O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Etiologiyasi. 
Brutsellyoz 
kasalligini 
qo‗zg‗atuvchi 
mikroblar 
brutsellalar guruhini tashkil qiladi. 
Ilmiy tadqiqotlar natijasiga ko‗ra, 1970 yilga kelib brutsellalar quyidagi 
turlarga ajratildi: 
-
Br. Melitensis - mayda shoxli qoramollarda brutsellyoz qo‗zg‗atuvchisi; 
-
Br. abortus bovis - yirik shoxli qoramollardagi brutsellezni qo‗zg‗atadi; 
-
Br. abortus suis - cho‗chqalardagi brutsellyoz ko‗zg‗atuvchisi; 
-
Br. Neotomae - kalamushlardagi brutsellyoz qo‗zg‗atuvchisi; 
-
Br. Ovis - qo‗ylardagi brutsellyoz qo‗zg‗atuvchisi, odam uchun patogen 
emas, lekin ularda bu turga nisbatan antitanachalar saqlanadi; 
-
Br. Canis - itlardagi brutsellyoz qo‗zg‗atuvchisi. Odamda ham kasallik 
chaqirishi mumkin. 
Brutsellalar mayda, ko‗pincha shar (yoki oval) shaklida yoki 
tayoqchasimon shaklda bo‗ladi, xarakatsiz, spora va kapsula hosil qilmaydi. 
Kulturasi va biokimyoviy xususiyatlari jihatidan olib qaraganda brutsellalar 
odatdagi ozuqa muhitlarida aerob sharoitida juda sekin o‗sa oladi. Buning 
uchun optimal xarorat 37ºC, muhit esa RN 6,7 - 7,2 bo‗lishi lozim. 
Epidemiologiyasi.
Brutsellyoz kasalligining tarqalishida mayda va yirik shoxli 
hayvonlar, hamda cho‗chqalar infeksiya manbai sifatida muhim 
epidemiologik ahamiyatga ega. 
Brutsellyoz yuqishida kasal qo‗y va echkilarning go‗shtlari, sut va sut 
mahsulotlari (pishloq, brinza, xom qaymoq, yog‗ va boshqalar) asosiy 
infeksiya tarqatadigan omil xisoblanadi. Ya‘ni go‗sht va sut mahsulotlarini 


233 
odam iste‘mol qilishi natijasida brutsellalar ovqat hazm qilish tizimi orqali 
organizmga tushadi, uni alimentar yo‗l bilan yuqish deyiladi. 
Shuningdek, kasal hayvonlarning chiqindilari bilan ifloslangan sabzavotlarda 
brutsellalar uzoq vaqt yashaydi. Brutsellyoz faqat qishloq aholisi o‗rtasida 
tarqalib qolmay, balki, shaxar sharoitida ham uchrab turadi, ya‘ni kasal 
hayvon xom-ashyolari va mahsulotlarini sanoatda qayta ishlashda, sut 
mahsulotlarini iste‘mol qilishda, epidemiologik havf tug‗diradi. Kasallangan 
hayvon chiqindilari (siydik, najasi, ifloslangan go‗ng, tuproq, jun va 
boshqalar) quriganda brutsellalar chang bilan havoga ko‗tarilib, nafas 
orqali ham odam organizmiga tushishi mumkin.
Brutsellalar organizmga muloqot, alimentar va aspiratsion yo‗l bilan 
yuqadi. Brutsellyoz hayvonlar va ularning mahsulotlari bilan muloqotda 
bo‗lgan kishilar veterinariya hodimlari, qushxona va sut kombinati 
xizmatchilari, chorvadorlar, qassoblar, teri va junni qayta ishlovchilar 
orasida ko‗proq shu kasal bilan og‗rish hollari uchrab turadi. Shuning 
uchun ham kasbga aloqador kasallik deb yuritiladi. 
Brutsellyozning kelib chiqishida faslning ham ahamiyati bor, ya‘ni 
qo‗ychilik fermalarda qo‗ylarni urchitish va qo‗zilatish aksariyat ko‗klam 
fasliga to‘g‗ri keladi. Shu davrda insonlar ko‗proq qo‗ylar bilan bevosita 
aloqada bo‗lganligi sababli, sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilmagan 
holda kasallik yuqadi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish