O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Tashxis.
Tashxis tipik pufakchali (vezikulyoz) toshmalarni aniqlanishi, 
ularni butun tanaga toshishi, shu jumladan boshni sochli qismida bo‗lishi asosida 
qo‗yiladi. Toshmalarni o‗ziga hos evolyutsiyasi, toshmalar polimorfizmiga ham
e‘tibor beriladi. 
Laboratoriya
– umuman oddiy va elektron mikroskopda pufakcha 
suyuqlikdan tayyorlangan surtmani Morozov bo‗yicha mis eritmasida bo‗yab, 
aralash tanachalari (viruslar to‗plami) ni aniqlash ishlatiladi. 
Serologik reaksiya uchun komplementni bog‗lash reaksiyasi va IFA 
ishlatiladi.


215 
Immunoferment usulda vezikula suyuqligidan tayyorlangan surtma 
nusxalarida suvchechak antigenini aniqlash ham ahamiyatli bo‗ladi. Virusni 
insonni embrional hujayralari kulturasida aniqlash mumkin. 
Differensial tashxisi
. Suvchechakni o‗tmishda chinchechak bilan qiyoslash 
ancha mushkul edi. Hozir chinchechak yer yuzida tugatilgan. Suvchechakni 
impetigo, strofulyus, gerpetik infeksiyani tarqalgan turlaridan, juda kam hollarda 
skarlatina va boshqa toshmali kasalliklardan ajratish kerak bo‗ladi. 
Impetigoda 
toshmalar asosan yuzda va qo‗llarda bo‗lib, pufakchalar sariq-
yiringli suyuqlik ushlaydi, pufakchalar tezda yorilib, qalin po‗stloqlar hosil bo‗ladi.
Strifulyusda xarorat ko‗tarilmaydi. Toshmalar kuchli qichishuvchi, qattiq 
elementlardan iborat bo‗lib, asosan dumba, yelka, qo‗l va oyoqlarning yoziluvchan 
qismlarida ko‗p uchraydi. Gerpetik infeksiyani tarqalgan turlari eng yosh bolalarda 
uchrab, og‗ir o‗tadi, guruhlashgan pufakchali toshmalardan tashkil topib (tanani 
ochiq qismlarida), bir-biri bilan qo‗shilishga moyil bo‗lib, ko‗pgina po‗stloqlar 
hosil bo‗ladi. Jigar, qora taloq, limfa tugunlar kattalashadi.
Ba‘zan suvchechakda bo‗ladigan skarlatinasimon toshmalar o‗zini 
joylashishi bilan, angina, malinasimon til, og‗iz-burun uchburchagida oqlik 
yo‗qligi bilan skarlatinadan ajratiladi. 
Oqibatlari.
Tipik hollarda sog‗ayish bilan yakunlanadi. Kasallikning yomon 
sifatli turlari (keng tarqalgan, gangrenoz, gemorragik) turlarida, og‗ir bakterial 
asoratlar rivojlansa, asosan eng yosh bolalarda, ayniqsa yangi tug‗ilgan 
chaqaloqlarda yoki tug‗ma suvchechakda kasallik o‗lim bilan yakunlanishi 
mumkin. 
Davolash. 
Bolani gigienik holatiga, ko‗rpa-choyshablarni, kiyimlarni, bolani 
qo‗lini pokizaligiga e‘tibor berib turiladi. Vezikulalarga 1%-li brilliant ko‗ki, 
ovqatlangandan so‗ng og‗iz bo‗shlig‗ini dezinfeksiyalovchi moddalar bilan 
chayqash tavsiya etiladi. Yiringli asoratlar rivojlansa antibiotiklar buyuriladi. 
Suvchechakda kortikosteroidlarni berib bo‗lmaydi, ammo suvchechak ensefaliti 
yoki meningoensefalitda gormonlar samara beradi. Og‗ir holatlarda bolani og‗irligi 
hisobiga 0,2-0,5 ml/kg immunoglobulin buyuriladi.


216 
Ammo eng yaxshi samara adenin arabinozid, atsiklovir, viroleks, gansiklovir 
singari virusga qarshi preparatlar buyurilganda bo‗ladi. Bu preparatlar sutkasiga 5 
mg/ kg dan 100 ml. fiziologik eritmaga vena ichiga yuborilsa suvchechakni 
kechishi to‗xtaydi. Suvchechak asoratlari (ensefalit, maxsus pnevmoniya va 
boshqalar) rivojlanganda ham bu preparatlar kerakli samara beradi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish