O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/159
Sana19.03.2022
Hajmi1,62 Mb.
#500866
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   159
Bog'liq
O\'.U.M. Radiatsiya xavfsizligi

Topshiriq 
1-variant 
1.
Radioaktiv yemirilish qonuniga izoh bering. 
2.
Uranning yarim yemirilish davri 1600 yilga teng. 8 000 yildan keyin 1 g 
urandan qancha qoladi? 
2-variant 
1.
Ionlashtiruvchi nurlanish va ionlashtiruvchi nurlanish manbaiga izoh 
bering. 
2.
Uranning yarim yemirilish davri 1600 yilga teng bo’lsa, 4 800 yildan 
keyin 10 g urandan qancha qoladi? 
 
Izoh:
Ushbu topshiriqni bajarishda guruh jurnalining toq nomeridan o’rin olgan 
talabalar birinchi variantdagi topshiriqni, jurnalning juft nomeridan o’rin olgan 
talabalar ikkinchi variantdagi topshiriqni bajaradilar. 


153
Amaliy mashg‘ulot № 2 
Mavzu: 
Yadroviy portlashdan keyin radiatsiyaviy holatni baholash metodikasini 
o‘rganish.
 
Mashg’ulot maqsadi: 
talabalarga yadroviy portlashdan keyin radiatsiyaviy 
holatni baholash metodikasini o’rgatish. 
Yadroviy portlash - 
zanjirli yadro reaksiyasi yoki termoyadro reaksiyalari 
natijasida juda katta energiyaning nihoyatda tez ajralib chiqishi tufayli sodir 
boʻladigan portlash. Unga ogʻir yadrolarning boʻlinish zanjir reaksiyasi yoki yengil 
yadrolarning sintez boʻlinish termoyadro reaksiyasi olib keladi. Uning 
shikastlantiruvchi va vayron qiluvchi taʼsiri bir vaqtda zarb toʻlqini, yorugʻlik 
nurlanishi, singuvchi radiatsiya, radioaktiv zaharlanish va elektromagnit impuls 
orqali sodir boʻladi. Zarb toʻlqini yoʻlida uchragan barcha obyektlarga taʼsir qiladi. 
Yorugʻlik nurlanishi turli moddalarni eritib, kuydirib, yondirib yuboradi. Singuvchi 
radiatsiya (gammanurlar va neytron oqimi) nurlanish kasalligini keltirib chiqaradi. 
Radioaktiv zaharlanish Yadro portlashida paydo boʻladigan bulutdan radioaktiv 
moddalarning tushishi natijasida hosil boʻladi va u ham nurlanish kasalligiga olib 
keladi. Elektromagnit impuls antennalar, simlar, kabel liniyalari, aloqa vositalariga 
taʼsir qilib, ularni ishdan chiqaradi. 
Yadroviy portlash havoda, yer ustida, yer ostida, suv ustida va suv ostida amalga 
oshirilishi mumkin. Havoda Yadro portlashi yadro qurollarining quvvatiga qarab 100 
m dan bir necha km gacha balandlikda boʻlib, zarb toʻlqini, yorugʻlik nurlanishi va 
singuvchi radiatsiya orqali shikast yetkazadi. Yer ustida Yadro portlashida shamol 
yoʻnalishi boʻylab tarqalgan radioaktiv bulutlar joylarni kuchli radioaktiv zaharlaydi. 
Yer ostida Yadro portlashi davrida koʻp miqdordagi tuproq bir necha km yuqoriga 
otiladi. Asosiy shikastlantiruvchi omil yerda tarqaladigan qisilgan toʻlqindan iborat. 
Yerdagi seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi tuproq tarkibiga qarab 5–10 km/sek 
boʻlishi mumkin. Suv yuzasida Yadro portlashining shikastlantiruvchi omillari: 
havodagi zarb toʻlqin va suv yuzasida vujudga keladigan toʻlqinlardan iborat. Suv 
ostida amalga oshirilgan Yadro portlashining shikastlovchi omili: suvda tarqalish 
tezligi oʻrtacha 1500 m/sek boʻlgan zarb toʻlqinidan iborat. Bu zarb toʻlqinlari 


154
kemalarning suv osti qismlarini va turli gidrotexnika inshootlarini shikastlantiradi. 
Yadroviy portlashning shikastlantiruvchi omillari bir vaqtda taʼsir qilsada, 
portlash markaziga yaqin masofadagi kishilarda kontuziya, kuyish, singuvchi 
radiatsiya va radioaktiv moddalardan shikastlanish ogʻirroq boʻladi.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish