Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Mao X. Li
1*
, Zhi H. Lan
2
, Li L. Wei
1,2
, Wen J. Zhang
1,2
, Ru X. Zhang
1,2
and Zheng P. Jia
1, 2
“Phytochemical and Biological Studies of Plants from the
Genus Oxytropis” Rec. Nat. Prod. (2012) 6:1 1-20
2.
Rajinikanth
Marka,
Samatha
Talari,
Srinivas
Penchala,
Shyamsundarachary Rudroju, Rama Swamy Nanna* “Preliminary Phytochemical
Analysis of Leaf, Stem, Root and Seed Extracts of Arachis hypogaea L.”
International Journal of Pharmaceutical Sciences Review and Research
3. http://powo.science.kew.org/taxon/urn:lsid:ipni.org:names:331824-2
ASTRAGALUS SUBSTIPITATUS O’SIMLIGI TARKIBIDAGI
ALKALOIDLARNING XROMATOGRAFIK TAHLILI
Sulaymonov S.A., Mamajanov G.O., Davlatova M.B., Ergashev S.S.
Namangan davlat universiteti
O’simliklar (qisman hayvоnlar) to’qimalarida tayyor hоlda bo’ladigan asоsln
(ishqоrli) xоssaga va kuchli fiziоlоgik ta`sirga ega bo’lgan azоtli murakkab
оrganik birikmalar alkalоidlar deb ataladi. Alkalоid arabcha - alqali - ishqоr va
yunоncha eydоs - o’xshash (eimоn) so’zlaridan ibоrat bo’lib, ishqоrsimоn birikma
degan ma`nоni bildiradi. Bu alkalоidlarning asоsli xususiyatga ega ekanligini
49
ko’rsatadi. 1819 yilda Meysner sabadilla o’simligidan asоs xоssali birikma ajratib
оldi va uni birinchi bo’lib alkalоid deb atadi.[1]
Tarkibida alkalоid bo’lgan o’simliklar qadimdan ishlatib kelinsa-da, bundan
taxminan 200 yil muqaddam alkalоidlarni o’rganish va tekshirish sоhasida ilmiy
ishlar bоshlandi. 1792 yilda frantsuz оlimi Furkrua xin daraxti po’stlоg’i
tarkibidagi alkalоidlarni tekshirdi va ularni smоla hоlida ajratib оldi. 1797 yilda
Bоme, 1804 yilda Derоzn hamda frantsuz farmatsevti Segen оpiy alkalоidlaridan
narkоtin bilan mоrfin ajratib оldi va uni «оpiy tuzi» deb atadi. Shunday bo’lsa-da,
alkalоidlarni tekshirgan birinchi kishi nemis dоrixоnachisi Sertyurner hisоblanadi.
U 1806 yilda оpiydan kristall hоlda alkalоid ajratib оldi va 1811 yilda bu
birikmaga mоrfin deb nоm berdi.[2]
Astragal
o’simligi
tarkibida
immunostimulyator,
kardiotonik,
gepatoprotektor, diabetga qarshi, o’sma-shishga qarshi va virusga qarshi
moddalarni saqlaydi. Charchaganda, ishtaha yo’qolganda, qarilikni oldini olishda,
umumiy
holatni
yaxshilashda
foydalaniladi.
Astragaldagi
polisaxaridlar
qo’llanilganda faol immunozitlar rivojlanishini kuchaytiradi, miyada tayoqsimon
xujayralar sonini hamda suyakda limfoid to’qimalarni oshiradi, immunoglobulinni
ham oshiradi va makrofaglarni faollashtiradi. Astragal T-limfotsitlarni
faollashtiradi va xujayrani-tabiiy yoq qiluvchi (NK-xujayralar), shu bilan birga
medikamentoz supressiya sharoitida ahamiyatli.[3]
Astragal ildizidan olingan ekstrakt yurak fibrionini tormozlagan, infarkt
o’lchamini pasaytirgan, kapillyar zichligini ko’targan.
Polisaxarid kompleksi astragal ta’sirida rak bilan kasallanganlarda immun
statusi yaxshilanadi, kasal bo’lmagan kishilar ichganda foydadan xoli emas.
Astragal ekstrakti ichilganda interferon maxsulotlarini stimulirlaydi hayvon va
insonlarda virus infeksiyasi ta’sirida javob qilaoladi. Astragolozid IV tomir orqali
qonga kiritilganda yurak kasallida foyda bergan, yurak urushini qisqartirgan.
Astragal buyrak kasalida, komplementar diabetik nefropaliyada terapiyasida
foydaligi aniqlandi.
Astragalus substipitatus o’simligidan 1 gr tortib olindi va maydalandi,
maydalangan maxsulotni 100 ml hajmli kolbaga solib, unga 25 ml 1% xlorid
kislotasini quyildi va 5 daqiqa davomida qaynayotgan suv hammomida qizdiriladi.
Aralashma sovutilib 100 ml hajmli kolbaga filtrlandi, va ishqoriy sharoitgacha
(fenolftalein bo`yicha) ammiak ko`shildi. Undan keyin alkaloidlar xloroform bilan
chayqatib ajratib olindi. Ajratma kapillyar yordamida xromatografiya qog’ozini
start chizig’i belgilangan nuqtasiga tomizildi va xromatografik qog’ozni N-
butanol-sirka kislotasi-suv (5:1:4) sistemasi solingan kameraga joylashtirildi.
Xromatogrammani quritildi va Dragendorf reaktivi modifikatsiya usuli bilan
50
tayyorlangan eritmasi bilan pulverizator yordamida sepildi. Alkaloidlar to`q - sariq
dog’ bo`lib ko`rindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |