Birlamchi
ifloslanganlikka avariyalar natijasida, ishlab chiqarish faoliyati
natijasida, portlashlar natijasida, yadro harbiy aslahalarini ekspluatatsiya qilishdan
hosil bo‘lishi mumkin. Ular havo, suv orqali obyektlarga o‘tirishi bilan yoki
radioaktiv moddalar bilan aloqador to‘qnashuvda bo‘lish natijasida ham bo‘lishi
mumkin.
Ikkilamchi
ifloslanishga birlamchi ifloslanishning turli yo‘llar bilan ilgari
ifloslanmagan yoki kam ifloslangan obyektlarga o‘tishi tushuniladi.
Radiatsiyaviy avariya sodir bo’lganda ularning ta’sirini kamaytirishga
mo’ljallangan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Radiatsiyaga qarshi (RQ) omillar deyilganda ionlantiruvchi nurlar ta'sirini
kamaytirishga mo'ljallangan kompleks omillar tushuniladi. RQ omillarida
quyidagi vazifalar ko'zda tutiladi:
a)
Radiatsiyaviy holatni aniqlash va baholash;
b) Dozimetrik nazoratni tashkil etish va o'tkazish;
v) Radiatsiyaga qarshi himoyalanish rejimlarini ishlab chiqish;
169
g) Radioaktiv shikastlanishda fuqarolarni hlmoyalash uslublari bilan ta'minlash
(bunda gazniqoblar, maxsus kiyim-kechaklar va boshqa vositalarni yig'ish, saqlash,
taqsimlash);
d) Radioaktiv shikastlanish oqibatlarini tugatish omillari (maxsus sanitar qayta
ishlash, yashash, ishlash joylarini, inshootlarni zararsizlantirish va boshqa omillar).
Radiatsiyaviy holatni baholash - RQ omillarining asosini tashkil etib, uni
o'tkazishdan maqsad:
•
fuqaro
muhofazasi
tizimlariga
kiruvchi
fuqarolarning
ishlash
qobiliyatlarini baholash;
• ishchi xizmatchilarning ish faoliyatlarini baholash va ulardan foydalanish
chegaralarini aniqlash;
• evakuatsiya davrida tibbiy yordam ko'rsatish hajmi:
• fuqarolarni sanitar-qayta ishlovdan o’tkazish hajmi:
•
jihozlarni,
transport
vositalarini,
shaxsiy
saqlovchi
vositalarni,
kiyim-kechaklarni, ish joylarini dezaktivatsiya qilish;
• radiatsiyaviy zararlangan hududlarda qolgan suv, yem, oziq-ovqat va
boshqalarni qayta ishlab foydalanish.
Radiatsiya
holatni
baholash
-
obyektning
fuqarolar
muhofazasi shtabi, uning tizimlari, jumladan, razvedka bo'limlari amalga
oshiradi (ya'ni radiatsiyaviy, kimyoviy va umumiy razvedka bo'limlari).
Oziq-ovqatlar,
suv
va
yemlarning
zararlanish
darajasi
radiometrik
va kimyoviy laboratoriyalarda aniqlanadi. Dozimetrik baholashda odamlarni va yer
usti jinslarini radiatsiya nurlari bilan nurlanganligi hamda zararlangan joylarda
odamlarning olgan nur dozalari aniqlanadi. Nurlanganlik darajasi guruh holda hamda
yakka tartibda tekshiriladi. Guruhni tekshirishda, tizimlar, sexlar bo'yicha
odamlarning olgan nur dozalarini hamda ularning ishlash qobiliyatlari aniqlanadi.
170
Dozani aniqlovchi ID-1 va OKP-50A (11-rasm) dozimetrlar odatda, 10-12
odami bo'lgan guruhlarga taqsimlanadi. Yakka tartibda esa ID-11 markali shaxsiy nur
dozasi o'lchovchi jihoz ishlatiladi. Mana shu ikki usul bilan (guruh va yakka tartibda)
sexlardagi, guruhlardagi, tizimlardagi odamlaming olgan nur dozalari o'lchanib,
jurnalga yozib boriladi.
Fuqarolarning umuman olgan nur dozalari qiymatiga qarab tizim boshlig'i, o'sha
fuqarolarning ishlash qobiliyatlari, zararlangan hududlarda bo'lish vaqtlarini aniqlab
beradilar.
Odamlar, texnika, jihozlar va boshqa kiyim-kechaklaming radioaktiv
changlardan zararlanishi OP-5 jihozi bilan aniqlanadi va mR/soat bilan o'lchanadi.
Oziq-ovqat, suv va yemlarni radioaktiv changlardan zararlanish darajasi radiometrik
usulda aniqlanadi va Ki/kg yoki Kill da o'lchanadl. Demak, dozimetrik nazoratni o'z
vaqtida, to'g'ri o'tkazilsa, odamlaming ish qobiliyatlarini va turmush darajalarini bir
muncha saqlash imkoniyatlariga ega bo'lamiz.
Radioaktiv zararlangan hududlarda xalqni saqlashning asosiy qoidalari
quyidagilardan iborat:
- radioaktiv zararlanish xususida ogohlantirish;
- himoya inshootlarida saqlash (boshpana, radiatsiyadan saqlovchi boshpana -
RSB);
- shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish;
- radiatsiyadan saqlovchi preparatlardan (ShO-2) foydalanish;
171
- zararlangan suv va yemishlardan saqlanish;
- zararlangan joylarda fuqarolarni saqlash rejimlariga rioya qilishlarini
ta’minlash;
- zararlangan joylardan fuqarolarni evakuatsiya qilish;
- zararlangan hududlarga odamlami kiritmaslik;
- fuqarolarni sanitar qayta ishlovdan o’tkazish, kiyim-kechak, texnika,
inshootlarni dezaktivatsiya qilish.
Radioaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda odamlarni xatti harakatlari,
radiatsiyaviy holatdan kelib chiqib aniqlanadi, bunda:
a) muayyan zararlangan joylarda, odamlar, RSB da bir necha soatgacha
saqlanishlari va so'ngra oddiy inshootlarda bo’lishlari tavsiya etiladi. Ammo
korxonalar va yashash maskanlar ishlarini oddiy rejim asosida amalga oshiradilar;
b) kuchli zararlangan joylardagi fuqarolar himoya inshootlarda uch kungacha
saqlanishlari va keyingi to'rtinchi kunda oddiy inshootlarda bo'lishlari mumkin.
Bunday holatlarda korxona va maskanlar alohida rejimda ishlashlari, ochiq joyda
ishlovchilar esa bir necha soatdan, bir necha kungacha ishni to'xtatishlari zarur.
v) xavfli va juda xavfli shikastlanishda fuqarolar himoya inshootlarida uch
kundan kam bo’lmasliklari hamda oddiy inshootlarda ham tashqariga chiqmasdan
saqlashlari kerak. Bunday korxonalarda hamma oziq-ovqat mahsulotlari germetik
idishlarda saqlanishi (shkaflarda, shishali yoki emalli idishlarda, polietilen
qopchalarda) hamda ovqat tayyorlashda faqat zararlanmagan suvlardan foydalanish
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |