Название публикации:
«MAQOLLARNING SEMANTIK TAHLILI (KOREYS
VA O‘ZBEK XALQ MAQOLLARI MISOLIDA)»
ANNOTATSIYA
Koreys va o‘zbek tillari bir til oilasiga mansub hisoblanadi. Koreys va o‘zbek
xalq maqollarining semantik jihatdan bir-biriga o‘xshash va farqli jihatlarini do‘stlik
mavzusidagi maqollar orqali o‘rganildi.
Tayanch so‘zlar: maqol, do‘stlik, semantika, mentalitet, qiyosiy, tahlil.
АННОТАЦИЯ
Корейский и узбекский языки принадлежат к одной языковой семье.
Семантические сходства и различия между корейскими и узбекскими
народными пословицами были исследованы с помощью очерков о дружбе.
Ключевые слова: пословица, дружба, семантика, менталитет, сравнение, анализ.
ANNOTATION
Korean and Uzbek belong to the same language family. The semantic
similarities and differences between Korean and Uzbek folk proverbs have been
explored through friendship proverbs.
Keywords: proverb, friendship, semantics, mentality, comparison, analysis.
KIRISH
Maqol – bu kundalik hayotimizda o‘rganilgan mahalliy ibora bo‘lib, u qadimdan
og‘zaki ravishda aytilgan satira, tanqid va hayotiy saboqlarni o‘z ichiga olgan qisqa
ibora hisoblanadi. Oddiy aforizmdan farqli o‘laroq, maqolning muallifi noma’lum va
uning yaratilish vaqti noaniq, shuning uchun xalq maqollar deb atashadi. Barcha
maqollar ajdodlardan bugungi kungacha etib kelgan intelektual va ahloqiy merosdir.
60
60
대한출판문화협회. 우리 말 속담 4000.- M.: 2010. – B. 3.
818
Maqollar xalqning hayot tarzi, falsafasi va dunyoqarashi bilan bog‘liq
ma’nolarni
ifodalovchi
va
milliy,
umuminsoniy
xususiyatlarni
o‘zida
mujassamlantirgan til qatlamidir. Maqollar o‘zbek va koreys xalqining ming yillik
turmush tajribalarida sinalgan hayotiy xulosalari, donoligi, ma’naviy boyligi, madaniy
merosi durdonalaridir. Maqollarni turli soha mutaxassislari hisoblangan olimlar,
tilshunoslar, adabiyotshunoslar, folkloristlar tadqiqotlar olib borishlari uchun muhim
manbadir.
Maqollar semantik va struktur jihatdan to‘la tugallangan matn sifatida
tilshunoslikning til haqidagi ancha navqiron sohasi bo‘lgan matn lingvistikasining ham
diqqatini o‘ziga jalb etmoqda. Bir til, hatto o‘zaro yaqin bo‘lgan va umuman bir-biriga
qardosh bo‘lmagan tillardagi turli maqollar yagona mantiqiy turga tegishli bo‘lishi va
bir xil alomatni ko‘rsatishi mumkin. Shu bois mantiqiy semantika va semiotikaga
bevosita tegishli bo‘ladi
61
Koreys va o‘zbek maqollarining semantik xususiyatlarini o‘rganish tadqiqot
ishining eng muhim qirralarini ochib beradi. Ushbu bobda o‘zbek va koreys
maqollarining semantik xususiyatlariga bag‘ishlanganligi bois koreys va o‘zbek xalq
maqollarining semantik jihatdan bir-biriga o‘xshash va farqli jihatlarini topish
dissertatsiyani yanada takomollashtirishga yordam beradi. Shu bois koreys va o‘zbek
xalq maqollari tarkibida hajm jihatidan ko‘p va kundalik hayotda faol ishlatiluvchi
maqollarning semantikasi tahlil qilindi.
Semantika yuncha semantikos - bildiruvchi, ifodalovchi til yoki uning biron bir
birligi soʻz, soʻzning grammatik shakli, frazeologizm, soʻz birikmasi orqali
ifodalanadigan butun mazmun, maʼno axborotdir. Turli til birliklarining maʼnaviy
tomonini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi; semasiologiya ayrim lug‘aviy unsurlar
tushunchalarni bildiradi. Bu tushunchalarni esa faqat toʻliq gaplar va ularning
qoʻshilmalari ifodalashi mumkin. Binobarin, Semantikaning oʻrganish obʼyekti ham
asosan toʻliq mustaqil maʼnoli soʻzlar va gaplarning maʼnolar tizimidir. Semantika fan
61
Даль В.И. Пословицы русского народа. М.: 1984. – C. 37
819
sifatida XIX-asrning 2-yarmidan rivojlana boshlagan va hozirgacha bir-biridan sifat
jihatidan farqlanuvchi bir necha bosqichdan oʻtgan.
62
Koreys va o‘zbek maqollarida eng ko‘p uchraydigan do’stlik mavzusiga oid
ayrim maqollarning koreys va o‘zbekcha variantlarini tahlil qilgan holda, maqollarning
har ikkala tildagi o‘xshash va farqli jihatlarini ko‘rib chiqildi. Do‘stlik leksemalarining
maqollarda keng ko‘lamda uchrashi tabiiy holdir. Chunki maqollar xalqning hayotiy
haqiqatga nisbatan qarashlarini va munosabatlarini ko‘rsatuvchi hodisadir. Do‘stlik
mavzusidagi maqollar xalqning ushbu tushunchalarga bo'lgan munosabatlarini yaqqol
ifoda etadi. Keltirilgan fikrlarni isbotlash maqsadida quyida bir qator do‘stlik
mavzusidagi ayrim o‘zbek va koreys maqollarining semantik tahlillari keltirildi.
Quyida tahlil qilmoqchi bo‘lgan do‘stlik mavzusidagi o‘zbek va koreys xalq
maqollarini asosiy manba sifatida
“우리 말 속담 4000” (대한출판문화협회, 2010.),
“O‘zbek xalq maqolari” T.Mirzayev, A. Musaqulov kitoblaridan foydalanildi.
Koreys va o‘zbek maqollarining semantik tahlillari qilingan holda, maqollarning
har ikkala tildagi o‘xshash va farqli jihatlari ko‘rib chiqildi. Bu orqali o‘zbek va koreys
tillaridagi maqollarning har ikki tildagi semantik jihatdan ishlatilish o‘rnini o‘rganildi.
Maqollarning semantik doirasi juda keng bo‘lgani uchun ham jamiyatning har bir
sohasida qo‘llanilishi mumkin. Bu borada koreys va o‘zbek xalq maqollari ma’no
jihatdan ham, qo‘llash jihatdan ham bir-biriga juda yaqin hisoblanadi. O‘zbek va
koreys tilidagi maqollarni hajm jihatidan o‘rganib borish asnosida aynan do‘stlik
haqidagi maqollarning ko‘proq uchratish mumkin.
Koreys va o‘zbek xalq maqollarida ma’no-mazmuni bir-biriga mos keladigan ,
bazi maqollar aynan so‘zma-so‘z tarjima qilinganda o‘xshash “
친구는 옛 친구가 좋고
옷은 새 옷이 좋다”
“Do‘stlar eski do‘stlarni, kiyimlar esa yangi kiyimlarni yoqtiradi”,
“Kiyimning yangisi – yaxshi, Do‘stning – eskisi.” maqoli o‘zbek xalq maqollari
orasida ham uchratishimiz mumkin. “
오랜 친구가 새 친구보다 낫다다
” “Eski do‘stlar
yangilaridan yaxshiroq” kabi ma’noda do‘stlikning xususiyatlarini ta’riflab uzoq
muddatli munosabatlarni saqlashga e’tibor qaratilgan.
62
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi - – M.: - Toshkent, 2000. 1- jilt
820
Bu maqollarda koreys millatining doimiy do‘stlik haqidagi fikr mulohazasi,
tasavvuri yoritilgan. Har ikkala tildagi umumiy ma’nosi shuki, uzoq yillik sinalgan
do‘st, yangi do‘stdan avzalligi ta’kidlangan. Bu maqollar koreys va o‘zbek xalqining
turli xil obrazidagi maqollari bo‘lishiga qaramay bir xil ma’noni anglatib, do‘stlik
mavzusidagi maqollarning semantik xususiyatlari aks ettirilib, maqollarning qo‘llash
ma’nosi bir xil ekanligi ko’rsatilgan. “
믿을만한
친구는
인생의
약
”
“Sodiq do‘st oltindan
afzal” va “
당신
옆의
친구는
가장
비싼
모피보
따듯하다
” “Yoningizdagi do‘stingiz eng
qimmat mo‘ynadan issiqroq” bu maqollarda koreys tilida do‘stlikning ahamiyati ifoda
etib, do‘stlikni barcha boylikdan afzalligini ifodalaydi.
Koreys maqollarining o‘zbek tilidagi tarjimasini yoki ma’nosini har doim ham
o‘zbek tiliga tayyor holda ishlata olmaymiz. Fikrimizni isboti sifatida
“콩 한쪽도 나누어
먹는다”
maqoli ko‘rib chiqildi. Maqolning o‘zbekchadagi tarjimasi “Fasolning bir
tomonini yeyaveringlar” . maqolning ma’nosi shuki, fasol kabi bir kichik narsani
bo‘lishish, qiyin paytlarda do‘stlar bir - biriga yordam berishi kerakligi tariflangan. Bir
qarashda maqol tarbiyaviy ahamiyatga ega va insondagi yaxshi fazilatlarni targ‘ib
etuvchi jihatlarini ko’rsatadi. Ammo o‘zbekchadagi tarjima har doim ham maqolning
aslini saqlab qolmasligi mumkin. Va biz buni og‘zaki nutqda ham, yozma nutqda ham
tilga tayyor holda faol ishlataolmaymiz. Maqoldan kelib chiqayotgan ma’no har doim
ham uni tashkil etayotgan so‘zlarning ma’nosidan kelib chiqmasligi mumkin, balki
uning obrazliligi bir maqolni har ikkala tilda bir xil talqin etilishiga olib keladi. Qadim-
qadimdan beri ishlatilinib kelayotgan bu maqolning o‘zbekcha ekvivalenti sifatida
“Do‘st og‘ir kunda bilinar”, “Nomardni jang sinaydi, do‘stni — muhtojlik” kabi
maqollarni keltirish mumkin.
Yana bir misol orqali koreys xalq maqollardagi o‘ziga xos xususiyatlari yoritib
berildi.
“새도 가지를 가려서 앉는다”
o’zbek tilidagi tarjimasi “Qushlar ham novdalarni
yopib o‘tirishadi” bu maqol ham so‘zma-so‘z tarjima natijasida koreys millatidan
boshqa xalqlar uchun tushunarsiz bo‘lishi mumkin , lekin asosiy ma’no-mazmuni
o‘rganilib, o‘zbek xaql maqoli bilan taqqoslandi. Koreys tilida bu shuni anglatadiki,
atrofingizga diqqat bilan qarashingizni va do‘st tanlashda ehtiyotkorlik bilan harakat
qilishingizni ifodalaydi. Qadim-qadimdan beri ishlatilib kelinayotgan bu maqolning
821
o‘zbekcha ekvivalenti sifatida “Do‘st - oshkor, dushman – yashirin” “Dushman baʼzan
kuldirar, o‘ng‘ay topsa, o‘ldirar” kabi o‘zbek xalq maqollari ma’no jihatdan mos
keladi. Ahamiyatli tomoni shundaki, maqol bugungi kunda ham har ikkala xalq orasida
juda faol hisoblanadi. Buni nafaqat kundalik turmushda uchratish mumkin, balki badiiy
asarlardagi ishtirokini ham kuzatish mumkin.
Ta’kidlab o‘tilgandek, maqollardagi pand-nasixat ohangidagi xususiyatlar
insonlarga har doim to‘g‘ri yo’l ko‘rsatib, yomon oqibatlardan ogohlantiradi. Maqollar
ustida qaysi tilda ish olib borilishidan qat’iy nazar ularning semantik xususiyatlariga
to‘xtalish ishning eng muhim qirralarini ochib berishga yordam beradi. Ko‘pincha
qiyosiy tilshunoslikda ikki tilda mavjud terminlarning ma’nolarini tahlil qilish va bu
borada tildagi mavjud leksemalarning yangi qirralarini kashf etish muhim hisoblanadi.
Kundalik turmushning ajralmas bir bo‘lagiga aylanib qolgan xalq maqollarida
dunyoning hikmati, donishmandligi mujassamlashgan. Koreys maqollari va matallarini
bilish tilni boyitadi, koreys tilining obrazli qurilishini o‘zlashtirishga yordam beradi,
xotirani mustahkamlaydi, xalq donishmandligiga oshno qiladi.
Maqollar semantik va struktur jihatdan to‘la tugallangan matn sifatida
tilshunoslikning til haqidagi ancha navqiron sohasi bo‘lgan matn lingvistikasining ham
diqqatini o‘ziga jalb etmoqda. Bir til, hatto o‘zaro yaqin, hatto umuman bir-biriga
qardosh bo‘lmagan tillardagi turli maqollar yagona mantiqiy turga tegishli bo‘lishi
mumkin. Shu bois ular mantiqiy semantikaga bevosita tegishli bo‘ladi. O‘zbek va
koreys tillaridagi do‘stlik mavzulariga oid bir qancha maqollarni semantik tahlil qilib,
ma‘no jihatidan bir-biriga o‘xshash va farqli jihatlarini o‘rganib chiqildi. O‘zbek va
koreys tillaridagi ko‘pchilik do‘stlik mavzusiga oid maqollar deyarli bir xil ma’no-
mazmunga egadir. Faqat har ikki tilda aynan bir-biriga mos keladigan so‘zlardan
foydalanilmagan. Odatda tarjimada turlicha ma’noga ega bo‘lgan maqollarni semantik
jihatdan chuqur tahlil qilish jarayonida bir xil ma’no anglatishi kuzatiladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, maqollarda har bir so‘zning ma’no
xilma-xilligi, iboralarning turg‘unligi, shakliy barqarorlik doimo ustunlik qiladi.
Ammo qo‘llanish o’rniga qarab ularning ma’no doirasi doimiy ravishda kengayib
boradi. Aynan ko‘rib o‘rganib, tahlil qilib chiqqan maqollarda ham ushbu holatni
822
ko‘rish mumkin. Koreys maqollarini o‘zbek tiliga yoki o‘zbek maqollarini koreys tiliga
tarjima qilish va maqollarning muqobil variantlarini keltirish jarayonida aynan ma’no
mazmunini saqlab qolish juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham maqollar bilan
ishlash avvalo ularning semantik xususiyatlarini, har bir maqolning asl ma’no-
mazmunini chuqur o‘rganib chiqishni talab qiladi. Aks holda xato tahlil qilingan maqol
boshqa tilda o‘zining asl ma’nosini butunlay etkaza olmasligi mumkin.
Adabiyotlar ro’yxati:
1)
T.Mirzayev, A. Musaqulov, B. Sarimsoqov . O‘zbek xalq maqolari - M.: -
Toshkent, 2005
2)
Даль В.И. Пословицы русского народа. М.: 1984
3)
예림당
.
우리말
속담
4000.
서울
:
대한출판문화
, 2010.
4)
대한출판문화협회. 우리 말 속담 4000.- M.: 2010
5)
임무출 “속담 고사성어 사진” 대구
823
Do'stlaringiz bilan baham: |