Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/210
Sana20.03.2022
Hajmi1,61 Mb.
#503119
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   210
Mushukka aylangan sher
(Ibratli hikoya)
ir zamonlar bir shaharda jinoyatchilarni vahshiylarcha 
jazolash usuli joriy etilgan ekan. Shahar hokimi 
jinoyatchilarni och qolgan sherlar oldiga tashlashni buyurar ekan. 
Odamlar yig‘ilib, shu jazoning qanday ijro etilishini ko‘rish uchun 
sher yotgan qafas oldiga kelishar ekan. Bir kuni egasidan qochib 
ketgan qulni jazolagani olib kelishibdi. Bechora qulni o‘n kun och 
qoldirilgan bir sher oldiga keltirishibdi. Uni ko‘rgan sher to‘satdan 
to‘xtab qolibdi. Keyin qulning yoniga kelib uning qo‘llarini yalay 
boshlabdi, unga suykalib erkalanibdi.
Yig‘ilganlar buni ko‘rib hayron bo‘lishibdi va quldan sher nima 
uchun unga hujum qilmaganini so‘rashibdi. Shunda qul jazo 
berayotgan kishilarga va odamlarga qarab shunday debdi: “Ancha 
avval men bu sherga o‘rmonda yo‘liqib qoldim. Oyog‘iga uchli, 
katta bir tikan kirib qolib, uni rosa azoblayotgan ekan. Men unga 
yordam berdim, shu tikanni olib tashladim, shundan beri biz do‘st 
bo‘lib qolganmiz”.
Odamlarga qulning bu hikoyasi judayam ta’sir qildi. Ular qul 
bilan sherni birgalikda ozod qildilar. Qizig‘i shundaki, sher qulga 
huddi uning mushugidek ergashib kelar edi.
Salomlashish odobi 
y farzand, barcha insonlar nazdida maqbul sanalgan 
odoblardan biri salomlashishdir. Chunki salomlashish 
qalblarda xursandchilik, xotirjamlik va muhabbatni paydo 
qiladi. Salom har qanday ofat, balo va yomonliklardan uzoq 
bo‘lish ma’nosidadir. Demak, salom bergan kishi boshqalarning 
yomonliklardan uzoq bo‘lishini tilagan va unga yaxshilik so‘rab 
duo qilgan bo‘ladi. Ey farzand! Sen odamlarni necha marta 
ko‘rsang ham, ular bilan salomlashishni o‘zingga odat qilib ol va 
quyidagilarga rioya qil:
1. Uxlashdan oldin, uyqudan turganda, uydan chiqayotganda 
va uyga kirayotganda ota-onangga va oila a’zolaringga salom ber 


– 278 –
va ularning muhabbatini qozon.
2. Agar uyda xizmatchi bo‘lsa, unga salom ber. Agar sendan 
oldin salom bersa, unga alik ol. Shunday qilsang, u seni yaxshi 
ko‘rib, ixlos bilan xizmat qiladi.
3. Duch kelgan mahalladoshingga salom ber va ochiq yuzli bo‘l, 
ularning hurmatiga va qiyinchilik vaqtlarida mehr-muhabbatiga 
sazovor bo‘lasan.
4. Agar bir majlisga kirsang, o‘tirganlarga salom ber. Ularning 
har biri bilan qo‘l berib ko‘rishma. Faqat uy sohibi yoki majlis 
boshlig‘i bilan ko‘rishsang kifoya. Keyin o‘zingga munosib joyga 
borib o‘tir.
5. Maktabda o‘rtoqlaringga salom ber, ularni hurmat qil, 
ulardan o‘zingni katta olma va maktab rahbari va ustozlaringga 
har safar ko‘rganingda tabassum va chiroyli odob bilan salom ber. 
Agar shunday qilsang, ular tarafidan e’tibor topasan.
6. Agar senga birov salom bersa, unga undan ham go‘zalroq 
yoki o‘shanga o‘xshatib javob ber.
7. Kichik kattaga, turgan o‘tirganga va ulovda ketayotgan 
piyoda odamga salom berishi odobdandir.
8. Ovqat eyayotgan va shu kabi biron ish bilan mashg‘ul bo‘lgan 
odamlarga salom berma.
9. Ota-onangdan boshqa biron kishining qo‘lini o‘pma.
Ba’zi bolalar “assomu alaykum”, deb chala salom beradilar. 
Bolalar, shuni bilinglarki, “assalomu alaykum”, degani “sizga 
tinchlik va salomatlik tilayman” ma’nosini anglatadi. “Assomu 
alaykum” esa “sizga o‘lim bo‘lsin”, deganidir. Albatta biz o‘zimiz 
yaxshi ko‘rgan insonlarga faqat yaxshilik tilaymiz. Shundaymi? 
Demak, salomni to‘liq va to‘g‘ri berishimiz kerak. Yana “assalom” 
deyish ham etarli emas. “Assalom” tinchlik-salomatlikdir. 
Ammo salomning ortidan “alaykum” qo‘shilmasa, bu tilak kimga 
bildirilayotgani ma’lum bo‘lmay qoladi.
Aziz bolalar, yana bir narsani bilib olinglarki, agar birontasi 
sizlarga chala salom bersa yoki sizlar tushunmaydigan biron tilakni 
bildirsa, ularga “va alaykum”, deb javob qaytariladi. Bu “sizga ham 
shuni tilayman” deganidir. Shunda u sizga salomatlik tilasa, siz 


– 279 –
ham unga salomatlik tilagan bo‘lasiz. Agar dushmanlik ma’nosida 
biron so‘z aytgan bo‘lsa, unga munosib javob qaytargan bo‘lasiz.

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish