Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

ФИО автора:
 Shakirova Mardona 
Urganch davlat universiteti Tarix fakulteti talabasi 
Название публикации:
«BUYUK IPAK YO‘LINING SHAKLLANISH TARIXI 
VA UNING AHAMIYATI» 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada buyuk ipak yo‘lining shakllanishi va tarixiy 
rivojlanishi, savdo yo‘llari haqida fikr yuritiladi. 
Kalit so‘zlar:
ipak yo‘li, savdo, Vu Di, Xitoy manbalari, karvonlar, tarmoqlar. 
Kishilik jamiyati paydo bo‘libdiki, uning taraqqiyot jarayoni hech qachon 
aloqalarsiz bo‘lmagan. Odamlar, urug‘ jamoalari, qabilalar, elatlar, xalqlar va nihoyat 
ularni hududiy-iqtisodiy va siyosiy birlishtirgan mamlakatlar o‘rtasida doimo aloqalar 
bo‘lgan va bu aloqalar tufayli yo‘llar paydo bo‘lgan. Biz qadimgi davr tariximizga 
nazar tashlar ekanmiz, kishilik jamiyatining bronza davridan e’tiboran, ba’zi joylarda 
undan ham ancha avval, ma’lum ixtisoslashgan yo‘llar paydo bo‘lganligini bilamiz. 
Ularning paydo bo‘lishida qabilalar, xalqlar va davlatlararo aloqalardan kelib chiqqan 
iqtisodiy, etnik, siyosiy va madaniy ehtiyojlar sabab bo‘ldi. 
Ma’lumki 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab qadimiy xalqaro savdo-
sotiq yo‘li Buyuk Ipak yo‘liga qiziqish kuchaydi. Keyingi paytlarda Buyuk Ipak yo‘li 
haqida ko‘plab tadqiqotlar olib borildi. Mazkur yo‘lni tiklash to‘g‘risida turlicha fikr-
mulohaza va takliflar bildirilmoqda. Hatto dunyoning eng rivojlangan davlati 
hisoblangan Yaponiyada Buyuk Ipak yo'li tarixini o‘rganuvchi maxsus markaz ish 
boshladi. Buyuk Ipak yo’liga bag‘ishlab xalqaro ekspeditsiyalar uyushtirilmoqda.
63
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, mil. avv. III asrning oxiri-II asrlarda 
xalqaro ahamiyatga va aniq yo'nalishga ega bo'lgan savdo tranzit yo'li shakllana 
boshlaydi. Buyuk ipak yo'li orqali Xitoydan ipak, chinni idishlar,choy va boshqa 
mahsulotlar chet mamlakatlarga chiqarilgan.
64
63
 S.Haydarov. “Tаrixshunoslik-mаnbаshunoslikning dolzаrb muаmmolаri” ilmiy konferensiyasi materiallari. 
Samarqand. 2017. B.-157. 
64
 . B.Boymenov, U.Shoimov, F.Bozorboyev, F.Sultonov, Sh.Yodgorov, Qadimgi davr. I qism. T.: 2006. B.-149-
150. 


824 
Buyuk ipak yo’lining shakllanishi bilan O’rta Osiyo va Xitoy aloqalarining 
yangi davri boshlandi. Buyuk ipak yo’li shakllana boshlagan dastlabki davrlardayoq 
Xitoy poytaxtidan Turfon vohasi va Pomir tog’ dovonlari orqali Baqtriyaga o’tuvchi 
bu yo’l uning muhim tarmoqlaridan biriga aylandi.
65
«Buyuk Ipak yo‘li» haqidagi ilk yozma ma’lumotlar miloddan avvalgi 138 
yilga to‘g‘ri keladi. Xitoy imperatori Vu Di topshirig‘i bilan Markaziy Osiyoga 
yuborilgan elchi va sayyoh CHjan Syan «Buyuk ipak yo‘li»ni o‘rganadi va bu to‘g‘rida 
o‘z tasnifini beradi. SHu davrda xunnlar Xitoyning shimoliy tumanlarini talon-taroj 
qilar edilar va imperator CHjan Syanni ko‘chmanchi xunn qabilalariga qarshi kurashda 
ittifoqchi va hamkorlar topish uchun jo‘natadi. Elchi xunnlar qo‘liga asir tushadi va 
o‘n yilcha hibsda yotadi. U asirlikdan qochib, Markaziy Tyan’shan dovonlari orqali 
Issiqko‘lga chiqadi. Norin daryosi bo‘ylab Farg‘ona vodiysiga keladi. Bu erda o‘zi 
uchun vodiydagi shaharlarni kashf qiladi. Bu shaharlar Farg‘ona podshohligiga 
qarashli ekanligini bilib oladi. Tabiiyki, elchi xitoyning xunnlarga qarshi kurashda 
Farg‘ona hukmdorining yordamini olmoqchi bo‘ladi. Lekin Farg‘ona hukmdori faqat 
savdo aloqalarini o‘rnatish istagini bildiradi. CHjan Syan janub sari sayyohatini davom 
ettiradi. Oloy vodiysidan o‘tib, yana xunnlar qo‘liga tushadi. Bir yildan keyin vataniga 
qaytadi. Elchi Xitoy imperatoriga «sayyohati» haqida gapirib beradi. U Xitoyga 
Farg‘ona otlaridan birini va beda urug‘idan olib borgan edi. Bu otni xitoyliklar samoviy 
deb ataganlar. Imperator Vu Di o‘z saroyi yaqinida beda ektiradi. Keyinchalik u 
Xitoyning butun shimoli bo‘ylab ekiladigan bo‘ladi. Xitoyliklar anor, uzum, bodring 
va yong‘oq ekishni ham yo‘lga qo‘yadilar. 
«Ipak yo‘li» Xitoyning qadimgi markazi Siandan boshlanib, Lanchjou orqali 
Dunxuanga keladi. Dunxuanda u ikkiga ajraladi. «Ipak yo‘li»ning janubi-g‘arbiy 
tarmog‘i Takla-Makon sahrosi orqali Xotanga, undan YOrkentga kelib, Pomir 
tog‘ining daralari orqali Vaxonga, undan Baqtriyaning bosh shahri Zariaspga (Balx) 
kelgan, Balxda yo‘l uch tarmoqqa ajralib, uning g‘arbiy tarmog‘i Marvga, janubiy 
tarmog‘i Hindistonga, shimoliy tarmog‘i Termiz orqali Darband, Nautak, 
65
 Mavlonov.M. Markaziy Osiyoning qadimgi yo’llari: shakllanishi va rivojlanish bosqichlari. T.: 2008. B.-
111-112. 


825 
Samarqandga qarab ketgan. «Ipak yo‘li»ning shimoli-g‘arbiy tarmog‘i esa Dulxuandan 
Bami Kuchi, Turfan orqali Tarim vohasiga – Qashg‘arga borgan. Undan Toshqurg‘on 
orqali O‘zgan, O‘sh, Quva, Axsikent, Ponga, undan Asht dashti orqali Xo‘jand, Zomin, 
Jizzaxga, so‘ngra Samarqandga Nautaka yo‘li bilan birlashgan. Yo‘l Samarqanddan 
g‘arbga – Dobusiyaga, Malik cho‘li orqali Buxoro va Romitanga, undan Varaxsha 
orqali Paykent va Forobga borib Amul’ shahriga o‘tgan. Amulda Marvdan Urganch 
tomon Amu bo‘ylab ketayotgan yo‘lga qo‘shilgan. Qadimda Marv shahri o‘zining 
qadimiy an’analari va har tomonga ketuvchi savdo karvon yo‘llari tutashadigan 
geografik qulayliklariga ko‘ra ipak yo‘lidan eng yirik shahar edi. 
Markaziy Osiyo orqali Xitoydan g’arbga o’tadigan savdo karvon yo’llari 
doimo sug’dlar nazoratida bo’lgan. Sug’d savdogarlari o’zlarining bu yo’ldagi 
hukmronligini saqlab qolish uchun Sharqiy Turkistonda, Ettisuvda, Oltoydan to Enisey 
sohillariga qadar bo’lgan hududlarda, shimoliy Xitoyning Shansi viloyatida, Dunxuan 
kabi qator shaharlarda o’z karvonsaroylarini va qishloqlarini barpo etganlar. 
Buyuk Ipak yo’li birgina iqtisodiy ahamiyat kasb etmay, balki u diniy, madaniy 
meros yutuqlarini tarqatuvchi, mamlakatlararo diplomatik aloqalarni ta’minlovchi yo’l 
ham edi. Mas, Hindistonning budda dini shu yo’l bilan Xitoyga Markaziy Osi yo orqali 
kirib kelgan. IV-VIII asrlarda Xitoyning tashqi olam bilan savdo aloqalari kengaydi. 
Ilk feodalizm davrida Xitoyda ipakchilik rivojlanib ketdi va ipaklar arzon narhda 
Markaziy Osiyoga Sug’d savdogarlari orqali kirib borgan. 

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish