Kirish kirish



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana19.03.2022
Hajmi0,6 Mb.
#500709
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5300828699485017589

OJIZ OQQUSHLAR 
Emma bilan Robert tezgina Emmaning uyiga aniqrog‘i yonib tul 
bo‘layotgan uyiga yetib kelishdi. Emma sho‘k holatda o‘zini bilmay Robert 


yelkasidan sirg‘alib yerga o‘tirib qoldi. Robert esa qizni otasini qutqarish 
uchun yonayotgan uy ichida otildi. Albatta Sem allaqachon o‘lgan chunki 
bo‘mba unga bog‘langan edida. Robert hozir bitta narsani biladi. Olov o‘lmas 
vampirni yo‘q qila oladi ekan. Chunki tanasi vampit bo‘lgandan buyon hech 
nimani his qilmay qo‘ygandi hozir esa olovda yonib ado bo‘lishini bildi. 
Robert Semning jasadini tashqariga olib chiqdi. Jasad ancha kuygan va juda 
yomon ahvolda edi, uni tezroq dafin etish kerak. Emma esa o‘tirgan joyida 
toshqotgan umuman miyasi ish faoliyatini vaqtincha to‘xtatgandek edi. 
Rahmat Emmadan yordam kutib bo‘lmasligini bilgach Semni o‘zi ko‘mib 
qo‘ya qoldi. Bu orada uy ham yonib tamom bo‘ldi. Robert Sem uchun bitta 
daraxt topip unga Semni ism familyasi va o‘lgan sanasini yozdi. So‘ng 
Emmani o‘rnidan ko‘tarib uyiga chopip ketdi, uyiga olib borib o‘zi yasagan 
kravatga o‘xshagan narsa uni ustida esa Emma uyidan o‘g‘irlab kelgan 
yumshoq narsa va choyshablari o‘ringa yotqizdi.
Emma g‘ujanak bo‘lib oldi atrofga qaradi Robertdan dadam qani? deb 
so‘radi, dadasini ko‘milganini eshtib ho‘ngrab yig‘ladi. Yig‘lab-yig‘lab uxlab 
qolganini o‘zi ham sezmadi. Endi Emmaga g‘amxo‘rlik qiladigan Vampirdan 
boshqa yaqini qolmagandi. Robert uni insonlik fazilatlarini bilardi yani qorni 
ochishi, yuvinish uchun joy, kiyim kechak va boshqa balo battarlar. Hullas 
ancha narsa kerak. Eng keraklisidan boshlaymiz Emma ochlikdan o‘lmaslogi 
kerak, o‘yladi Robert. Keyin ov qilgani ketti bitta kiyikni tishlamasdan o‘ldirib 
ko‘tarib olib keldi va tashqarida o‘t yoqib kiyik go‘shini olovda pishirib berdi. 
Emma esa buni Robertning qancha iltimoslaridan keyin bazo‘r bir ikki bo‘lak 
yedi. Kunlar shu zaylda ancha o‘tdi Emma kundan kunga madordan 
qolyotgandi hech nima qilmas hatto gapirmasdi. U uchun endi hayot tamom 
bo‘ldi deb o‘ylayotgandi. Ohiri bu narsalarga chiday olmagan Robert Emmani 
tashqariga olib chiqdi. Jilg‘a bo‘yiga olib bordi va so‘z boshladi.
- Emma nima sen o‘zingni yolg‘iz his qolyapsanmi? Hayotinga endi hech kim 
qolmadi deb o‘ylayapsanmi? Savoliga javob kutmasdan gapini davom etdi.- 
Adashasan, sen qattiq adashasan! To‘g‘ri men odam emasman lekin menda 
ham his tuyg‘ular mavjut sen yolg‘iz emassan yoningda men borman. Va seni 
hech qachon, eshtyapsanmi? Hech qachon qo‘yib yubormayman. Umring 
ohirigacha sen bilan qolaman nima bo‘lsa ham. Agar sen bu dunyoni tark 
etsang senga qo‘shilib men ham ketaman. Endi Emma iltimos, iltimos qilaman 
o‘zingni qo‘lga ol. Va yashashni davom et.
Emma indamadi. Mayus tabassum qildi halos. Bu esa Robert uchun 
judayam ortiq darajada quvonch olib keldi.


-Esingdami bu yerdagi suhbatlarimiz? Tinmadi Robert. Uni niyati Emmani 
gapirtirish edi. Savolga javob berishga majbur bo‘lgani uchun Emma og‘iz 
juftlashga to‘g‘ri keldi.
- Ha, albatta.
- Chizgan rasmning-chi?
- Esimda u ham.
- Meni rasmimni hech chizganmisan? Bila turib so‘radi Robert.
- Ha chizganman.
- Ho‘sh yana chizasanami?
- Ohh Robert! Hozir emas. Qachondir chizishim mumkin lekin hozir emas.
- Mayli qachon desang ham mayli axir menda vaqt ko‘p.
Javoban Emma yana o‘sha tabassumni hadya qildi.
Robertga Emmani yonida bo‘lish bir qancha azoblarni keltirardi. Avvalo 
uni qoni yani har qanday inson qoniga bo‘lgan kabi vasvasa. Yana bitta nasra 
bor ediki u qonga tashnalikdan ham ancha kuchli bir istak. Emmani yonida 
bo‘lganda, unga qaraganda, yana hozirgiga o‘xshash tabassum qilganda ichida 
nimadir titroq vujutga keltirardi. Juda kuchli istak Robert bilmasdi buni qilish 
to‘g‘rimi yo‘qmi Emmaga ziyon yetkazishdan qo‘rqardi. Hozir esa o‘sha istak 
yana avj oldi. Va buni amalga oshirishga shaylandi. Robert senkin Emmaga 
qaradi Emma hozirda bu yerdagi yamon va o‘ta yaxshi bo‘lgan hotiralarga 
cho‘mgani jilg‘aga qarab beixtiyor jilmaydi, u Robert bilan qilgan 
sho‘xliklarini eslab o‘tirgandi. 
Robert uni yelkasidan tutib o‘ziga qaratdi va juda yaqin kelib MEN SENI 
SEVAMAN dedi va labiga lablarini bosdi. Albatta Emma buni kutmagandi, 
shashib qolganidan nima qilishini bilmadi. Bu orada Robert uni juda mahkam 
quchib oldi va Emma og‘riqdan ingrab yubordi. Robert ham Emma ham juda 
qo‘rqib ketgandi. Emma kechirasan meni... meni yelkam u uruz deganicha 
kalovlanib qoldi. Robert ham uzur so‘rab uni uyiga olib bordi. Uyda esa yelka 
teshriruvdan o‘tdi, hulasa yaxshiroq sinmagan, chiqmagan. Lekin darrov 
siyohrang bo‘lib qolibdi. Ertaga ishib ko‘karib ketishi aniq. Albatta Vamput 
bo‘sa olgandan keyin boshqa nimayam bo‘lsin. Emma ham Robertga oshiq edi 
lekin bu haqda o‘ylashga madori qolmagan Vampirga oshiq bo‘lganini tan 
olish oson emas, har holda.
Robert o‘sha kecha ancha ov qilishga ancha uzoqqa ketdi. Daraxtlarni 
ayab o‘tirmay ildizi bilan qopardi. Ancha yovvoyi hayvonni boshiga yetdi 
lekin g‘azabini bosa olmasdi, u Emmaga ziyot yetkazishi mumkinligidan 
azoblanardi. Ertalab uyga qaytib bir og‘iz ham gap aytmay Emma uchun yana 


kiyik pishirdi. Emma ham o‘zini noqulay sezib indamay qo‘ya qoldi. 
Kechqurun ovga ketishdan avval Robert savol berdi.
- Yelkang? Yelkang yaxshimi?
- Ha, yaxshi. Qisqa qildi Emma.
- Yaxshi. Dedida tashqariga chiqib ketti Robert.
Emmaga bu yoqmadi bir kunda huddi begonadek gapirmasdan ketishini 
chi? Men hech nima qolmadimku. O‘zi kuchi ko‘o bo‘lsa menda nima gunoh, 
sal ehtiyotkor bo‘lish kerak edi, ahmoq. Deb o‘ziga o‘zi gaprib o‘tirdi. O‘zidan 
o‘zi jahli chiqdi. Ahir yamon emasdiku biroz baqirmay tursam bo‘lar ekan deb 
keyib o‘zini koyidi. Jahli chiqib yotoqqa yotmasdan tebranadigan kursiga 
o‘tirib uxlab qoldi. Ertalab esa uni Robert o‘rniga ko‘tarub olib boryotganda 
cho‘chib uyg‘onib ketti.
- Xoy, qo‘rqma bu menman dedida o‘rniga yotqizib qo‘ydi. Endi uyqu qoldimi 
muzdek qo‘llar bolan ushlagandan keyin. Emma o‘rnidan turib yuz qolin yuvib 
kelib nima deyishini bilmay biriz turdida so‘ng.
- Meni dadamni yoniga olib bora olasanmi? Dedi
- Albatta oboraman, qachon?
- Bugun, balki hozir.
- Mayli yur.
Ikkalasi Emmani yonib ketgan uyiga qarab yo‘l oldi. Bu safar Emma 
sekin borishni hohladi. Qabr yoniga yetib kelgach biroz sukut saqladi. Va shu 
yerda cho‘qinib otasi haqiga duo qildi. Uzundan uzoq so‘zlar bilan bu yerga 
kelmagani uchun uzr so‘radi endi tez tez kelib turishga vada berdi. Tushlikdan 
keyingacha shu yerda turib keyin kulbaga qaytishdi.
Endi Emma ancha yengillashib qolgandi. Qaytayotib Emma oradagi 
sovuqchilikni biroz yoqotishga ahd qildi va yerdab sekin qor oladida Robertga 
otdi. Albatta Robert bunga chab berib qoldi va hoyron bashara bilan Emmaga 
qaradi. So‘ng anchadan buyon ko‘rmagan yuzni ko‘rdi Emma unga lablarida 
yoyilgan tabassum bilan boqib turibdi qo‘lida yana qor. Mo‘njalga olib qorni 
uloqtirdi yana vampur tezligi, qor nishonga tegmadi. 
- Bir joyda tursangchi, deb baqirib ham qo‘ydi. Robert hayron bo’lib, nega?
- Nega bo‘lardi seni qor bilan urmoqchiman dedi Emma tabassun bilan. Shu 
zohoti yerdan qor olib yana uloqtirdi. Qorga chap bergan Robert Emmani 
kayfiyati Yaxshiligini ko‘rgach u ham hazil qilishga tushdi.
- Nega endi sen mo‘njal ola olmasang men o‘zimni tutib berishim kerak dedi 
Robert ham tabassum bilan. 
- Voy hali men mo‘njal ololmaymanmi?


Dedi Emma arazlagan bo‘lib yana qor uloqtirib, bu galgisi ham noshonga 
tegmadi.
- Ana nima dedim poylay olmaysan. Hozir o‘zim ko‘rsataman nishonlashbi 
dedida yerdan qor olib Emmaga otishga shaylandi. Emma buni ko‘rib duch 
kelgan tarafga qochdi albatta qor kelib Emmaga tegdi, u qordan qattiq zarba 
yegan kabi yerga quladi. Buni ko‘rgan vampir qo‘rqib qizni yoniga yugirib 
keldi osomga qarab yotgan qiz Robert kelishi bilan uni oyog‘idan chaldi. 
Robert ham qorga quladi uni ustiga qortashlash bilan ovora Emmaga tajublanib 
qaradi va bu hazilligini endi angladi. Emma maza qilib kulardi. Voy yaramasee 
dediga Robert ham yitgan joyida unga qor sochdi. Ornidan turmoqchi bo‘lgan 
Emmani qo‘lidan bitta tortida o‘ziga qulay qilib ushlab oldi. Emma charchab 
qolganidan tez nafas olardi Robert esa boshqa narsadan so‘ng u kechagi 
qo‘polligini takrorlanaslikka harakat qilib o‘zini yoqotmasdan sekin 
avaylabgina bo‘sa oladi Emma ham bunga tayyor edi va u javob qaytardi. 
Robert bu gal chegaradan chiqmagan holda buni to‘xtatdi. Astagina erkalab 
Emmani ko‘zlaridan mayin o‘pip SENI ROSTAN HAM SEVAMAN dedi. 
Ular shunday qilib kulbaga kelishdi. Robert Emma uchun yegulik tayorlaydi. 
Va kechqurun ketishdan avval Emmaga bir narsaberadi uni boya qorda tushirib 
qoldirganinu aytadi. Emmani yuzidan o‘pib, tong otasdan qaytaman deb chiqib 
ketadi. Bu topip olingan narsa fleshka edi. Bu fleshka haqida Emma eslay 
olmaydi, menikimidi? Deb o‘ylab qoldi va otasi o‘lgandan buyon bir chetda 
ishlatilmay yotgan notebooki esiga keldi, Notebookni ohirgi marta otasi o‘lgan 
kuni Robertga dunyoning boshqa shaharlari hozir qanday ekanini ko‘rsatishga 
olib kelgan keyin pianino bilan ovora bo‘lib qolishgandi. Notebooki esidan 
chiqqanini qaranglar aa? Uni ochi haliyam ishlayapdi Emma quvonib ketdi va 
Fleshkani notebookka joyladu ichida bitta video va qandaydir hujjatlar bor u 
videoni ochdi. Video boshlanishi bilan Emmaning ota onasi bilan birga 
o‘tgazgan tug‘ilgan kuni chiqdi, va onasini qizi uchun aytgan qo‘shig‘i. Keyin 
tasvir o‘zgardi, yonib ketgan uyda o‘tirgan dadasi ko‘rindi. Tabassum qilib 
so‘z boshladi.
- Qizalog‘im, kayfiyating biroz ko‘tarildimi? Ko‘tarilgan bo‘lsa yaxshi. Sen bu 
videoni ko‘ryotganingda men hayot bo‘lsam fleshkani ishonchli joyga yashir, 
agar sening yoningda bo‘lmasam, o‘lgan bo‘lsam yaxshisi uni yo‘q qilganing 
yaxshi. O‘ylaymanki davlatga sodiq odamlar bizni olib ketishadi. Bu fleshkani 
men seni kurtkaningni ichki cho‘ntagingga solib qo‘ygandim chunki bilaman 
sen cho‘ntak kavlashni yoqtirmaysan,(videodagi Semni yuzi yana kuldi). Sen 
bu yerlarga kelganimizni yoqtirmasding, biz bunga majbur edik sababi esa 


hozir shu fleshkadagi hujjatlarda. Davlat amaldorlari mansabidan foydalanib 
ancha qing‘ir ishlar qilgan hujjatlarda ism familyalar, to‘lav summalari, 
talangan mollar va noqonuniy bitimlar mavjud. Qizim yana qaytaraman agar 
men o‘lgan bo‘lsam seni buni yoqot va hayotingni qaytadan boshla. Bu yerda 
bitta do‘st topganingni bilaman, lekin u biroz g‘alati, qandaydir sovuq. Men 
sen uchun qayg‘uraman va har kim bilan do‘stlashishingni hohlamayman. 
Senga esa bir narsa tayorlaganman. Uyni orqa tamonida yerni qazib quti 
yashirganman. Unda pasport, haydovchilik guvohnomasi, anchagina pul va har 
ehtimolga qarshi 22-kolibrli to‘pponcha bor esingdami seni qurol otish 
mashg‘ulotiga olib borgandim 13 yoshdamiding hullas ishlatishni bilasan deb 
o‘ylayman, ammo ishlatishga to‘g‘ri kelmasin. Yana bitta masala sen 
mamlakattan ketishing kerak, Shvetsariyaga bor u yerda sen tanimaydigan 
ammang bor u meni ona boshqa singlim, onasi bizdan ayirgani bilan juda 
mehribon edi onang bilan to‘yimizga ham kelgan, qutichani ichida uni manzili 
ham bor va to‘y suvrati ham solganman albatta u eski. Qizim men seni va 
onangni juda yaxshi ko‘rardim va hozir ham jonimdan ortiq ko‘raman. Har 
doim va har on. O‘zingni ehtiyot qil va aytganlarimnu bajar. SHvetsariyada 
senga hayot tilayman. 
Va tasvirda bolaligida birga tushgan rasmi qotib qoldi asta sekin u ham 
o‘chdi. Emma ekranga qarab qotib qoldi, ancha vaqt shu holda o‘tirdi. So‘ng 
pasdagi fayllarni ko‘rib chiqdi. Ism familyalar, davlatda qanday lavozimda 
ishlashi, o‘zlashyirga summalari, sanalar, hammasi yozilgandi boshdagi uchta 
shaxs ajratib ko‘rsatilgan edi. Emma videoni yana ko‘rdi shu bilan tong ham 
otdi, Robert keldi. U juda quvnoq kayfiyatda edi.
- Emma qara senga nima olib keldim, quyoncha! bittasiiii tirik va chopqilashga 
tayyor va ikinchisi esa tushlik bo‘lishga. Hoy Emma!
Robert ham Emmani bejo o‘tirganini ko‘rib nima bo‘ldi deb so‘radi. 
Emma ham video qo‘ydi va unsiz gina "buni ko‘r" dedi. Robert video ko‘rib 
bo‘ldi va Emmaga tashvishli qaradi.
- Endi nima qolmoqchisan? SHvetsaryaga ketasanmi? Deb so‘radi. Emma esa 
manosiz yuzini Robert qaratib.
- Yo‘q. Men qasos olaman - dedi. 
Robert va Emma o‘rmonzor orasidagj shasse bo‘ylab mashinada yelib 
ketishardi. Ular Kimbil Choni bir chekkadagi mahfiy uyini topishdi, CHoning 
hamma joydagi malumotlarda shahar markazidagi qimmatbaho uyda yashashi 
aytilgan, lekin u yerda hizmatkorkardan boshqa hech kim yo‘q edi. Xavfsizlik 
nuqtaiy nazaridan Cho o‘rmonda juda sokin joyda yashardi.


Robert Emmani to‘xtatish uchun yana nima qilishi mumkinligi haqida 
o‘ylab borardi. Bungacha aytganlari tasir qilmadi.
To‘rt kun avval.
Qorli o‘rmondagi Robertning kulbasi.
- Emma qanaqa qasos? Ahir dadang Shvetsiyaga ketishingni aytgan.
- Dadam endi yo‘q va uni o‘ldirganlar hamon tirik, ozod.
- Ularni o‘ldirib nima topasan?
- Robert gap meni nima topishimda emas, gap adolat qaror topishida.
- Adolat?
- Ha. Ular dadamni o‘ldirganliklari uchun javob berishadi. Biroz sukutdan 
keyin Emma qo‘shib qo‘ydi. – Agar senga o‘rmondan chiqish mumkin emas 
bo‘lsa tushinaman va men bilan ketishingni so‘ray olmayman. – Robertni bu 
so‘zlar biroz achchiqlantirdi va… 
- Albatta sen bilan boraman, senga yordam beraman, har doim sening yoningda 
bo‘laman. Vada be’raman.
- Rahmat! Bugunoq yo‘lga tushamiz.
Robert Emmaning qattiy qaror qilganiga shubha qilmay uning ortidan 
jimgina ergashdi. Ular yonib ketgan uyga borishdi u yerda uyni orqa tarafida 
ko‘milgan kichik sandiqcha topishdi u yerda Emma uchun pasport, pullar, 
to‘pponcha va ikki enlik xat ham bor edi. "Qizim meni kechir va qolgan 
hayotinga baxtli yasha. Ammangga mendan salom ayt"
Emma qo‘li qaltiram hamma narsani jo‘ntagiga joylab shaharcha tamon 
yo‘l olishdi. Albatta yo‘lda Robert yelkasida o‘tirdi. SHaharchaga borib ijaraga 
mashina olishdi. Vashingtonga yo‘l abadiydek tuyildi. Ancha yo‘l bosib u 
yerga yetib borishdi. Ular bir internet kafega kirib Kimbil Cho haqida malumot 
to‘plashdi. Ish joyini, yashash manzilini olishdi. Shahar markazidagi uyda 
kuzatuv olib borishdi, u yerga hech kim kelmadi, bazi bir kastyum shim kiygan 
odamlardan tashqari ular orasida Kimbil yo‘q edi. Emmaning internet titib 
aniqlanishicha bu yer Kimbilning rasmiy yashash joyi ekan halos. 
Malumotlarda qaraganda uning rafiqasi nomida shahar tashqarisida bitta uy 
bor ekan lekin uning aniq manzili ko‘rsatilmagan. Shahar tashqarisida esa 
o‘rmon bor. Kimbilni uyiga kelgan odamlarni kuzatib o‘rmonga yo‘l 
olishganini ko‘rgach uy o‘sha tarafda ekanligi malum bo‘ldi.
Mashina o‘rmon yo‘lida ketmoqda. Rulda Emma yonida esa Robert bor.
- Emma? Bu narsalar tugagach biror bir rejang bormi? Asta so‘radi Robert 
jimjitlikni buzib.


- E-m-m, biroz o‘ylanib javob bermoqchi bo‘ldi Emma. Bilasanmi? Bu borada 
u bu narsa o‘ylab ko‘rmadim, balki ikkalamiz biror joyda yasharmiz.
Robert uni Shvetsariyaga ketadi deb o‘ylagan edi bu so‘zlardan so‘ng u 
qandaydir o‘zini yengil his etdi- baxt tuyg‘usi bilan.
- Ha. Albatta, biror joyda yashashimiz mumkin. Balki Alfons yashayotgan 
joylarga borarmiz. U haqda senga so‘zlab berganman, esingdami? SHirin 
hayollarga berilib ketti Robert.
- Ha esimda. Demak lanatlangan maxluqqa aylanadigan odam yoniga 
boramizmi? – Biroz vahima ovoz bilan so‘radi Emma. Beixtiyor Robertni 
lablari tabassum qildi.
- Nima sen maxluqlardan qo‘rqyapsanmi? Nahotki.
- Haa men... Haligi... Ee nima farqi bor bu sal vahimaliroqda endi. O‘zini 
ustidan kulyotgani uchun biroz jahli ham chiqdi lekin.- Mayli keyingi masalani 
keyinga qo‘yamiz, - dedi jiddiy ohangda. Robert ham tabassum qilishdan 
to‘xtadi.
- Ha muhimi, birga bo‘lar ekanmiz, shundan xursandman. Dedi u ham jiddiy 
ohangda. Ular aniqlagan manzilga yaqin qolganini sezishdi Emma asabiy rulni 
mahkam ushlab ketmoqda. Borib nima qilish kerakligini ko‘z oldiga keltirish 
qiyin kechmoqda. Manzilga ham yetib qolishi. Mashinani uzoqroqda to‘xtatdi 
sababi u yo‘qga Robert bilan tez va shovqinsiz yetib borish mumkin. Uyga 
ham yetib borishdi unchalik katta bo‘lmagan shinam uy ertakdagiga o‘xshash. 
Uy oldida ikkta soqchi bor va ichkarida bitta odam bor u oynali eshikdan 
ko‘rinib turibdi. 
Soqchilar shamoldek yonida paydo bo‘lganlarni ko‘rib lol qolishdi bir 
og‘iz so‘z ayta olishmasdan o‘q yeb ikki yonga yiqilishdi. O‘q ovozidan 
orqaga o‘girilgan ichkaridagi soqchi ham shisha siniqlari aralash o‘q yedi. 
Ichkari toza va keng. Emmani hayoliga birdaniga Kimbilni farzandlari bor 
bo‘lsachi degan fikr keldi, qurolini tushirmay atrofga qaradi hech kim yo‘q. 
Birinchi qavat xonalari toza hech kim yo‘q ular ikkinchi qavatga ko‘tarilishdi. 
Robert hushyorlikni kuchaytirdi. Sekin Emmani oldiga o‘tdi. Emmani qo‘li 
bilan to‘xtatdi. Unga jim ishorasini qilib qulog‘iga zo‘r berdi.... Va daxshat. 
Nega Emmani bu yerga boshlab keldi. U endi Emmani qanday olib ketadi bu 
yerdan. Ikkinchi qavatni sharqiy tarafidan anchagina yurak urishkari 
eshtilyapdi, nafas olishlari ham ular qurollarini shaylashgan. Qancha odam? 
Robert hisoblashga kirishdi vampir miyasi yaxshi hisoblaydi. Taxminan uchta 
xonada 50 dan oshiq odam bor. Eng ichkaridagi xonada bezovta yurak urishi.


- Emma, tishkari orasidan Emmaga yaqin kelib gapirdi Robert.- Ular bu yerda 
ancha 50 ga yaqin odam bor va ular qurollangan. Ketish kerak. Seni bu yerdan 
olib ketaman.
- Nima? Yo‘q. Yo‘q me ketmayman. Nima deyapsan? U ham shu yerdami?
- Men bilmaymab Emma sekinroq ular ko‘p. Ketish kerak.
- Yo‘q. Ularni yo‘q qilmiz. Dedida Emma ikkinchi qavatga oshiqdi. Sal 
yuqorilashi bilan u tamonga o‘q yo‘llandi Robert chaqqonlik qilib Emmani 
pasga tortib qoldi. Ular har yerda har bir eshikni ortoda turibdi. Emma aylanib 
o‘q uzishga krishdi. Birinchi o‘qi nishonga tegdi. Robert Emmani himoya 
qilish bilan ovora Emma esa ularga o‘q uzishdan to‘xtamayapdi. Robertga 
tekkan o‘qlar kiymida qolyapdi halos qisqa vaqtta unga besh- olti oq tegib 
ulgurdi. Emmani o‘qi tugadi va u o‘qdonni almashtirishga kirishdi bu orada 
uni himaoya qilib turgan Robertga yana allaqancha oq tegdi. U bir harakat 
bilan o‘ziga eng yaqin turgan odamni ikkinchisiga qarata uloqtirib yubordi tez 
harakatlanib Emmani nishonga olayotganlarni tashqariga oynadan uloqtirishga 
kirishdi ancha odam qoni to‘kildi. Miyangda faqat senga eng yaqin insoningni 
himoya qilish turganda qon hidiga ahamyat bermas ekansan.
Emma ham o‘q uzib olga yurib bordi. U batamom ohirgi eshikka qarata 
yo‘l olgan yo‘lini esa Vampir tozalab boryapdi. Tinmay o‘q uzgandan Emmani 
o‘qlari yana tugadi bu orada Robert sal nariroqda bittasini suyaklarini sindirib 
tashqariga otayotgan edi. Odamlar ancha kamaygan. Va eng ohirgi xonani 
eshigi ochilib, endigina qurolini o‘qlab nishonga qaratib otmoqchi bo‘lgan 
Emmaga o‘q kelib tegdi. U yerga yiqilib ulgurmasdan haligi odamga qarata 
o‘q uzdi u ham yerga quladi. Robert Emmani yerga yiqlmasdan avval tutib 
qoldi. Atrofda deyarli odam qolmagan ikki uchtasi bor hozir ular ham Robert 
va Emmaga o‘q yog‘dirmoqchi. Robert Emmani asda boshini yerga qo‘yib, 
bordida ikkalasini birdaniga bo‘ynini qayirib pastga uloqtirib yubordi. Ohirgi 
xona eshigi oldida chalajon odam yotardi. Xonaga qaragan Robert uchta ayolni 
ko‘rdi. Ulardan bittasi chiroyli kiyingan yoshroq ayol ikktasi esa fartuk taqqan 
oqsoch qizlar ekan. Kimbilni farzandlari yo‘q yoki ular bu yerda emas. Robert 
eshik oldida yotgan Kimbilga etibor bermay Emmaning yoniga bordi. Emma 
zo‘rg‘a nafas olardi. U o‘lyapdi. Robert uni boshini asta tizzasiga qo‘ydi.
- Emma? Borlig‘im. O‘lma men seni yashashingni taminlashim mumkin men...
- Robert, - bazo‘r gapira oldi Emma, Robert esa gapirishdan to‘xtab Emmaga 
quloq soldi.- Robert. Kerak emas. Gapirish uchun chuqur nasaf oldi. - Kerak 
emas. Men onam va otam bilan birga bo‘lishni hohlayman. Ularni yoniga 
borishni hohlayman.


- Emma. Yo‘q. Iltimos men olib qolay seni. Robert Emmani tikr qoldirish 
uchun o‘ziga o‘xshatmoqchi edi. Lekin Emma buni hohlamadi. U ota onasini 
yoniga ketmoqchi.
- Emma. Men seni sevaman. Sensiz yashay olmayman. Emmaga gapirish 
tobora qiyinlashib bormoqda.
- Men ham seni sevaman. Zo‘rg‘a gapira oldi. – Men oyimni yo~yo ~yoniga 
borishni hohlayman. Iltimos sendan.... Dadamni yoniga olib bor... Iltimos.... 
Chuqur nafas oldi. – Seni sevaman. O‘zingni...

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish