Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим


Hikmat alom berish odam uchun omonlik demakdir. Salom  berilsa, jon undan omonlik topadi. Haqiqiy do‘stlik qadri



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/210
Sana20.03.2022
Hajmi1,61 Mb.
#503119
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   210
Hikmat
alom berish odam uchun omonlik demakdir. Salom 
berilsa, jon undan omonlik topadi.
Haqiqiy do‘stlik qadri
(Ibratli hikoya)
hmad odobli o‘quvchi. Bir kuni u isitmalab kasal 
bo‘lib qoldi. Tuzalgunigacha o‘rnidan turolmay yotdi. 
Maktabdoshlari va qo‘shnilar uni ko‘rish uchun kelib, sog‘ayib 
ketishini tilab duo qilishdi. Otasi ko‘rish uchun uyga kelganlar 
yoki telefon orqali so‘raganlarning ko‘pligidan taajjublanib, 
ularning biridan so‘radi:
– Sen Ahmadning do‘stimisan, sen uni yaxshi ko‘rasanmi?
– Ha! – deb javob berdi u.
– Senga uning qaysi bir xulqi yoqadi?
– Uning yuzidan hamisha tabassum arimaydi, do‘stlari bilan 
chiroyli odob bilan ko‘rishadi, birinchi bo‘lib ularga salom 
beradi, salomiga muloyimlik bilan javob qaytaradi, ko‘rinmay 
qolgan kishilar haqida so‘raydi va kasallarni borib ko‘radi.
Shundan keyin otasi o‘g‘li o‘z odobi va muloyimligi bilan 
odamlar mehrini qozonganini bildi.
So‘zlashish va muomala odobi
y farzand, sen o‘z yumushlaringni bajarishda odamlar 
bilan muomala qilasan. Buning uchun senga til berilgan. 
Sen til bilan boshqa jonzotlardan afzaldirsan. Shuning uchun 
sen chiroyli did-farosatga rioya qilgan holda va to‘la odob bilan 
tilingni faqat foydali narsalarga ishlatishing kerak.
Buning uchun quyidagilarga rioya qilishing lozim:


– 280 –
1. Agar bir odamga gapirsang, o‘rtacha ovoz bilan gapir, ya’ni 
sen bilan gaplashayotgan odam ranjib qolmasligi uchun ovozingni 
juda baland ham, past ham qilma.
2. Har bir kishi bilan darajasiga qarab gaplashishga odatlan, 
ota-onang, ustozlaring va boshliqlaring bilan gaplashganda to‘la 
odobga rioya qil. Kichik ukalaring, uydagi xizmatchilar kabi sen 
bilan darajasi barobar kishilarga nisbatan yumshoq va muloyim 
bo‘lishga harakat qil.
3. Chiroyli, oson, maqsadni aniq ifoda etuvchi so‘zlarni tanla 
va odamlarga so‘zingdan malol etmasligi uchun ko‘p takror qilma.
4. Shoshilmay gapir, qo‘ling va boshing bilan ko‘p ishora qilma. 
So‘zingni tinglashga majbur qilish uchun sen gaplashayotgan 
odamning biron a’zosini ushlab olma.
5. O‘zing haqingda va o‘zingdagi fazilatlar haqida gapirma. 
Chunki odamlar o‘zini maqtagan kishini yomon ko‘radilar.
6. Sergap bo‘lma va so‘zni faqat o‘zingniki qilib olma. Chunki 
suhbatdoshing senga javob qaytara olmasligi mumkin.
7. Senga gapirayotgan odamni qo‘yib boshqasi bilan 
gaplashishga yoki kitob va jurnal o‘qishga chalg‘ib ketma, so‘zini 
tamomlashdan oldin suhbatdoshing so‘zini bo‘lma.
8. Agar suhbatdoshing so‘zidan biron noto‘g‘ri narsani topsang, 
yolg‘onchiga chiqarib yoki e’tiroz bildirib, uni xijolat qilma. 
Chunki u ozorlanadi va seni yomon ko‘rib qoladi.
9. Agar birov sen biladigan biron hikoyatni gapirayotgan bo‘lsa, 
so‘zini bo‘lib qo‘ymasliging uchun hikoyani bilishingni aytib, uni 
hijolat qilma. Bilsang ham sabr bilan tingla.
10. Agar bir guruh odamlar o‘zlariga tegishli mavzuda 
gaplashayotgan bo‘lishsa, ularning gapiga qo‘shilma. Faqat o‘zlari 
seni suhbatga taklif qilishsagina, ularga borib qo‘shil.
11. Jamoat joylarda baland ovozda gapirilmaydi.
“Maxzanul-ulum” kitobida so‘zlashish odobi haqida shunday 
deyilgan: “So‘zlashish odobi shundayki, so‘zni kam so‘zlasin, 
chunki laqmalik tentaklikning belgilaridan biridir. Kishi 
aytmoqchi bo‘lgan gapini aql tarozisida o‘lchamay turib gapirishi 
nomaqbuldir. Hakimlar: “Ko‘p o‘yla, so‘ng so‘zla”, deyishgan. 


– 281 –
Ehtiyoj paydo bo‘lmasdan bir marta aytilgan so‘zni takror 
gapirmasin. Biror kishi biron voqeani bayon qilishga kirishsa, 
eshituvchining bundan xabari bo‘lsa-da, xabardorligini undan 
yashirsin. Chunki gapiruvchi xijolat chekishi mumkin. O‘zga 
kishidan so‘ralsa, savolga javob bermasin. Agar savol ko‘pchilikka 
berilgan bo‘lsa, u mazkur savolga javob berishga qodir bo‘lsa 
ham, hammadan oldin javob berishga shoshilmasin. Biron kishi 
javob bersa, qoniqarli bo‘lmasa yoki qo‘shimcha qilishga qodir 
bo‘lsa, ohista javobini aytsin. O‘tirishda bo‘layotgan muzokara 
va munozaraga daxli bo‘lmagan holda aralashmasin. Kattalarga 
kinoyali so‘z aytmasin. Tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zni misollar 
bilan izohlasin. Bahs-munozarada chegaradan tashqariga 
chiqmasin. Har bir kishiga u tushuna oladigan darajada so‘zlasin”.

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish