O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Klinikasi. 
Toun kasalligida yashirin davr 6 kungacha bo‗ladi, o‘rtacha 2-3 
kun, o‗latga qarshi emlanganlarda 8-10 kungacha cho‗ziladi. Hastalik to‗satdan, 
shiddat bilan boshlanadi. Qaltirash bilan isitma ko‗tarilib, qisqa soatlarda tana 
xarorati 40-41°C gacha ko‘tariladi. Kuchli intoksikatsiya belgilari yuzaga keladi. 
Bemor jonsarak, halovati yo‗qoladi, betinch bo‗ladi, vahima bosadi. Alaxlash 
hollari ham kuzatiladi. G.P.Rudnev bo‗yicha quyidagi klinik shaklllari farqlaniladi:
A. 1) teri shakli,
2) bubonli shakl,
3) teri-bubonli shakl,
B. 1) birlamchi septik shakli, 
2) ikkilamchi septik shakli.
C. 1) birlamchi o‘pka shakli,
2) ikkilamchi o‗pka shakli,
3) ichak shakli farqlanadi. 
Eng ko‗p uchraydigan — teri-bubonli hamda bubonli
 
turlaridir. Ular infeksiya 
teri orqali yuqqanida yoki zararlangan burga chaqishi natijasida kelib chiqadi. Teri-
bubonli turida infeksiya kirgan joyda teri bo‗rtadi, ichida gemorragik suyuqlik 
tutgan pustula paydo bo‗ladi. Uning atrofidagi teri qizaradi, qattiq og‗riydi. Pustula 


249 
keyinchalik so‗rilib ketishi mumkin. Ko‗p hollarda esa, jarohatlangan joydagi 
to‗qima nekrozga uchraydi. 
Regionar limfa bezlari kattalashib, og‗riq beradi. Ular bubon deb ataladi. 
Bubon ko‗pincha chov limfa bezlarida uchraydi. Uning kattaligi tuxumday, ba‘zan 
undan ham katta bo‗lishi mumkin. Paypaslab ko‗rilganda qattiq, qimirlamaydi, 
atrofdagi to‗qimalar bilan yopishgan bo‗ladi, og‗riydi. Bubon uzoq vaqtgacha 
so‗rilmaydi, vaqt o‘tishi bilan, kasallikni 7-8 kunlarida ko‗pincha yumshab, yiring 
bilan to‗ladi va teri teshilib, yiring oqib chiqadi. Tounning bubonli turida infeksiya 
kirgan joy terisida o‗zgarishlar bo‗lmaydi. Kasallik shu bosqichda to‗xtab, asta-
sekin tuzalish ro‗y berishi mumkin. Boshqa hollarda esa hastalik avj olib, 
ikkilamchi o‗pka turi yoki ikkilamchi sepsis rivojlanadi. Kasallik nafas yo‗llari 
orqali yuqqanida tounning birlamchi o‗pka turi rivojlanadi. O‗pka turi tounning 
og‗ir keladigan hollaridan xisoblanadi. Unda o‗pkada gemorragik pnevmoniya 
rivojlanadi. Isitma yuqori bo‗lib, qusish, qattiq bosh og‗rishi va mushaklarda 
og‗riq bezovta qiladi. Ko‗krakda ham kuchli og‗riq paydo bo‗ladi. Nafas qisadi. 
Yo‗tal qattiq bezovta qiladi. Balg‗am qon aralash bo‗ladi, ba‘zan juda ko‗p 
ajraladi. Og‗ir hollarda bemor qon tuflaydi. Yurak-tomirlar faoliyati keskin izdan 
chiqadi. Bemor ko‗p alaxlaydi, og‗ir ahvolda bo‗lsa ham, turib qochib ketmoqchi 
bo‗ladi. O‗lim hollari ko‗p uchraydi. Tounning o‗pka turi epidemiologik jihatdan 
juda xavfli. Balg‗am bilan ajralayotgan millionlab toun mikroblari atrofdagilarga 
nafas yo‗llari orqali osongina yuqishi mumkin. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish