Bolalar lug‘ati
Jamiyat
– birlashma, tashkilot; kishilar jamoasi
(“jamiyat” va “jamoat” so‘zlari bir-biriga yaqin
ma’noni anglatadi).
Jinoyat
– ayb, gunoh, jinoiy ish, yomon oqibatlarga
olib boruvchi zararli xatti-harakat.
Sha’nini oyoq osti qilish
– hurmatini toptash, obro‘sini
to‘kish.
Jonzotlarga shafqatli bo‘lish
y farzand, odobli bolaning qalbi insonlarga va jamiki
jonzotlarga nisbatan mehr-shafqatga to‘la bo‘ladi,
birontaning ko‘ngliga ozor etkazmaydi, hayvonlarga zarar
bermaydi. Hayvonlarda inson uchun foyda ko‘p. Mol go‘shtini
eyiladi, sutini ichiladi, terisi va junidan kiyimlar tikiladi,
bir joydan boshqa joyga borishda unga miniladi. U dehqonga
beminnat dastyor va yordamchidir: erini haydab beradi,
sug‘orish charxpalaklarini aylantiradi va og‘ir yuklarini manzilga
etkazadi va yig‘ilgan hosilini uyga tashib keltiradi. Shuning uchun
– 274 –
biz jonzotlarga mehribon bo‘lib, muloyimlik bilan muomala
qilishimiz kerak. Chunki ular ham his qiladi, agar urilsa, joni
og‘riydi. Lekin buni gapira olmaydi. Ba’zi nodon va johil odamlar
ot-ulovini yurishdan bosh tortsa, boshiga kaltak bilan uradi. Bu
esa ularning haqini poymol qilishga kiradi. Inson qalbidagi mehr-
muhabbat uning imon-e’tiqodiga bog‘liq. Imoni kuchli odam
barcha tirik jonzotlarga mehr-shafqatli bo‘lishi tabiiydir. Ko‘nglida
kiri bor yomon kimsalar hayvonlarga shafqat nimaligini unutadi,
ularni bekordan-bekor qiynaydilar, uradilar va haqoratlaydilar.
Payg‘ambarimiz alayhissalom aytadilar: “Bir odam yo‘lda
ketayotganida juda chanqabdi, nihoyat bir quduqni ko‘rib,
uning oldiga borib, undan suv olib ichib chanqog‘ini qondiribdi.
Shu payt bir it tilini chiqarib, chanqoqlikdan namli tuproqni
yalayotgan ekan. U odamning rahmi kelib: “Bu it ham menga
o‘xshab chanqabdi”, deb quduqqa tushib, mahsisiga suv to‘ldirib
itga ichiribdi. Uning bu ishidan Alloh rozi bo‘libdi va uni
kechiribdi”.
Hayvonlar insonlar foydalanishlari uchun yaratilgan. Har bir
hayvondan biron ishda foydalanilib, uni toqati ko‘tarmaydigan
yumushlarni qilishga majburlanmaydi. Hayvonlarni vaqtida
edirib, ichirishga e’tibor berish, ularni och-nahor va suvsiz tashlab
qo‘ymaslik kerak. Shuningdek, ularni kuchlari etmaydigan ishlarga
majburlash, kaltaklash, yuzlariga urish, iskanjaga olish, so‘kib-
haqoratlash, och va suvsiz holda qoldirish gunohdir. Qushlarning
uyasini buzish, polaponini olib qo‘yib, onasini chirqillatish ham
yaxshi emas. Hayvon zoti bizning foydamizga yaratilgan ekan,
foydalanishdan boshqa maqsadlarda ularni ermak uchun qatl
etish, shunchaki o‘yin qilib biron narsa bilan poylab, ularga ozor
berish yaxshi ish emas. Yomon bolalar tosh va tayoqqa o‘xshash
narsalar bilan chumchuq va kabutarlarga shikast etkazadi yoki
bir oyog‘ini bog‘lab osmonga uchirib o‘ynaydi. Aziz bolalar,
unutmaylikki, bu ishning javobi va mas’uliyati bor. Bir qushni
o‘ldirgan bola bir kuni bu qilmishi uchun albatta javob beradi.
Shunday ekan, hayvon va qushlarga zarar keltirmaslik va ularga
nisbatan mehribon bo‘lish kerak.
– 275 –
Quyidagilar jonzotlarga muloyimlik qilish jumlasidandir:
1. Unga etarli ozuqa berishi.
2. Ozuqasi, tanasi va joylari tozaligiga e’tibor berish.
3. Ustiga og‘ir yuklarni yuklash va dam bermasdan to‘xtovsiz
ishlatish kabi toqatidan oshig‘ini unga majburlamaslik.
4. Uni urib, o‘ynab, bolasidan ajratib olmaslik.
5. Etarli miqdorda dam berish va kasal bo‘lsa davolatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |