Quyoshim, yorqin nurim,
Hayotimsan har doim.
Ota va onangning baxtiga
Omon bo‘lgin, iloyim!
Emma qo‘shiqni davomiga quloq solmadi u divanda o‘tirgandi keyin
g‘ujanak bo‘lib rosaa yig‘ladi. Yig‘lab yig‘lab shu joyda uxlab qoldi.
Robert esa negadir hech narsa yoqmay atrofda aylanib yurgandi video tasma
ovozini eshitip hamma narsa yaxshigini eshtiladigan joyda turib kuzatdi. U
qizga achindi. Aslida Robert ertalabgi gaplarni ham eshitgan qisman nima
bo‘lganini tushingan edi.
Ertasi kuni nonishtadan so‘ng Emma tashqariga aylanishga chiqdi.
Robert esa uni kuzatib turgandi negaligini o‘ziyam bilmaydiyu lekin bu galgi
odamlarni kuzatish unga yoqib qoldi. Emma ko‘chaga chiqib quloqchinda
musiqa tinglab ketdi. Musiqa klassik asar Bethovenning "Ko‘z yoshlar
simfoniyasi", keyin esa "Jimjitlik" kompozitsiyasini eshitib o‘rmon ichida
aylanib yurdi. Ancha o‘rmon ichkarisiga kirib ketdi. Keyin joyida to‘xtadida
o‘zini orqaga tashlab yubordi. Buni ko‘rgan Robert o‘rnidan bir necha mert
oldinga chiqib ketdi, deyarli yoniga borib qoldi. Boshi uzra yuqoriga qaragan
Emma Robertni ko‘rib qoldi o‘rnidan sakrab turdi. Qochib ketish endi kech
ekanini bilgan va qochishga sabab yo‘q deb bilgan Robert joyidan
qimirlamadi. Robert va Emma bir biriga so‘zsiz termulib qoldi.
Qorli o‘rmonda Robert va Emma bir biriga qarab qolishdi. Robert endi
ko‘zdan g‘oyib bo‘lishga juda kech qolganini bilardi, nega u oldinga yurdi,
nega ko‘rnish berdi, axir hech kim ko‘rinmay yurgan ediku, uni yana bir narsa
bezovta qildi hid, odam hidi, juda yoqimli ekanda, bu qizning hidi. O‘zningni
bos Robert sen anchagina odamlarni yonida bo‘lgansan axir. O‘ziga o‘zi
gapirdi Robert. Emma esabu notanish, kiyimlari juda eski abgot holda bo‘lgan,
ammo o‘ta kelishgan yigitga tajub bilan qarab turardi. Bu yerda uni nima qilib
yurganiga qiziqdi va birinchi jumlani u aytdi.
- Kimsan? Bu yerda nima qilyapsan? – Robert hayron qoldi unga men
vampirman, bu yerda seni kuzatib o‘tirgandim demaydiku.
- Men... Men bu yerda yashayman. Robertman.
- Yashaysan?! Shu yerdayaa?!
- Ha shu yerda.
Emma hayron qoldi. Bu kimsasiz joyda birov yashaydi deb
o‘ylamagandi. Birdan Emmaning hayoliga bir o‘y kelib qoldi.
- Nima meni kuzatib yurganmiding?
- Yo‘q, albatta. Men... Men ovga chiqqandim.
Emma qishlarini chimirib Robert nazar soldi, hech qanday quroli yo‘q.
Qanday ov qiladi.
Emmaning o‘ziga sinchiklab qarayotganinj ko‘rgan Robert nimanidir
tushinib gap qotdi.
- Men tuzoq qo‘ygandim, o‘shalarni tekshirgani chiqqandim. Birdan seni yurib
ketayotib yiqilganingni ko‘rdim. Men seni hushingni yoqotding deb
o‘ylagandim.
- Ha.... Ha men o‘zimni qorga tashlagandim. Yaxshi buni senga gapirib
o‘tirmoqchi emasman, men shunchaki aylanib yurgandim. Ha aytgancha
o‘zimni tanishtirmadim- a? Men Emma Menson bo‘laman.
Emma yaqinroq kelib Robert qo‘lini siqib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Robert
biroz Emmaning harakatlariga tajublandi, keyin darrov nima qilmoqchi
bo‘lganini tushunib u ham oldinga yurdi.
- Robert. Robert Miller.
Qo‘l siqishib qo‘yishdi ular. Emma tabassum qilgan bo‘ldi. U juda sovuq
qo‘llarni ushladi. Albatta bundan seskanib ketdi, keyin esa shunday havoda bu
tabiiy hol bo‘lsa kerak deb o‘yladi.
Robert esa iliq va juda mayin, yumshoq bo‘lgan qo‘llarni asta ushlab
qo‘ydi.
- Bu yerda anchadan buyon yashaysanmi?
- Ha ancha bo‘lgan bu yerda yashayitganimga.
Emma bu yerda turush behuda ekanini bilib sekin orqaga yo‘l oldi. Yo‘l
yurib sekin orqaga qaradi Robert bo‘lsa joyidan qimirlamaganini bilib hayrin
qoldi va yana savol berdi.
- Sen shu yerda qolasanmi?
Robert bu savoldan ajablanib qoldi. Uni bu yerda qolish qolmasligi unga
nima aloqasi bor?
- Haaa men qopqonlarimni tekshiraman. Ko‘rishguncha.
- Ko‘rishguncha.
Emma asta orqasiga qaytib ketdi. Qulog‘iga yana quloqchini taqib o‘zing
sevimli klassik musiqalarini tinglab uyiga qaytdi.
Robert esa qizni orqasidan yashirincha kuzatib ketdi. Hidi biram ajoyib
agar u yaqinda ov qilmaganida nima qilardi, tashlanib qolarmidi qizga, yo
o‘zini tutib turarmidi, yaxshisi buni sinab ko‘rmagan maqul. Ovga boraman.
O‘yladi Robert. Olisdagi to‘g‘ yon bag‘rlarida ov qilib yurgan Robertni
miyasiga birdaniga bitta fikr keldi. Mariyani kelmaganiga bir yarim oycha
bo‘lgan yaqin orada kelishi kerak agar Emma otasi bilan shu yerdaligini ko‘rsa
o‘zini tutib turadimi yo‘qmi bilmaydi. Bu hayollardan Robert qo‘rqib ketdi.
Nega u qiz uchun qo‘rqyotganini bilmaydi. U qiz uchun havotir olyapdi,
tashvishlanyapdi. Lekin nega Robert bundan o‘zi ham juda hayron qoldi. Kech
tushganda ovdan qaytdi va uyiga emas to‘g‘ri Emmaning oldiga ketdi uni
kuzatib turdi. Bugun kechqurin Emma yana televizor oldida video tasma
tamosha qilishga o‘tirdi, lekin bu safar "13 yoshing muborak" degan yozuvli
video boshlandi. Ajoyib hotiralar. Videoni onasining tasviriga to‘xtatib qo‘yib
tasvirga temulib o‘tirdi. Keyin televizor yoniga borib erkandagi onasini yuzini
siladi keyin po‘lga yotib g‘uchanak bo‘lib oldi. Unibu holda yotganini otasi
ko‘rib uni xonasiga jo‘natdi, o‘zi esa qautib kelib tasmani boshidan ko‘rdi. U
ham ko‘ziga yosh oldi. Semga ham og‘ir jonajon rafiqasidan ayrildi juda
ayanchi tarzda ayrildi, yana manashu ishlar ham uni yaxshigina joniga tegdi.
Ertalab Emma nonushtadan keyin kiyinib yana yo‘lga chiqdi. Atrofni
aylanishga u uyda o‘tirsa ham bo‘lardi ammo bu uni rosa ezyotgandi. Hullas
uyida qamalib o‘tirish unga yoqmasdi. Tashqariga chiqib o‘rmonga kirib ketdi.
Buni albatta Robert kuzatib turgandi, bugun ham u bilan ko‘rishishni,
gaplashishni hohlardi.
Asta daraxtlar orasidan chiqib kelib mayingina ovozda
- Salom. Dedi.
- Ouu. Salom! Bu yerda nima qilyapsan. – Hayron qoldi Emma qulog‘idan
quloqchinni olib. Robert sekin tabassum qilib.
- Shunchaki, aylanishga chiqdim, - dedi.
- Hmm, shunchaki, aylanishga?! Yaxshi.
- O‘zing-chi, yana atrofni kuzatgani chiqdingmi?
- Ha huddi shunday.
- Bu yerga otang bilan kelganmisan?
- SHunday. Senichi ota onang bormi?
- Yo‘q. Meni ota onam qazo qilishgan.
- Kechirasan. Men shunchaki…
- Hechqisi yo‘q. Hijolat bo‘lma!
- Yaxshi.
- Yaxshi.
Emma bu yerda gaplashadigan biror odamni topganiga to‘g‘risi quvondi.
Negadir Robertga yorilgisi keldi. Lekin yana o‘zini bosdi, axir kecha tanishgan
odamingga butun hayotingni aytmaysanku. Uni yaxshiroq ham bilmayman.
Hayol qildi Emma. Robert esa uni yonida shunchaki yurmoqchi edi.
- Sen atrofni qanchalik bilasan?
Sukutni buzdi Emma.
- Deyarli hamma joyni juda yaxshi bilaman. – Javob berdi Robert.
- Biror qor yo‘q joy bormi o‘zi? – Emma qor yo‘q joyni topmoqchi bo‘lgandi
aslida.
- Afsuski, bunday joyni o‘zi yo‘q. – Javob berdi Robert.
Emma Robert ovozi nega bunchalar yoqimli eshtilyotganiga hayron
qoldi. Bunchalar yoqimli ovoz? Ko‘rnishi ham kelishgan. Faqaat... Faqat
kiyimlari naqadar eski. O‘zi shagarga borarmikin bu yigit? Emmani fikrlari har
yoqda to‘zib yuribdi.
Robert esa u bilan birga yurganidan judda hursand negadir.
- Senga atrofni yaxshiroq ko‘rsatishimga ijozat berasanmi?
- Mayli. SHuuuncha qordam boshqa yana nima ko‘rsatmoqchi menga bu.
O‘yladi Emma.
- Buyoqqa yur.
Yo‘l boshladi Robert. O‘zlari shundoq ham o‘rmonni ancha ichkarisiga
kirishgan edi endi esa chap tomonga yo‘l oldi. Robert Emmaga to‘g‘dan oqib
keladigan jilg‘ani ko‘rsatmoqchi. Jilg‘a to‘g‘dan oqib tushadi, shiddat bilan
oqqani uchun muzlamaydi va judda chiroyli manzara hosil bo‘ladi atrofida.
Robert yo‘l boshlab Emmani jilg‘a yoniga olib keldi. Atrofi suv sachraganidan
muzga aylangan qorlar bilan o‘ralib oqayotgan jilg‘a shunchalar chiroyli
ko‘rinardikii, uni ovozini aytmaysizmi biram ajoyib. Ular jilg‘a yonidagi
to‘nkaga o‘tirdi, aslida u to‘nkani Robertni o‘zi daraxtni qulatib yasagandi.
Bugun ular shu to‘nkaga o‘tirib jimgina musiqa eshitdi.
- Ertaga ham kelsam bo‘ladimi?
So‘radi Emma qaytishda.
- Ha, albatta. Xohlasang men ham bo‘laman.
- Ho‘p mayli.
O‘sha kecha Emma tushidao‘sha jilg‘a yonida ota onasi bilan
kichikligida dam olishga borgan kabi o‘ynab yurganini ko‘rdi. Tun yarmida
uyg‘onib bu tushi bo‘lgani uchun rosa o‘kindi.
Ertalab yana o‘sha jilg‘a yoniga yo‘lga chiqqan Emmaning oldidan
Robert paydo bo‘ldi.
- O‘zi sen qayerda yashaysan? So‘radi Emma nuqul uni oldodan qanday
chiqishiga hayron qolib.
- Men huu anavi tarafda qalin o‘rmonlik yonida yashayman. Noaniq javob
berdi Robert.
- Haaa. CHo‘zib qo‘ydi Emma o‘sha tarafga qarab.
Bugun Emma gapirishga qaror qilgan u o‘zini o‘tmishini qisqa metrajli
film kabi gapirip berdi. Gapini tugatib senchi? Deb so‘rab qoldi Robertdan.
Robert ham u bu gaplarni gapirgan bo‘ldi o‘zini o‘tmishi qiziqarli emasligini
aytdi. Ahir u men 1822 yilda tug‘ilganmaaan, vampirman demaydiku. Ota
onasidan ajraganini, yoshi 26 daligini, deyarli to‘rt yildan buyon shu yerda
yashashini aytdi. Ular gaplachib vaqt o‘tganini sezmay qolishdi. Kechga yaqin
qolganda Emma och qolganini sezdi va uyiga yo‘l oldi.
Kechasi Emma tinch uxladi. Albatta, uni shu atrofda Robert kuzatib
yurdi. Etralab uyqudan uyg‘ongan Emma zavqdan yashnab yurardi. U
anchadan buyon to‘xtatgan mashg‘ulotiga yani rasm chizishga kirishdi. Kuni
bilan uyida o‘tirib o‘sha jilg‘ani rasmini chizdi yana bitta qog‘ozga jilg‘ani
tomosha qilib o‘tirgan ikkta tanani, yana bittasiga o‘zi bilan oilasini chizdi.
Rosa quvongan Emma bugun tashqariga chiqmadi.
Bundan esa Robert hayron qoldi kuni tuni uyi yonida aylanib chiqdi
keyin ertalab ovga ketdi, chunki u bugun tashqariga chiqsa uni yonida tetik
bo‘lishi kerak yani Emma tashlanib qolmaslik uchun.
Ertalab erta uyg‘ongan Emma tezda nonishda qildida qalinroq kiyinib
yashqariga chiqdi, jilg‘a tonom yo‘l oldi. U atrofdan Robertni qidirdi lekin u
yo‘q. Balki jilg‘a yonidan toparman. O‘yladi Emmava o‘shayoqqa yo‘l oldi.
Jilg‘aga yetib Robertni bu yerda han topa olmadi. Kayfiyati tushib ketdi balki
o‘tirib tursa birozdan kelib qolar yo uyi tarafga borsammikin lekin uyi
qayerdaligini aniq bilmaymanku. O‘ziga o‘zi pichirlab o‘yladi Emma. Ora
tarafdan kimningdir qarab turganini his qilgan Emma orqaga o‘girildi. Shunda
unga tabassumda qondek qizil ko‘zlar bilan boqib turgan odamni ko‘rdi...
Do'stlaringiz bilan baham: |