O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Patogenezi. 
O‗zbekiston gemorragik isitmasi asosan transmissiv yo‗l bilan 
yuqadi. Virus markaziy va vegetativ nerv tizimiga va mayda qon tomirlariga ta‘sir 
qiladi, natijada markaziy va vegetativ nerv tizimlarining faoliyati buziladi, qon 
tomir devorlarining o‗tkazuvchanligi kuchayib, umumiy intoksikatsiya belgilari 
paydo bo‗ladi.
Viruslarning vazotrop xususiyatlari shunda namoyon bo‗ladiki, ya‘ni bunda 
qon tomiri devorlarining o‗tkazuvchanligi oshib ketadi, bu kasallik uchun 
patologik hisoblangan to‗qimadagi plazmorreyaning kelib chiqishiga sabab 
bo‗ladi. Natijada perivaskulyar shish, ko‗plab qon quyilishi va nekrobioz 
o‗choqlarining paydo bo‗lishi kuzatiladi. 
Kasallikning patogenezi kapillyarotoksikoz, gemorragik toshmalar, ko‗plab 
qon quyilishi, ichki organ to‗qimalari va markaziy nerv tizimining zararlanishi, 
shish ko‗rinishida namoyon bo‗ladi. 
Kasallik avj olganda ko‗pincha 
gipotalamogipofizar, buyrak usti bezi yetishmovchiligi va infeksion toksik shok 


219 
holat yuzaga keladi. 
Oliguriya, 
og‗ir 
hollarda 
esa 
anuriyaning 
kelib 
chiqishi 
buyrak 
yetishmovchiligining belgilari bo‗lib, bu elektrolit va azot almashinuvining 
buzilishiga ham olib keladi. 
Gemorragik isitmadan o‗lgan odam murdasi yorilganda hamma organ va 
tizimlarda gemorragiya belgilari borligi, ya‘ni ularga qon qo‗yilib qolganini 
ko‘rish mumkin. 
Klinikasi. 
Kasallikining klinik kechishida 4 davr ajratiladi: inkubatsion davri, 
boshlang‗ich davri, gemorragik alomatlari paydo bo‗ladigan davri va sog‗ayish 
davri. Inkubatsion, kasallikning yashirin davri 3-6 kun. Boshlang‗ich davri bir 
necha soatdan 3 kungacha davom etib, asosan isitma va umumiy intoksikatsiya 
belgilari bilan namoyon bo‗ladi. Kasallik, odatda to‗satdan et uvishishi, qaltirash 
va tana xaroratining 38-39°C gacha ko‗tarilashi bilan o‗tkir boshlanadi. Ba‘zan 
bemorni boshi, oyoq-qo‗llari, beli qaqshab og‗riydi, darmonsizlanadi, yuzi, 
tomog‗i va ko‗z konyuktivalari qizaradi. Ishtahasi yo‗qoladi, ba‘zan ko‗ngli aynib 
qusadi va ichi suyuq keladi. Davom etayotgan isitma va intoksikatsiya belgilarini 
kuchayishi bilan gemorragik belgilar paydo bo‗la boshlaydi, kasallikning 
navbatdagi — gemorragik davri boshlanadi. Bu davrda terida petexial toshmalar 
toshadi, burun va milklar qonaydi, og‗ir hollarda buyrak, oshqozon, ichak, 
bachadon va o‗pkadan qon ketadi. Kasallikning og‗ir, yoki yengilligi qon 
ketishining ko‗p-ozligiga qarab belgilanadi. 
Bemor qon aralash safro bilan qayt qilishi va ichidan ham qon kelishi 
kasallikning og‗irligidan darak beradi. Ichki a‘zolarga qon quyilishi kasallikning 5-
7 kunlarida o‗limga olib kelishi mumkin. 
Bu kasallikda isitma o‗rtacha 7-8 kun davom etadi, ko‗pincha qo‗sh to‗lqinli 
bo‗ladi. Bemorda taxikardiya, gipotoniya, jigar, ba‘zan, taloqning ham 
kattalashganligi kuzatiladi.
Siydikda — albuminuriya, mikrogematuriya aniqlanadi. Kasallik og‗ir 
kechganda bemorda meningeal belgilar kuzatiladi. Xomilador ayollarda bola 
tashlash hollari uchraydi. 


220 
Kasallik 
yengil, 
yoki 
gemorragik belgilarsiz o‗tishi ham 
mumkin.
Rasm 32. Melena (ichakdan kon 
ketish)(CDC dan). 
Kasallik 
yengil 
o‗tganda 
intoksikatsiya 
va 
gemorragiya 
belgilari asta-sekin pasayib borib, 2-3 hafta davomida yo‗qoladi. Kasallikdan 
sog‗ayishi bir necha haftaga cho‗ziladi. 
O‗zbekiston gemorragik isitmasida o‗lim 30-35% ni tashkil etadi. O‗lim 
asosan intoksikatsiya sababli yurak-qon tomirlar faoliyatining yetishmovchiligi 
hamda qon ketishi va ichki organlarga ko‗p qon quyilishlar oqibatida sodir bo‗ladi. 
Qonda leykopeniya, neytrofil yadrolarining chapga surilishi, aneozinofiliya, 
trombotsitopeniya kuzatilib, EChT tezlashadi. Isitma avjida, ko‗p qon yo‗qotish 
natijasida gipoxrom kamqonlik kelib chiqadi. Xarorat 7—10 kun davomida baland 
bo‗lib, so‗ng pastlaydi, 2—4 hafta davom etadigan rekonvalessensiya davrida 
a‘zolardagi barcha o‗zgarishlar o‗z o‗rniga qaytadi.
O‗zbekiston gemorragik istimada o‗lim, xususan uning buyrak sindromlari 
bilan o‗tadigan turida Qrim-Kongo gemorragik isitmasiga nisbatan yuqoriroqdir. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish