O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Davolash. 
Toun bilan og‗rigan, hatto unga shubxa qilingan xar bir bemor 
albatta alohida shifoxona (gospital) ga yotqiziladi. Bunday binoda boshqa kasallik 
bilan og‗rigan bemorlarning bo‗lishi mumkin emas. 
Tounni davolashda antibiotiklardan streptomitsin yaxshi natija beradi. Uni 
bemorning ahvoliga va kasallik turiga qarab kuniga 3-4 ming TB gacha muskul 
orasiga yuboriladi. Uni teng dozalarga bo‗lib, xar 6 soatda yuborib turiladi. 
Levomitsitin suksinat, ko-trimoksazol sutkada 4 tabletka tayinlanadi. Davolash 
kursi 7-10 kun davom etadi. Antibiotiklardan ampitsillin, sefazolin, ampioks, 
seftriakson preparatlari katta dozalarda qo‗llanilishi mumkin. Davolash tugagach, 3 
marta qayta tahlil olib tekshiriladi. O‗lat bubonlari tezroq yo‗qolib ketishi uchun 


251 
bevosita bubon ichiga xar kuni bir martadan streptomitsin (500000 TB) yoki am-
pitsillin (0,5 g) yuborib turiladi. Bu dorilarni 3—5 marta yuborish kifoya qiladi. 
Bubon yorilgan hollarda uning ichidagi yiring tezroq chiqib ketishi uchun o‗sha 
joyga gipertonik eritma yoki furatsillinga ho‗llangan doka turund qilib qo‗yiladi. 
Intoksikatsiyani kamaytirish uchun Ringer eritmasi, reosorbilakt, reopoliglyukin, 
izotonik glyukoza eritmasi qo‗llaniladi. Kuchli intoksikatsiyaga qarshi 
glukokortikoidlar (kuniga 100-150 mg dan prednizolon) beriladi. 
Bemorlarga askorbin kislota 5% - 10 ml gacha beriladi. B, K vitaminlarini 
berish zarur.
Bemorni davolovchi shifokorlar gospital yopilgunicha o‗sha shifoxonaning 
o‗zida alohida binoda yashaydilar. Ular avvalo o‗zlariga kasallik yuqmaslik 
chorasini ko‗rishlari kerak. Bu maqsadda bemor oldiga kiradigan xar bir shifokor 
maxsus tounga qarshi kiyim kiyib olishi lozim. 
Bemor yotgan xonada dezinfeksiyalovchi eritmalar oldindan ko‗p miqdorda 
tayyorlab qo‗yilishi kerak. Bemordan ajralayotgan barcha chiqindilar darxol 
zararsizlantiriladi. Qilingan xar bir muolaja, olingan tahlildan so‗ng qo‗l 
dezinfeksiyalab turiladi. Ishlatilgan tibbiy ashyolar ham zararsizlantiriladi. 
Bog‗lam materiallari, qimmatbaxo bo‗lmagan anjomlar dezinfeksiyadan so‗ng 
yoqib yuboriladi. Barcha xarakat infeksiyani chetga chiqarib yubormaslikka 
qaratilgan bo‗lishi kerak. 
O‗latning bubonli formasidan sog‗aygan bemor isitmasi tushganidan boshlab 
hisoblaganda 2 haftadan keyin kasalxonadan chiqariladi. Bunda bubon butunlay 
so‗rilib ketgan va undan olingan moddadan undirib ko‗rilganda o‗lat mikroblari 
yo‗q bo‗lishi shart. O‗pka formasida esa, bemor xarorati me‘yoriga kelganidan 
boshlab hisoblanganda 16—18 kun o‗tganidan keyin uyiga jo‗natiladi, shunda ham 
balg‗amida o‗lat mikroblari yo‗qligi aniq bo‗lishi kerak. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish