ,,yer yuzi”, ,, suv” so`zi o`rniga
,,to`fon” so`zini qo`llaydi.
802
Xulosa qilib aytganda, bugungi kun zamonaviy she`riyatida iboralardan
foydalanish kitobxon uchun zavq, she`rga esa ta`sirchan ruh va xalqchil ifoda
baxsh etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati
1.Halima Xudoyberdiyeva Saylanma Sharq nashriyoti 2001-yil 398-bet
2.Abdulla Oripov Saylanma G'ofur G'ulom nomidagi O'zbekiston adabiyoti va
san'ati nashriyoti 2000-yil 1-jild 124-125-betlar
3.Abdulla Oripov Saylanma G'ofur G'ulom nomidagi O'zbekiston adabiyoti va
san'ati nashriyoti 2015-yil 2-jild 92-93-betlar
4.Usmon Azim Baxshiyona 2003-yil Cho'lpon nashriyoti 96-bet
5.O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati O'qituvchi nashriyoti Toshkent 1978 20-
bet, 181-bet, 246-bet
803
Do'stlaringiz bilan baham: |