Bizning yana bir qahramonimiz ismi yuqorida bayon qilingandek Emma
Meyson. U 1990- yilda Amerikaning Kaliforniya shtatida tug‘ilgan. Otasi Sem
onasi Elizbet Meysonlar oilasi. Emma yolg‘iz farzand edi. Otasi davlat ishida
ishlar ishi haqida uyda gap bo‘lishi mumkin emasdi. Onasi esa Sobiq alpenist,
har bir yo ikki yilda tog‘larga sayohatga chiqadi bishqa payt sport murabiyasi
bo‘lib faoliyat yuritadi. Emma onasi bilan sport zallariga borishni juda
yoqtirardi, o‘zi ham qiziqib qo‘l jangi bilan shug‘illangan edi. Emma
kichikligidan musiqaga, rasmga, muzeylarga umuman olganda sanatga
qiziqardi. Hayolot olami judayam keng ediki har qanday rasmni musiqa tinglab
juda jonli tasvirlardi. Onasi bundan rosa
quvonar yotoqxona va boshqa
joylarga qizing rasmlaridan ilib qo‘yardi. Hatto, ishxonasidagi o‘zining
xonasiga ham devorlarga ilib chiqqan.
Otasi bilan esa nisbatan munosabatlari uzoqroq edi, bu bilan dadasi
qizini yaxshi ko‘rmaydi demoqchi emasman, Sem qizini juda yaxshi ko‘rardi,
ammo ishi tufayli ko‘p vaqtini ishxonada o‘tgazar va ishi haqida og‘iz
ochmasdi. Lekin bir marta dadasi ishdan mehnat tatili olgandi, ular oilasi bilan
Alyaskaga borgandi chunki Emma ham onasi Elizabet ham qorni juda yaxshi
ko‘rardi, ular qorda mazza qilib o‘ynagan chang‘ilarda uchgan, tog‘larda
uchadigan liftga o‘xshagan narsalarda tushgandi. Emma atrof go‘zalligidan
shu qadar zavqlanganki borishgan birinchi kuni kechasi uxlay olmagandi.
O‘sha dam olish sayohati Emma uchun unitilmas baxtli onlar bo‘ldi. Onasi
erkalab Emmani quyoshim derdi, hatto "Qalbim quyoshi" degan qo‘shiq ham
hirgoya qilardi qiziga. Emma 14 yoshga to‘ladigan kundan bir kun avval onasi
Everestni yana bir bor zavt etish uchun Xitoyga ketishga qaror qildi. Va
Emmaning tug‘ilgan kunini
bir kun avval nishonlashdi
- Oyi, nega axir?
-Qizim aytdim-ku, ekspeditsiya guruhi bilan ketyapman va ularga men
kerakman, puli ham to‘langan, keyin meni bilasanku qizim tog‘lar meni jonu
dilim.
- Ha mayli oyi, unda meni tug‘ilgan kunimmi bugun?
- Ha albatta qizalog‘im tug‘ilgan kuning bilan
- Rahmat oyi!!!
Onasi ertangi kuni safarga chiqdi olis Xitoyga. Qizi uni intizorlik bilan
kutdi, ikki hafta ichida onasini sovuqda muzlagan tanasini olib kelishdi. O‘sha
kundan etiboran Emma juda yomon ahvolga tushdi. Daslab darslari
yomonlashdi dadasini
aytganlarini aslo qilmas, har hil janjal va ishkallaga
aralashib yurar edi. Otasi ishi tufayli Vashingtonga ko‘chib o‘tishdi.
Yangi maktabda boshida sal yaxshiroq edi, lekin o‘ziga bo‘lmag‘ur
do‘stlar topip, kluplarda yuradigan bo‘ldi. Rasm chizish qobilyatini ham har
hil devorlarga qoidalarni buzib chizib yuradigan bo‘ldi. Qor va sobuqdan
nafratlanardi, aslida esa juda qo‘rqardi. Otasi unga davlat ishlarida ishlashini
aytgan aslida maxfiy moliya bo‘yincha
ishlardi, yani davlat idoralarida
ishlaydigan amaldorlar tarafidan o‘zlashtirilayitgan mag‘lablar borasida. Va
ishida shunday narsaga duch keldiki uni faqat Birinchi vazirgagina ayta olardi.
Bitta yaxshigina mansabdor federal soha bo‘yicha katta mafiyalar bilan fitna
tuzgan. Bu esa davlatga hiyonat edi. Bundan kimnidir habar topganini bilgan
amaldor har narsaga tayyor ekanini Sem juda yaxshi bilardi va Birinchi vazirga
shifrlangan maktub yo‘llab o‘zi bekinishga ketdi. SHunday qilib ular hozir
Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanada chegara hududida joylashgan qorli
o‘rmonlarga kelib qolishdi. Bu yerdan ijaraga uy olishdi. Hech kim bezovta
qilmasligi uchun atay eng chekkadan olishdi uyni.
Uyga joylashish biroz qiyin kechdi, hamma joyni tozalab kech tushganda
bazo‘r tunishdi. Tunlari bu joylar vahimali bo‘lar ekan. Umuman bu yerlardan
nafratlangan inson uchun hamma narsa yoqimsiz tuyilmoqda. Uxlashga yotgan
Emma ag‘anab sira uxlay olmadi. Anchadan buyon yig‘lamagandi bugun esa
o‘ksib - o‘ksib yig‘ladi.
Kuni bilan daraxtning ustiga chiqib, uyni hamma joyini tartibga keltirgan
va kechasi yig‘lab chiqqan bu qizni kuzatib bizning Robert Miller turardi.
G‘alati
nega bunchalar asabiy, qordan nafratlanaman dedimi, rostan g‘alati,
o‘yladi Robert daraxtdan tushib uyiga yo‘l olgancha. Uyiga kirib o‘zining
doimiy kursisiga o‘tirib deyarli yuz martadan ko‘p o‘qigan kitoblaridan birini
olib mutolaga kirishdi.
Ertalab juda holsiz uyg‘ongan Emmani otasi nonushta bilan kutib oldi.
- Bu lanati joydan qachon ketamiz? – So‘radi Emma hech narsaga e’tibor
bermay.
- Bu yer la’nati joy emas, keyin senga aytganman bilmayman deb qachon bizni
olobketishsa o‘shanda ketamiz. Bu ko‘pga jo‘zilmaydi bir oy bo‘lishi mumkin.
- Nima bir oy?! Axir shuncha vaqt shu qorlar orasida yuramizmi?
- Balki!
- Dada, menga haqiqatni aytmas ekansiz, men bu joyda bir daqiqa ham
qolmayman.
Dadasining jim turganini o‘zicha talqin qilib, o‘rnidan turib eshik tomon
yo‘l olgan Emmani otasining siniq ovozi to‘xtatdi.
- Qizim to‘xta, mayli hammasini aytib beraman.
Otasi hamma gapni bafurja aytib berdi.
Haqiyqatni eshitgan Emma
qo‘rqdi. Dadasi va o‘ziga xafv soladigan narsa borligidan juda qo‘rqdi.
Dadasini yonida bo‘lishga qaror qildi. Garchi ohirgi olti yilda bor zahrini
sochib yurgan bo‘lsada ich ichidan otasini yaxshi ko‘rardi.
- Qizim! Bilaman onang vafotidan keyin seni yolg‘iz tashlab qo‘ydim, bunga
sen sababchi emassan men ham onangni juda juddda yaxshi ko‘rardim Elizabet
men borlig‘im edi. U o‘lgandan keyin memga ham oson bo‘lmadi seni ham
juda yaxshi ko‘raman qizim. Iltimos men bilan shu yerda biroz sabr qilib o‘tir,
xo‘pmi?
- Men ham oyimni yaxshi ko‘rardim... Mayli siz bilan shu yerda bo‘laman, axir
meni dadamsiz-ku.
O‘sha kuni Emma uyida qoldi kechqurun o‘zini narsalarini olib onasi bilan
ohirgi marta o‘tgazgan tug‘ilgan kunidagi tasmani hech kim yo‘q bo‘lgan
mehmonxonadagi televizorga qo‘shib tamosha qildi. Bu juda og‘riqli hotiralar
edi. Emma bu tasmalarni ko‘rmaganiga ancha bo‘lgandi. Mana boshlandi ota
onasi yonida uni qutlamoqda, sovg‘alar, to‘rt, shamlar, otasi yaxshigina tilak
bildirdi, onasi esa o‘zining har doimgi qo‘shig‘ini aytdi:
Do'stlaringiz bilan baham: