Mushukka ozor bergan bola
(Hikoya)
ir bola uyiga kelganda u erda uxlab yotgan mushukni
ko‘rib eshikni berkitdi. Shunchaki o‘z ko‘nglini xushlash
va ermak uchun mushukning orqasidan quvib qo‘lidagi kaltak
bilan uni ura boshladi. Mushuk esa bir joydan boshqa joyga
sakrar, jonini qutqarish uchun har tarafga qochardi. Natijada
u xonadagi chinni idishlardan birini erga tushirib, uni sindirdi.
Bundan bola badtar g‘azablanib, mushukni beayov ura boshladi.
Mushukning joni og‘rib, butun kuchini to‘plab, bolaning o‘ziga
chang soldi va uning yuzini yumdalab oldi. Buni kutmagan bola
eshikka qarab qochdi va yordam so‘rab baqira boshladi. Mushuk
esa fursatni boy bermay uydan qochib ketdi. Shu bilan bolaning
yuzi bir umr tirtiq bo‘lib qoldi.
Navoiy bobomiz ibrati
(Ibratli hikoya)
avoiy bobomizning har kungi odatlari shu ediki, asr
namozini ado etgandan keyin namozda bo‘lmaganlarni
so‘rab-surishtirar, betob bo‘lganlar yoki hojatmandlar bo‘lsa,
ulardan hol-ahvol so‘rar, ularga behad mehribonliklar ko‘rsatardi.
Bir kuni bu odatiga xilof ravishda namozdan keyin tezlik
bilan o‘z bog‘lari tomonga qarab ketdi va biror joyda to‘xtamadi.
Odamlar bundan hayron bo‘ldilar.
– 276 –
Hazrat Navoiy bu holni shunday izohladi:
– Men masjidga kelayotganimda, falon joyda tahorat olgan
edim. Namozda turganimda elkamda bir chumoli o‘rmalayotganini
ko‘rdim. Bildimki, tahorat olgan joyimda u menga ilashgan
ekan. Mabodo u mening elkamdan tushib, ozor topsa va iniga
yo‘l topolmasa, shu sababdan uvoliga qolarman, deb qo‘rqdim.
Shuning uchun namozdan keyin tezlik bilan tahorat olgan
joyga borib, uni ini oldiga qo‘ydim, ozor etkazish tashvishidan
qutuldim. Hazratning xizmatidagilar bu hikoyani eshitgandan
keyin qay darajada jonzotlarga rahmdil ekanidan hayratlandilar
va duoga qo‘l ochdilar (Xondamir, “Makorimul axloq”).
Yodda saqlang:
Alisher Navoiy – o‘zbek mumtoz
adabiyatining asoschisi, adabiy tilimizni kamoliga etkazgan
ulug‘ shoir va mutafakkir.
Mehribon Hasan
(Ibratli hikoya)
ish kunlaridan birida Hasan non sotib olish uchun
nonvoyxonaga bordi. Uyiga qaytib kelayotganida yo‘lda
ozg‘in bir itni ko‘rdi. Go‘yo uning qo‘lidagi nondan bir bo‘lak
berishini o‘tinib so‘rayotgandek tuyuldi. Bu bechora it holiga
achingan Hasan o‘ziga-o‘zi: “Agar bu itga nonlardan birini bersam,
onam qattiq urishadi”, dedi. Ammo Hasan o‘ylab o‘tirmasdan itga
yordam berishga qaror qildi. Savatini qorga qo‘ydi-da, bir bo‘lak
nonni olib maydalab it oldiga tashladi. Nonvoyxonadan chiqib
bu erdan o‘tib ketayotgan bir kishi Hasanning gapini eshitib
qoldi. O‘zidagi bir bo‘lak nonni sekin, bildirmasdan Hasanning
savatiga solib qo‘ydi. Hasan uyiga kelganida savatidagi non
kamaymaganini ko‘rib hayron bo‘ldi. Agar Hasan mana bu
hadisni bilganida, bu voqeaning mohiyatini yaxshilab tushunib
olgan bo‘lar edi: “Kishining molu dunyosi qilingan sadaqadan
kamaymaydi”.
– 277 –
Do'stlaringiz bilan baham: |