Foydalanilgan adabiyotlar
1. Кабанов В.А., Зенин А.Б., Ярославов А.А.// Успехи химии.-1991.М.
С.62
2. Камелин Р.В. Astragalus L. – Астрагал. Определитель растений
Средней Азии. Ташкент: Изд-во «Фан» – УзССР, 1981. – Т. 6. – 211 с.
3. Князев М.С., Куликов П.В. Новый вид рода Astragalus (Fabaceae) с
Южного Урала // Бот. журн. 2002. Т. 87, № 2. С. 136-140.
ALBENDAZOLNING SUPRAMOLEKULYAR KOMPLEKSLARINI
OLISH
a
Umirov N,
a
Mengliyev M,
b
Matchanov A
a
GulDU
b
O’zR FA Bioorganik kimyo inistituti
Ma'lumki, gelmintlar eng xavfli parazitar kasalliklar qatoriga kiradi. JSST
ma'lumotlariga ko'ra dunyoda 1 milliarddan ortiq odam ularni yuqtirishadi va ichak
gelmintidan o’ladigan kasallar soni bakterial, virusli infektsiyalardan va boshqa
parazitar kasalliklar o'limining umumiy sonidan yuqori. Aholining ichak
gelmintozlari bilan kasallanishi o'rtacha 2% ni tashkil qiladi. Odamlarning
gelmintlarni yuqtirishning asosiy usuli hayvonlar bilan aloqa qilish, shuningdek,
gelmintlar yuqtirilgan go'sht va baliqlarni oziq-ovqat sifatida iste'mol qilishidir.
Odamlar va hayvonlarda gelmitlarga qarshi kurashish uchun juda katta
miqdordagi farmakologik preparatlar to'plami keng qo'llaniladi, ular orasida
benzimidazol hosilalari (mebendazol, medamin, albendazol va boshqalar) alohida
o'rin tutadi. So'nggi paytlarda albendazol ([5- (propiltio) -1H-benzimidazol-2-il]
karbamin kislota metil efiri) va uning ba'zi dozalash shakllari (Zentel, Gelmadol,
Nemozol, Sanoxal) yuqori terapevtik ta'siri tufayli gelmitozni davolashda ancha
muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
Albendazol va uning ma'lum bo'lgan dori shakllarining zarari ularning past
biosinguvchanligidir, shu sababli ular nisbatan yuqori dozalarda ishlatilishi kerak.
Shuningdek, suvda (25°C da 0,2 mkg
/
ml) va fiziologik muhitda zaif eruvchanligi
sababli ularni nisbatan yuqori dozalarda qo’llash zaruratini vujudga keltiradi va
preparatni qabul qilish muddatini ko'paytiradi. Bularning barchasi albendazol
dorilarining nazariy jihatdan mumkin bo'lgan samaradorligiga erishishga imkon
51
bermaydi va ularning yuqori toksikligini hisobga olgan holda, yon ta'sirlarga olib
keladi. Shu munosabat bilan, albendazolning komplekslarini olish, ularda
albendazolning biologik aktivligini saqlab qolish, toksikligini pasayishi kabi
xossalarini o’rganish dolzarb vazifalardandir.
Albendazol-benzimidazol guruhiga kiruvchi, antigelmint ta’sirga ega
kimyoviy birikma. Umumiy formulasi C
12
H
15
N
3
O
2
S bo’lib, molyar massasi 265,34
g/mol ga teng. IYUPAK nomenklaturasida [5-(Propiltio)-1H-benzimidazol-2-il]
karbamin kislotasi metil efiri deb nomlanadi. Albendazolning kimyoviy tuzilishi:
Albendazol oq yoki oqish kukun. Dimetilsulfoksid, kuchli kislota va
ishqorlarda eriydi. Metil spirti, etil atsetat, xloroformda yomon eriydi, suvda
deyarli erimaydi.
Adabiyotlardan ma’lumki glitsirrizin kislotasi monoammoniy tuzi noyob
fizik-kimyoviy xususiyatga ega bo’lib u suvda yomon eriydigan moddalarni
eruvchan holatga o’tkazishi (salgobilizatsiya) aniqlangan.
Shu sababli ishning maqsadi albendazolning suvda eruvchan shaklini
olish va ayrim spektral xususiyatlarini o’rganishdan iborat. Albendazolni
glitsirrizin kislotasi mono ammoniy tuzi bilan turli nisbatdagi 1:1, 1:2, 1:4, 1:9,
1:15 va 1:20 nisbatdagi komplekslari olindi. Komplekslsrning suyuqlanish
haroratlari 173-204
0
C oralig’da parchalanish bilan boradi. komplekslarning
suvda eruvchanligi kompleks tarkibida glitsirrizin kislotasi monoammoniy tuzi
miqdori ortishi bilan ortib boradi, yani 1:1va 1:2 nisbatda erimaydi, 1:4 nisbatda
yomon eriydi, 1:9, 1:15 va 1:20 nisbatdagilari yaxshi eriydi. Buni kompleks
hosil bo’lish jarayonida glitsirrizin kislotasi monoammoniy tuzi molekulasini
albendazol molekulasi bilan to’liq mezbon sifatida qamrab olib klatrat hosil
qilishi bilan tushuntirish mumkin.
Olingan supramolekulyar komplekslarning UB spektrlari taxlil qilindi.
1-rasm. Albendazolning GKMAT bilan supramolekulyar komplekslari
UB spektri
52
Rasmdan ko’rinadiki komplekslarning chiziqlarini ustma-ust tushmasligi
kompleks hosil bo’lganligidan dalolat beradi. Lekin bu usul supramolekulyar
kompleksni tuzilishini to’liq tasdiqlamaydi. Shu sababli tadqiqotlar davom
etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |